Bozor munosabatlariga о’tilishi, iste‘molchi uchun zarur bо’lgan yangi mahsulotning о’zlashtirilishi, mahsulot sifatining oshirilishi, mulkdorning о’zgarishi va shu kabilar ishlab chiqarish menejmenti tashkilotini takomillashtirishni talab qiladi. Ishlab chiqarish hajmlari va yо’nalishlarining о’zgarishi bilan yangi ishlab chiqarish tashkilotiga zarurat tug’iladi, boshqaruvning yangi usullari va funksiyalari paydo bо’ladi, iqtisodiy ish hajmlari о’zgaradi, boshqaruv qarorlarini qabul qilishga yangi talablar qо’yiladi.
Ishlab chiqarish menejmenti tashkilotidagi о’zgarishlar kо’pincha yangi sex, yangi aniq liniyaning ochilishi yoki ishlab chiqarish va boshqaruvning mexanizatsiyalashtirilishi va avtomatlashtirilishi natijasida boshqaruvning tashkiliy tuzilmasini qayta qurish bilan bog’liq bо’ladi.
Bunda tashkiliy tuzilma faqat boshqaruv tashkiloti shaklidangina iborat bо’lishini hisobga olish lozim. Uning mazmuni boshqaruv qarorlarini tayyorlash, qabul qilish va bajarish jarayonlarini; ma‘lumotlarning mazmuni, hajmi, ularga ishlov berish va ularni uzatish muddatlari va usullarini; boshqaruv organlarini zamonaviy texnika bilan jihozlash, boshqaruv apparati xodimlarining ishini tashkil qilishni; rahbar xodimlar va mutaxassis kadrlarni tanlash va joy-joyiga qо’yishni о’z ichiga oladi.
Binobarin, ishlab chiqarish menejmenti tashkilotiga yagona tizim sifatida qaralishi, bu tizimni takomillashtirish yesa kompleks ravishda, uning barcha yelementlari bilan uzviy va uyg’un bog’liqlikda amalga oshirilishi lozim.
Tizim bir-biri bilan о’zaro munosabat va aloqada bо’lib, ma‘lum birlik, yaxlitlikni hosil qiluvchi kо’plab elementlardir.
Masalan, mehnatga haq tо’lashning yangi ustuvor tizimining joriy qilinishi axborot tizimida о’zgarishlar qilish, ish haqi hisob-kitobida mehnat sarfini, ishga munosabatni о’zgartirishni talab qilishi mumkin. Agar ijtimoiy-iqtisodiy tizimdagi barcha о’zaro bog’liqliklar muvofiq ravishda hisobga olinmasa, boshqaruv organlari ishida nomutanosibliklar vujudga kelib, kutilgan ijobiy natijalar о’rniga salbiy natijalar olinishi mumkin.
Ishlab chiqarish menejmenti tashkilotiga tizimli yondashuv kо’pgina muammolarni samarali hal qilish imkonini beradi. Uni qо’llash maqsadlarini aniq shakllantirish, ish kо’lami haqida tasavvur hosil qilish, boshqaruvning barcha funksiya, usullari va jarayonlarini qо’yilgan maqsadlarga erishishga bо’ysundirishni ta‘minlaydi.
Bozor munosabatlariga о’tish sharoitlarida ishlab chiqarishning iqtisodiy tizimi muhim о’rin tutadi, zotan u ishlab chiqarish va boshqaruvda kechuvchi barcha xо’jalik, moliyaviy, tashkiliy jarayonlarning birligini ifoda yetadi.
Iqtisodiy tizim boshqa barcha tizimlarning samarali faoliyatiga katta ta‘sir kо’rsatadi. Shu bilan birga, boshqa tizimlar ham, ayniqsa, yangilanish sharoitlarida ijtimoiy tizim iqtisodiy tizimga ta‘sir kо’rsatishi mumkin.
Ijtimoiy tizim bugungi kunda tobora muhim ahamiyat kasb yetib bormoqda, zotan iqtisodiyotda, jamiyatda ijtimoiy о’zgarishlar sodir bо’lmoqda, yangi hamkorlik shakllari vujudga kelmoqda. Umumlashtirish tizimni umumiy kо’rinishda, shuningdek, ushbu tizim elementlarining о’zaro bog’liqliqlarini kо’rish imkonini beradi.
Biroq umumlashtirish foydali ekanligiga qaramay, unchalik aniq bо’lmaydi. Boshqaruv tashkilotini takomillashtirishda ma‘lum tizimlar (korxona,tarmoqlar)
о’rtasidagi farqlarni e‘tiborga olish zarur. Vaziyatli о’zgaruvchilar deb nomlanuvchi bu jiddiy farqlar ikki xil: ichki va tashqi bо’ladi.
Bu vaziyatli о’zgaruvchilarni biz boshqaruv nazariyasida batafsil kо’rib chiqqanmiz. Ichki о’zgaruvchilar ma‘lum korxonani tavsiflaydi, tashqi о’zgaruvchilar esa korxonadan tashqaridagi muhitning omillari hisoblanadi.
Barcha kо’p sonli vaziyatli о’zgaruvchilar va boshqaruv jarayonining barcha funksiyalari bir-biri bilan о’zaro bog’liq, ularni bir-biridan alohida kо’rib chiqib bо’lmaydi.
Har qanday muhim omilning о’zgarishi korxona faoliyatida aks yetadi. Ishlab chiqarish menejmentini takomillashtirishga vaziyatli yondashuv (har qanday tizimga oid) korxona ishining samaradorligiga juda kо’p ichki va tashqi omillar ta‘sir kо’rsatishini anglatadi. Shuning uchun takomillashtirish usullari vaziyatga qarab belgilanadi. Ma‘lum vaziyatda unga kо’proq mos keladigan yeng samarali usul hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |