Aktivlar, passivlar va moliyaviy risklarni boshqarish Qo'mitasi
Ikki darajali kredit Qo'mitalari
Investitsiya Qo'mitasi
Tariflar va maxsulotlar qo'mitasi
"Informatsion texnologiyalar va innovatsion g'oyalar" Qo'mitasi
Boshqarishning barcha tuzilmalari bank biznesining ajralmas qismi xisoblangan risklarni kamaytirish va oldini olish uchun mo'ljallangan.
Aktivlar, passivlar va moliyaviy risklarni boshqarish tizimi bankning barqarorligini va bank operatsiyalarini rentabelligini quvvatlashning asosiy omili xisoblanadi. Qo'mitaning asosiy vazifalari:
Bank Boshqaruviga uning moliyaviy risklarni taxlili va boshqarish tizimlarining mukammallashtirish va mustaxkamlashni nazorat qilish soxasidagi tartibga soluvchi va nazorat qiluvchi funktsiyalarini amalga oshirishiga ko'maklashadi.
Likvidlilikni samarali boshqarish maqsadida bankning optimal likvidligini qo'llash, yuqori daromadlilik, moliyaviy yo'qotishlarni kamaytirish, va bankning turli bo'linmalari faoliyatini muvofiqlashtirishni xisobga olgan holda:
Bankning moliyaviy rivojanishining asosiy yo'nalishlarini aniqlash.
Aktivlar va passivlarning optimal va mos kelgan tuzilmasi tanlash.
Moliyaviy oqimlarni o'lchovli boshqarish.
Bankda faoliyat ko'rsatayotgan ikkita kredit qo'mitalar kredit risklar darajasini maksimal pasaytirishni ta'minlash uchun xizmat qiladi. Ularning vazifalari:
Bankning aktiv amaliyotlari bo'yicha siyosat va protseduralarni ko'rib chiqish, tasdiqlash va mos kelishini ta'minlash.
Diversifikasiya va kredit riski darajasini boshqarish maqsadida kredit risklarning limitlarini belgilash.
Barcha aktiv amalyotlarni o'tkazish to'g'riligi ustidan nazorat o'rnatish.
Kredit portfelini taxlili, uning sifati, daromadlilik darajasi, diversifikasiyasi, mos keluvchi zaxiralarni tashkil etish ustidan nazoratni ta'minlash, riskni kamaytirish bo'yicha tegishli chora-tadbirlar ishlab chiqish va qo'llash.
Bankning investision faoliyati kengayishi sababli tashkil topgan investision qo'mita ham muxim o'rin tutadi. U quyidagi funksiyalarni bajaradi:
Shu'ba kompaniyalar faoliyati samaradorligini o'sishida taxlil va ko'maklashish
Daromadlilikni oshirish maqsadida investitsiyalar xajmini kengaytirish
Investitsiyalar bozorini xos taxlilini o'tkazish:
2013 yilda tariflar va bank maxsulotlari bo'yicha qo'mita tuzilgan bo'lib, uning asosiy vazifalari quyidagilardir:
Filiallar va bank bo'linmalariga taklif qilinayotgan amaldagi va loyixa xolatidagi tarif va xizmatlar tizimlarining o'zgartirish va qo'shimchalarini kurib chiqish va tasdiqlash
Bank xizmatlari va maxsulotlari uchun narx strategiyasini tasdiqlash
Bank xizmatlari bozorida bank xizmatlarining raqobatbardoshligini ta'minlash
Maxsulotlar daromadligini oshishiga ko'maklashish
Bank mijozlarining ko'nikish darajasini oshirishga ko'maklashish
2013-yilda informatsion texnologiyalar va innovatsion g'oyalar qo'mitasi faoliyati ishga tushgan va mukamallashtirilgan, uning asosiy vazifalari quyidagicha:
Operatsion zararlarni kamaytirish masalalari bo'yicha faoliyatning asosiy va ustivor yo'nalishlarini aniqlash
Bankning informatsion texnologiyalarini rivojlantirish masalalari bo'yicha asosiy va ustivor yo'nalishlarini aniqlash
Informatsion texnologiyalar qismida korporativ boshqaruv protseduralarining informatsion tiniqligi va samaradorligini oshirish
ATB “Aloqa bankbank” Guliston filialining tarkibiy tuzilishi o’z ichiga 7 ta bo’limlarni va 6 ta bank xizmatlari offislarini o’z ichiga oladi. Uning tarkibida quyidagi bo’limlar mavjud:
Rahbariyat – filial faoliyatini nazorat qiladi va boshqaradi
Xo’jalik bo’limi – xo’jalik ishlari bilan shug’ullanadi
Chakana biznes bo’limi – jismoniy shaxslarga bank xizmatlarini ko’rsatadi
Korporativ xizmatlar bo’limi (front office) – yuridik shaxslarga bank xizmatlarini ko’rsatdi
Unduruv bo’limi – muddati o’tgan kreditlarni kaytarish bilan shug’ullanadi
Buxgalteriya bo’limi (middle office) – bank buxgalteriya hisobini yuritadi
Kredit monitoring bo’limi (back office) – berilayotgan kreditlarni va ularni qaytarilshini nazorat qiladi.
Yuqoridagi bank xizmatlari offis (BXO)larda odatda quyidagi shtatlar mavjud:
BXO boshlig’i
Kredit meneger ( yuridik shaxslarga xizmat ko’rsatuvchi)
Kredit meneger ( jismoniy shaxslarga xizmat ko’rsatuvchi)
Universal meneger
Kassir
Keyingi nazorat
Mamlakatimizda samarali bank tizimini isloh qilish, erkinlashtirish hamda uning dunyo hamjamiyatida o’z o’rnini egallashi davlatimiz siyosatining eng muhim yo’nalishlaridan biri hisoblanadi.
Mamlakatimiz iqtisodiyotining tayanchi hisoblangan bank tizimini barqaror rivojlantirish va ishonchli faoliyat yuritish borasida bank faoliyatining o’ziga xos korporativ boshqaruv tizimi yaratishda xalqaro andozalar talablariga muvofiq huquqiy asoslarni qabul qilishni taqozo etadi.
Shu ma’noda, har qanday mamlakat bank tizimining samarali faoliyati uning korporativ boshqaruvi qanday darajada isloh etilganligi va bu sohani samaradorligini oshirishga qaratilgan qabul qilingan huquqiy asoslarga tayanishi bilan izohlash mumkin.
Respublikamiz bank tizimida korporativ boshqaruvning isloh etish borasida bir qator qonun hujjatlari qabul qilingan bo’lib, dastlab mamlakatimizda aktsiyadorlik jamiyatlariga asoslangan barcha tashkilot va korxonalarda korporativ boshqaruv munosabatlarini tartibga solishga qaratilgan muhim hujjatlaridan biri sifatida O’zbekiston respublikasida 1996-yil 26- apreldagi «Aktsiyadorlik jamiyatlari va aktsiyadorlarning huquqlarini himoya qilish to’g’risida» qonuni keltirish mumkin.
Aynan shu qonun bilan bir paytda mamlakatimizda 1996 yil 25 aprelda «Banklar va bank faoliyati to’g’risida»gi qonun ham qabul qilingan. Mazkur qonunda ilk bor banklarning korporativ boshqaruvga bag’ishlangan modda o’rin olgan. Ushbu qonunning 22-moddasiga ko’ra bankning boshqaruv organlari bo’lib, aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi, bank kengashi va boshqaruvi bankning boshqaruv organlari hisoblanadi.
Bank kengashining burchlari quyidagilardan iborat:
omonatchilar va aktsiyadorlarni himoya qilish maqsadida bank faoliyatini, shu jumladan, kreditlash va mablag’larni investitsiyalashning to’g’riligini nazorat qilish;
bank rahbarlarini ishga tayinlash va ishdan bo’shatish;
bank kapitalining bir tekis o’sib borishini ta’minlab turish;
bank siyosatini ishlab chiqish;
qonun hujjatlariga rioya qilinishini ta’minlash.
Bank kengashi a’zolari kamida besh kishidan iborat bo’lishi lozim. Aktsiyadorlardan tashqari bank sohasi olimlari va mutaxassislari ham bank kengashi a’zosi bo’lishlari mumkin.
Bankka operativ rahbarlik qiluvchi va uning faoliyati uchun javob beruvchi bank boshqaruvi bankning ijroiya organi hisoblanadi. Boshqaruv bank kengashi va aktsiyadorlar umumiy yig’ilishi oldida hisobdordir deb belgilangan.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-oktyabrdagi «Aktsiyadorlik-Aloqa bank banklarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2084-sonli Farmoni hamda 2000-yil 21-martdagi «Bank tizimini yanada erkinlashtirish va isloh qilish borasidagi chora-tadbirlar to’g’risida»gi PF-2564-sonli Farmoni asosida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2000 yil 24 martdagi 104-sonli Qarorining qabul qilinishi bank sektorini yanada isloh qilish borasida korporativ boshqaruvni takomillashtirish, banklarining faoliyati ustidan nazoratni oshirish, ular tomonidan operatorlik vazifalarini amalga oshirish bo’yicha talablarni kuchaytirish uchun asosiy turtki bo’ldi.
O’zbekiston Respublikasi Prezidentining 1998-yil 2-oktyabrdagi «Aktsiyadorlik Aloqa bank banklarining faoliyatini takomillashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi 2084-sonli Farmonida Aloqa bank banklari faoliyatini boshqarishda aktsiyadorlarning rolini oshirish, bank xodimlarini ishga yollashning shartnoma tizimiga o’tkazish, kreditlar berish hamda ularning qaytarilishini ta’minlash uchun bankning rahbar va ijroiya organlari javobgarligini oshirish, banki Kengashi bank filiallarining Boshqaruvi va rahbarlari bilan birgalikda bankni samarali boshqarishni tashkil etish, qonunchilik hujjatlarining talablariga muvofiq kreditlar berilishi va ularning o’z vaqtida qaytarilishi uchun javobgar bo’lishi belgilangan. Aynan ushbu Farmonda bank Kengashi bank Boshqaruvi raisi va a’zolarini tayinlashi, bank Boshqaruvi raisi bilan mehnat shartnomasi tuzishi, Boshqaruv raisining va bank ichki audit xizmati rahbarining har chorakdagi ma’ruzalarini Kengash huzurida muntazam tinglab borishni amaliyotga joriy qilinishi ham ko’rsatib o’tilgan.
Bundan tashqari, bankning ustav kapitalida davlatga tegishli aktsiyalar paketi 25 foizdan oshgan hollarda bank Kengashi tarkibiga O’zbekiston Respublikasi Markaziy bankidan ishonchli vakil kiritilishi, uning zimmasiga mazkur aktsiyalar paketini boshqarish vazifasi yuklanishi belgilangan.
Mazkur PF-2084-sonli Farmon bilan Aktsiyadorlik Aloqa bankto’g’risidagi nizom hamda Aktsiyadorlik Aloqa bankKengashi to’g’risidagi Namunaviy nizomlari tasdiqlangan.
O’zbekiston Respblikasi Vazirlar Mahkamasining «Bank tizimini isloh qilishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida»gi 2000 yil 24 martdagi 104-sonli Qarorida Aloqa bank banklarining Kengashlari va boshqaruvlariga:
- korporativ boshqaruvni yanada takomillashtirish, aktsiyadorlarning manfaatlarini himoya qilish uchun ta’sirchan shart-sharoitlar yaratish va banklarning kapitallashuvini mustahkamlash uchun banklarning ijro etuvchi organlari va ichki audit xizmatlari rahbarlarining kredit, investitsiya va operatsiya siyosatini amalga oshirishga doir hisobotlarini yilning har choragida eshitish;
- iqtisodiyotning real sektoriga kredit qo’yilmalari o’sishini, tavakkalchiliklarning oqilona diversifikatsiyasini, qisqa muddatli kredit resurslari bozorida operatsiyalardan yuqori daromadlar olinishini rag’batlantiruvchi bank kredit siyosatining asosiy yo’nalishlarini har yili ishlab chiqish va tasdiqlash;
Banklarda korporativ boshqaruv tashkil etish va uning asoslarini belgilab bergan alohida hujjat sifatida O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2000 yil 5 iyulda 943-son bilan ro’yxatga olingan «Aloqa bank banklarida korporativ boshqaruvi to’g’risida»gi Nizomi hisoblanadi. Ushbu nizomda «Korporativ boshqaruv» tushunchasiga ta’rif berilgan bo’lib, unga ko’ra Aloqa bank banklarda korporativ boshqaruv deb, Aloqa bankfaoliyatini boshqarishda Kengash a’zolari va boshqa rahbar xodimlar tomonidan amalga oshiriladigan asosiy faoliyat hamda qoidalar majmuasi tushuniladi.
Jahon moliyaviy inqiroz yuz berishi natijasida xalqaro Bazel qo’mitasi tomonidan banklarda korporativ boshqaruvida tavakkalchiliklarni adekvat boshqarish va ichki nazorat tizimini kuchaytirishga oid tavsiyalar ishlab chiqilgan bo’lib, ushbu tavsiyalardan kelib chiqib, O’zbekiston Respublikasi Prezidentining «2011-2015 yillarda respublika moliya-bank tizimini yanada isloh qilish va barqarorligini oshirish hamda yuqori xalqaro reyting ko’rsatkichlariga erishishning ustuvor yo’nalishlari to’g’risida» 2010 yil 26 noyabrdagi 1438-sonli Qarori qabul qilingan. Ushbu Qarorga muvofiq, banklarda korporativ boshqaruvning takomillashtirish borasidagi muhim yo’nalishlardan biri sifatida bank Kengashiga bo’ysinuvchi bank tavakkalchiliklarini nazorat qilish qo’mitasini Aloqa bank banklari korporativ boshqaruv tuzilmasiga majburiy tadbiq etish belgilangan.
Yuqoridagi Prezidentning qaroridan kelib chiqib, Aloqa bank banklarida bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga qo’yiladigan talablar belgilash maqsadida, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 25 mayda 2229-son bilan ro’yxatga olingan «Aloqa bank banklarining bank tavakkalchiliklarini boshqarishiga nisbatan qo’yiladigan talablar to’g’risida Nizomi qabul qilingan. Mazkur nizomga ko’ra, bank faoliyatidagi tavakkalchiliklarni boshqarish quyidagi asosiy maqsadlarda tashkil etiladi: - bank omonatchilari va kreditorlari, aktsiyadorlari manfaatlarini himoya qilish; - bank tavakkalchiliklarini kamaytirish, bartaraf etish va oldini olish; - bank faoliyatining etarli darajadagi barqarorligini ta’minlash.
Banklarda korporativ boshqaruvga oid muhim hujjatlaridan biri, O’zbekiston Respublikasi Adliya vazirligida 2011 yil 25 mayda 2014-son bilan ro’yxatga olingan «Banklarni ro’yxatga olish va ular faoliyatini litsenziyalash tartibi to’g’risida»gi Nizom hisoblanadi. Unga ko’ra, ovoz beruvchi aktsiyalarning egasi bo’lgan aktsiyadorlar soni o’ttiz kishidan kam bo’lgan aktsiyadorlik jamiyati shaklida tashkil etilgan banklarda kuzatuv kengashi vazifasi bank ustavi bilan aktsiyadorlarning umumiy yig’ilishi zimmasiga yuklanishi mumkin.