Annotatsiya:
ushbu maqolada texnologiya darslaridagi xalq hunarmandchiligi texnologiyasi
bo‘limini o‘qitishni tashkil etish haqida.
Kalit so‘zlar:
texnologiya, o‘quvchi, dars, ta’lim, bo‘lim, o‘qitish.
Badiiy idrok qobiliyati kishilarda, o‘quvchilarda olamni, undagi mavjudodlar, narsalar va vo-
qea-hodisalarni, atrof-muhitdagi shakllar va ranglarning turfa shakl-shamoilida aks ettirishga ha-
vas uyg‘otadi. Shakl va ranglarning real hamda stillashtirilgan tasvirlarini yaratish shu tariqa ke-
lib chiqdi va o‘z navbatida odamlarning kundalik turmushidan o‘rin ola boshladi. Natijada badiiy
bezaklarning turli-tuman shakllari va turlari paydo bo‘ldi. Boshqa san’atlarga nisbatan, bunday
naqshli bezaklar ko‘pligining va takomil topganligining muayyan tarixiy sabablari bor. Ma’lum-
ki, islom mamlakatlarida mavjudodlar tasviri ishlanmagan, balki, tasviriy san’atga chuqur fal-
safiy yondashish natijasida shartlilik, stillashtirish, rasmiylikka asoslangan badiiy bezak asarlarini
yaratish kuchaygan. Uning negizida murakkab, izlanuvchan, ijodkorlik mehnati mavjud. Misol
uchun: Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Termiz, Toshkent, Qo‘qon va boshqa shaharlard-
agi me’morchilik va xalq amaliy san’ati yodgoriiklari o‘tmish avlodlarimiz yaratgan barkamol,
takrorlanmas va tarixan bebaho san’at asarlarining namunalari bo‘lib, xalqimizning va shu bilan
jahon madaniyatining durdonalaridan bo‘lgan badiiy va madaniy merosini tashkil etilganidan
xabardor bo‘lamiz.Shu bilan birga maktab o‘quvchilarini xalq hunarmandchilik sohasidagi tar-
moq va kasblarga xos mehnat asoslarini o‘zlashtirishga yo‘naltirmoqdalar: nonvoychilik, o‘tov
tayyorlash, oshpazlik, milliy o‘yinchoqlar tayyorlash, ot-ulov anjomlari tayyorlash, kosibchilik,
imoratsozlik va boshqa mehnat turlarini o‘rganishga jalb etilmoqda. Xalq hunarmandchiligi tur-
laridan naqqoshlik san’ati va ularda qo‘lIanadigan asbob-uskunalar, texnologiyalar. Xalq amaliy
san’atining eng keng tarqalgan ommaviy turlaridan biri naqqoshlikdir. Naqqoshlik amaliy san’ati
O‘zbekistonda juda qadimdan mavjud bo‘lib, ayniqsa, XV1I1—XIX asrlarda keng rivoj topa
boshladi. Avvallari naqsh bilan masjid va madrasalar, boy zodagonlarning uylari (ship, ustun,
devor) bezatilar edi. Bu davrda me’morchilik naqshlari o‘z qonun-qoidalari hamda bezash uslu-
blariga, o‘ziga xos ranglar uyg‘unligiga va mustaqil naqsh tuzilishiga ega edi.Naqqoshlik dar-
sini tegishli fan o‘qituvchisi yoki naqqosh ustalar olib borishi lozim. Naqqoshlik hunari darsini
yaxshi olib borish uchun o‘qituvchi zamonaviy didaktikani yaxshi bir ishi va uni amalda ijodiy
qo‘llay olishi kerak. O‘qituvchi o‘zining pedagogik faoliyatida quyidagi didaktik tamoyillarga
amal qilishi maqsadga muvofiqdir:
1. Ta’lim va tarbiyaning birlik tamoyili.
2. Ta’limning ilmiy bo‘lish tamoyili.
3. Ta’limda ko‘rgazmalilik tamoyili.
4. Ta’limda onglilik va aktivlik, mustaqillik tamoyili.
5. Ta’limning tizimli va izchil bo‘lishi tamoyili.
6. Ta’limda ilmiy bilim, ko‘nikma va malakalarni puxta va mustahkam o‘zlashtirish tamoyili.
Bu borada ta’kidlash zarurki, o‘quvchi maktabni bitirib qaysi kasbda ishlamasin, bir hunar
egasi bo‘lib qoladi. Bu hunar orqali kelajakda o‘z iqtisodini vaxshilashi mumkin, shu hunar orqali
ilm o‘rganishi mumkin. Bundan tashqari kelajakda bu bolada madaniyat va san’atdagi, hayotdagi
go‘zalliklarni seza bilish, bu go‘zallikni yarata olish ko‘nikma va malakalari shakllanadi.
Naqshlarni o‘qishni o‘rganadi, go‘zallikdan bahra olishga o‘rgatadi. Xullas, o‘quvchilar voqelikka
to‘g‘ri baho berishga va undan to‘g‘ri xulosa chiqarishga o‘rganadilar.
Adabiyotlar:
1.N. Sayidaxmedov. Pedagogik amaliyotda yangi texnologiyalarni qo‘llash namunalari. —
Toshkent: RTM, 2000.
65
Do'stlaringiz bilan baham: |