Тошкент-2021 3 Январь 2021 10-қисм Тошкент январь 2021 йил. Тошкент: «Tadqiqot»



Download 2,15 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/92
Sana20.07.2022
Hajmi2,15 Mb.
#828178
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92
Bog'liq
10.Pedagogika yonalishi 2 qism

Январь 2021 10-қисм
Тошкент
MATEMATIKA O‘QITISHDA MASALALARNING BAJARADIGAN 
FUNKSIYALARI 
Raxmatova Inobat Esonboyevna
Наманган вилояти Уйчи туманидаги 
7 -сонли умумий урта таълим мактабининг 
математика фани укитувчиси
Annotatsiya:
ushbu maqolada matematika darslaridagi masalalarning bajaradigan vazifalari 
tahlil etilgan.
Kalit so‘zlar:
matematika, funksiya, masala, misol, tenglama,kvadrat.
Hozirgi zamon didaktikasida A.D. Semushin, K.I. Neshkov va Yu.M. Kolyagin, J. Ikromov, 
T.To‘laganov va N. G‘aybullayev kabi metodist matematiklar matematika kursidagi masala va 
misollarning bajaradigan funksiyasini quyidagicha turlarga ajratishadi:
1. Masalaning ta’limiy funksiyasi.
2. Masalaning tarbiyaviy funksiyasi.
3. Masalaning rivojlantiruvchi xarakterdagi funksiyasi.
4. Masalaning tekshiruv xarakterdagi funksiyasi.
Masalaning matematika darsi jarayonida bajaradigan funksiyalarini alohida-alohida ko‘rib 
chiqamiz.1.Masalaning ta’limiy funksiyasi asosan maktab matematika kursida o‘rganilgan nazariy 
ma’lumot, matematik tushuncha, aksioma, teorema va matematik xulosalar, qonun-qoidalarning 
aniq masala yoki misollarga tatbiqi natijasida o‘quvchilarda mustahkam matematik bilim va 
malakalar hosil qilish orqali amalga oshiriladi.Maktab matematika kursidagi masala yoki misollarni 
yechish o‘quvchilarda matematik malaka va ko‘nikmalami shakllantiribgina qolmay, balki olingan 
nazariy bilimlami amaliyotga tatbiq qila olishini ham ko‘rsatadi. Agar o‘qituvchi kvadrat tenglama 
mavzusini o‘tib, uni mustahkamlash jarayonida kvadrat tenglamaga keltiriladigan masalalarni 
yechib ko‘rsatsa, o‘quvchilarni ana shu mavzu materiali yuzasidan bilimlari mustahkamlanadi 
hamda kvadrat tenglama tushunchasining tatbiqi haqidagi fikr o‘quvchilar ongida shakllanadi.2. 
Masalaning tarbiyaviy funksiyasi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi hamda ularni 
mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalaydi. Bizga ma’lumki, matematika fanining o‘rganadigan 
obyekti materiyadagi narsalarning fazoviy formalari va ular orasidagi miqdoriy munosabatlarni 
o‘rganishdan iboratdir. Bas, shunday ekan, fazoviy forma bilan miqdoriy munosabatlar orasidagi 
bog‘lanish analitik ifodalangan formula bilan yoziladi.Ana shu formulani kundalik hayotimizdagi 
elementar masalalarni yechishga tatbiqi o‘quvchilarda ilmiy dunyoqarashni shakllantiradi. Albatta 
0‘qituvchi bu yerda bilish nazariyasiga asoslangan bo‘lishi kerak. «Jonli mushohadadan abstrakt 
tafakkurga va undan amaliyotga borish kerak».0‘qituvchi matematika darsida yechiladigan 
masalalar orqali o‘quvchilarni mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalashi lozim. Buning uchun 
o‘qituvchi halol va sifatli mehnatni ulug‘laydigan masalalarni tanlashi kerak bo‘ladi.
3. Masalaning rivojlantiruvchi xarakterdagi funksiyasi o‘quvchilarni mantiqiy tafakkur qilish 
faoliyatlarini shakllantiradi. Bizga psixologiya kursidan ma’lumki, o‘quvchilarning mantiqiy 
tafakkur qilish faoliyatlari tafakkur operatsiyalari (taqqoslash, analiz - sintez, umumlashtirish, 
aniqlashtiiish, abstraksiyalash va klassifikatsiyalash) orqali amalga oshiriladi. Maktab matematika 
kursidagi masalaning rivojlantiruvchi xarakterdagi funksiyasi o‘quvchilarni matematika o‘qitish 
metodikasining metodlaridan masala yoki misollarni yechish jarayonida to‘g‘ri foydalanish 
malakalarini rivojlantiribgina qolmay, balki ularni biror matematik hukm va xulosalar to‘g‘risida 
aniqlik yuritish imkoniyatlarini shakllantiradi hamda masalalar yechish qobiliyatlarini 
rivojlantiradi.4. Masalaning tekshiruv xarakterdagi funksiyasi o‘z ichiga quyidagilami oladi:1) 
0 ‘quvchilarning nazariy olgan bilimlari darajasi;2) 0 ‘quvchilarning nazariy olgan bilimlarini 
amaliy xarakterdagi misol va masalalar yechishga tatbiq qilishi;3) matematik hukmlardan xulosalar 
chiqarish darajalari; 4) 0 ‘quvchilarning matematik tafakkur qobiliyatlarini rivojlanish darajasi.
Adabiyotlat:
1. Alixonov S. «Matematika o‘qitish metodikasi». Т., «0‘qituvchi» 1992


56

Download 2,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   92




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish