Yordamchi kesuvchi sferalar usuli. Aylanish sirtlarining o’qlari mazkur sirtlarning bosh meridianlari tekisligi orqali o’tuvchi bitta tekislikda o’zaro kesishsa, ularning o’zaro kesishish chizig’ini yasash uchun kesuvchi sirt sifatida katta va kichik sferalardan foydalaniladi.
Misol. O’qlari bitta nuqta O (Ol, Oll) da kesishayotgan aylanish sirtlarning o’zaro kesishish chizig’i proyeksiyalari yasalsin (4.13.5- chizma).
Bosh meridian orqali o’tuvchi frontal tekisligining gorizontal izi Gh o’tkaziladi va kesishish chizig’iga oid eng yuqori A (Al, All) hamda eng quyi B (Bl, Bll) nuqtalar aniqlanadi.
Sirtlarning o’qlari kesishayotgan Oll ni markaz qilib, eng kichik sfera o’tkaziladi. Bu sfera, albatta, sirtlardan biriga urinma, ikkinchisini kesadigan bo’lishi kerak. Bu misolda eng kichik sfera aylanish sirtiga 2ll nuqtada urinib, silindrni
3ll 4ll chiziq (parallel) orqali kesadi. 1ll 2ll va 3ll
4ll parallellar Cll da o’zaro kesishadi. Cl nuqta 4.13.5- chizma aylanish sirtining paralleli yordamida aniqlanadi. Buning uchun aylanish sirtining 1l 2l gorizontal proyeksiyasi (aylana) chiziladi va unda Cl ikki joyda belgilanadi.
Oll orqali All dan tashqariga chiqmaydigan eng katta sfera chiziladi va uning aylanish sirtining hamda silindrning kesishish chiziqlari ishtirokida hosil bo’ladigan C (Cl, Cll) nuqtani aniqlaydi.
Sirtlarning frontal proyeksiyar tekisligidagi kesishish chizig’ining proyeksiyasi aniqlangandan keyin, uning gorizontal proyeksiyasi tasvirlanadi. H da kesishish chizig’ini ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlarga ajratadigan nuqtalarning V dagi proyeksiyasi Tll ni silindrning o’qida belgilanadi.
Aylanish sirtlaridan biri tor (Lotincha torus – qavariq, xalqa) bo’lsa, ularning o’qlari o’zaro kesishmaydi, balki ayqash (chalmashuvchi) bo’lishi mumkin. Shunda kesishuvchi sferalar markazlari proyeksiyalovchi tekisliklar yordamida aniqlanadi va bu usul markazlari siljib yoki ko’chib boruvchi sferalar usuli deyiladi.
M isol. Torning bir qismi va aylanish sirtining o’zaro kesishish chizig’i aniqlansin (4.13.6- chizma).
Aylanish sirtlarining bosh meridianlari orqali frontal tekislik izi Fh o’tkaziladi va u orqali kesishish chizig’ining eng yuqori va eng quyi A (Al All) va B (Bl Bll) nuqtalari topiladi.
Tor markazi orqali A, B nuqtalar oralig’ida oralari taxminan teng bo’lgan frontal proyeksiyalovchi tekisliklar o’tkaziladi. Bu tekisliklar (Qv, Tv) ning tor bilan kesishayotgan meridian kesimi (aylana) sfera bilan torning kesishgan chizig’i deb qabul
-
4.13.6- chizma
|
qilinadi
Buning
|
hamda uchun
|
sfera markazi
Qv tekislikning
|
qidiriladi. tor bilan
|
kesishish chizig’i 1ll 2ll ning markazi Oll dan 1ll 2ll ga perpendikulyar (torning o’q chiziq ko’rinishidagi paralleliga urinma) o’tkaziladi. Bu perpendikulyar chiziq aylanish sirtining o’qini Oll1 nuqtada kesadi. Oll1 nuqta sferaning izlanayotgan markazi hisoblanadi va u orqali 1ll, 2ll nuqtalardan o’tuvchi sfera chiziladi. Sfera aylanish sirtini 3ll 4ll paralleli orqali kesib o’tadi. Natijada torning 1ll 2ll va aylanish sirtining 3ll 4ll chiziqlari o’zaro kesishib, kesishish chizig’iga oid Cll ni beradi.
Sirtlarning o’zaro kesishish chizig’iga tegishli Ell ni ham Cll kabi topish mumkin.
Cll va Ell nuqtalarning gorizontal proyeksiyalari tor sirtining parallellari yordamida aniqlanadi. V da sirtlarning kesishish chizig’ini aniqlagandan keyin, mazkur kesishish chizig’i aylanish sirti o’qini Tll nuqtada kesadi. Bu nuqtaning gorizontal proyeksiyasi Tl kesishish chizig’i H da ko’rinadigan va ko’rinmaydigan qismlarga ajratadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |