Millimetrli qog‘oz — tomonlari bir millimetrga teng kataklarga bo‘lingan qog‘oz.
Model [fransuzcha modele italyancha modello — namuna] — biror buyumning kattalashtirilgan yoki kichiklashtirilgan namunasi, nusxasi. Masalan, mashina modeli, samolyot modeli va ha.k.
Nuqta— o‘lchamga ega bo‘lmagan eng kichik geometrik obraz. Nuqta, masalan, uchta tekislikning o‘zaro kesishuvi yoki to‘g‘ri chiziqning tekislik bilan kesishuvi natijasida hosil bo‘ladi.
Ordinata [lotincha ordinatus] — Dekart tizimidagi koordinata o‘qlaridan biri—Y bo‘yicha qo‘yiladigan uzunlik. Ordinata nuqtaning X0Z tekisligidan uzoqligini ko‘rsatadi.
Parabola [grekcha parabole — yaqinlashish] — tekislikda fokus deb ataluvchi F nuqtadan va direktrisa deb ataluvchi to‘g‘ri chiziqdan barobar uzoqlikda yotgan nuqtalar to‘plami, ikkinchi tartibli tekis egri chiziq. Parabola egri chizigi konus kesimlaridan biri bo‘lib, uning tenglamasi Y2=2 RX ko‘rinishida yoziladi, bu erda R — parabolaning parametri R=2 OF ga, ya`ni fokus bilan direktrisa o‘rtasidagi masofaga teng, X—parabola nuqtalarining obsissasi.
Do'stlaringiz bilan baham: |