74
Odilqoriyev X.T.
Davlat va huquq nazariyasi
rivojlantirishga xizmat qiladi. Zero, fandagi ilmiy yangiliklar o‘zaro ilmiy bahs
va munozaralar natijasida shakllanadi.
Davlatning asosiy belgilari, uning jamiyatdagi turli nodavlat tashkilot-
lar, ijtimoiy-siyosiy tizimning boshqa qismlaridan farqlarini ochishga imkon
beruvchi jihatlari hisoblanadi. Davlatning belgilari sifatida kishilik jamiyati
uyushgan davlat tashkilotining barqaror, qat’iy umurtqasini ifodalovchi jihat-
lari maydonga chiqadi. Ular jamiyat rivoji bilan hamohang tarzda mazmunan
boyib boradi, eski funksiyalar barham topib, yangi idoraviy tuzilmalar va funk-
siyalar vujudga kelaveradi.
Davlatni boshqa jamoat tashkilotlaridan ajratib turuvchi asosiy belgilari
hudud, fuqarolar, ommaviy hokimiyat, yagona soliq tizimi kabilar bo‘lib, maz-
kur belgilarsiz davlat muayyan mavjudlik kasb eta olmaydi.
Do'stlaringiz bilan baham: