2. Burchaklarni yumaloqlash. Ikki to‘g‘ri chiziq o‘zaro kesishib, o‘tkir, o‘tmas va to‘g‘ri burchak hosil qiladi. Ularni ayalana yoyi bilan yumaloqlash uchun yumaloqlash radiusi R masofada burchak ichki tomoni yoqlariga parallel to‘g‘ri chiziqlar o‘tkazilib, ular o‘zaro kesishtiriladi. Shunda tutashtirish markazi O hosil bo‘ladi. O dan burchak tomonlariga perpendikulyar o‘tkazilib, tutashtirish nuqtalari A va B lar topiladi. O nuqta orqali burchak yumaloqlanadi (5.2.5-chizma).
5.2.5-chizma
To‘g‘ri burchakni yumaloqlashda T nuqtadan yumaloqlash radiusi R ga teng yoy chizib, o‘tish nuqtalari A va B larni aniqlab so‘ngra A va B lardan yana o‘sha radius bilan yoylar chizib tutashtirish markazi aniqlanadi (5.2.6-chizma).
Do'stlaringiz bilan baham: |