Toshkent «Adolat» 2018 davlat va huquq nazariyasi



Download 6,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet362/781
Sana06.01.2022
Hajmi6,22 Mb.
#321685
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   781
Bog'liq
3.Davlat va huquq nazariyasi

255

XII bob.

 Huquq 

normasi

shakllantirilgan ijobiy xulq-atvorning namunaviy variantlari, ijtimoiy hodisalar 

haqidagi tasavvurlar modeli shaklida ifodalanadi. Modelni ifodalash vositalari 

turli-tuman: tabiiy til vositasi, formulalar, konstruksiyalar, raqamlar va hoka-

zolardir.

Huquqiy norma faqat xulq-atvor emas, balki ijtimoiy munosabatlarning 

holati, ularning xususiyatlari, obyektiv va subyektiv tarkiblarini ham model-

lashtiradi. Bunda u huquqiy holat va tushunchalar, huquqiy tartibga solish 

chegaralari, usullari, prinsiplari haqida, huquqqa muvofiqlik va huquqqa zidlik, 

huquqiylik va nohuquqiylik haqida axborot yetkazadi. Ijtimoiy munosabatlarning 

modeli sifatida normativ-huquqiy hujjatda mustahkamlangan yuridik normalar 

ijtimoiy voqealikning yaxlit manzarasini aks ettiradi. Shuning uchun ham har 

qanday mamlakat va davrning qonunchilik yodgorliklarini o‘rganish – shu 

davr davlati, jamiyati va hayoti, turmushi va huquqi haqida ancha ishonchli 

axborot beradi. Huquq normasi o‘zidagi mavjud axborot, shuningdek ijtimoiy 

munosabatlarni modellashtirishda alohida ahamiyat kasb etishi tufayli ijtimoiy 

munosabatlarni tartibga solish imkoniyatiga ega. U ijtimoiy munosabatlarni 

aks ettirganligi bois unga muayyan mazmun va ifodalanish shakli xos bo‘ladi.



Uchinchidan,

 ijtimoiy jarayonlar, holatlar va aloqalarning takrorlanishi 

tufayli huquq normasi ularning tipikligini aks ettiradi hamda mustahkamlaydi. 

Odatda, tip jihatidan mansublik mavjud munosabatlarga xos bo‘ladi, lekin u 

yangidan shakllanayotgan, kelgusida takrorlanib turishi ehtimol tutilgan ijti-

moiy aloqalarga ham taalluqli bo‘lishi mumkin. 



Tipiklashtirish

 – murakkab 

tafakkur jarayoni bo‘lib, umumlashtirish, holatlarining muhim belgilarini aniqlash 

va ahamiyatsiz belgilarni bo‘rttirmaslikni nazarda tutadi. Huquqiy normaga 

nisbatan esa tipiklashtirish muayyan vaziyatlardagi huquqiy hodisa yoki 

inson xatti-harakatidagi muhim jihatlarni ajratib ko‘rsatishda ifodalanadi. Bu 

huquqiy holatlarda (shaxsning individual belgilaridan tortib, uning ayrim 

fe’l-atvorigacha) muayyanlikdan abstraksiyalashishga o‘tish jarayonidir. Shu tu-

fayli «erkinlik qonunlarda alohida shaxs o‘zboshimchaligiga bog‘liq bo‘lmagan, 

nomuayyan, nazariy mavjudlik kasb etadi»

1

.

Tipiklashtirish tufayli huquqiy tushuncha o‘ziga xos ma’lum belgilariga 



ega bo‘ladi, xulq-atvor qoidasi esa ijtimoiy munosabatlar bilan aloqani uzmagan 

holda o‘zining tartibga soluvchi ta’siri bilan cheksiz miqdordagi shaxslarni 

qamrab olish xususiyatiga ega. Shu ma’noda yuridik norma uchun mazmunining 

aniqligi va subyektlarining mavjudligi xosdir. Huquq normalari mazmunini 

tipiklashtirish shunga olib keladiki, bunda ular turli shaxslar uchun teng 

masshtab, me’yor sifatida namoyon bo‘ladi. Bu huquqning barqarorlik xususi-

Marks K., Engels F. Аsarlar. – M., 1984, T.1. – 63-bet.





Download 6,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   358   359   360   361   362   363   364   365   ...   781




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish