Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
murodimga gʻov…
1
«— deydi. U «Angladimki, bu oʻlkada alarning yolgʻiz jismlarini boʻysundira
olur ekanman, ruhlarini itoat ettirmakka hargiz qudratim yetmas ekan» degan xulosaga keladi.
Hofiz Koʻykiy saodat sohili haqidagi fikri bilan Boburning vatandan yiroqlik dardini yangilaydi.
Bobur „Shohlik minnatidan xolos boʻlib», vatanga qalandar boʻlib qaytishni orzu qiladi, Hofiz
Koʻykiyga quyidagi soʻnggi soʻzlarini aytadi: «Sizga nechogʻli havasim kelishini bilsangiz edi!».
Asar yakunida Bobur olamdan oʻtadi.
Xayriddin Sulton asarlarida shoh, shoir, ota martabasi Bobur shaxsida muvofiqlashadi. Yo-
zuvchining «Saodat sohili» qissasida vatan tuyg‘usi xarakter bosh idealiga aylanib, kompozit-
sion qatlamni rivojlantiradi. Hofiz Ko‘ykiy hamda Bobur dialogi asosiy markaz sanalib, unga
ma’no nuqtalari birlashadi. Olamdagi moddiyatdan ma’naviy halovatni ustun bilgan donishmand
ruhiyatidagi bezovtalikni faqat maslakdosh orifgina o‘qishga qodir. Asar strukturasidagi « Sao-
dat sohili- vatanda, olampanoh...» jumlasida badiiy niyat oydinlashadi. Muallif asar poetikasini
tashkillashtirishda « Moli vofir, eli kofir, yo‘l yovuq...» misrasini asos qilib belgilaydi. Qahramon
siyratidagi dard shu iboralar tizimida teranlashib boradi.
““Boburnoma” asaridagi shoirning Navoiy ijodi borasidagi lutfi poetik mazmunni to‘ldiradi.
Darvesh Baxshiturk suluki ila Bobur armonlaridagi uyg‘unlik kompozitsion qatlamni ravshan-
lashtiradi. Bu obraz halovat-u haqiqat bobida shohdan hurroq bo‘lib, millat-u elatni ogohlikka
undovchi, kun-u oylar intihosi borligini eslatuvchi zohid yanglig‘ tasavvur uyg‘otadi. Muhimi,
darvesh-u shoh musofir turklar bo‘lib, qalban hamda ruhan bir-birini quvvatlaydi. Hofiz Ko‘ykiy
voqealar silsilasida bu obrazlar fitratidagi armon-u iztirobning zamirida yurt sog‘inchi nolasini
tinglardi. Xayriddin Sulton bu qissada Bobur shaxsi, ijodi va shohlik salohiyati borasidagi izlan-
ishlarini yoritib bergan»
2
.
Yozuvchi aynan Boburga o‘zini ruhan yaqin tutgani bois Bobur obraziga alohida e’tibor qa-
ratadi. “Saodat sohili” qissasi o‘zbek adabiyotida Bobur siymosini aks ettirgan eng yaxshi asarlar
sirasiga kiradi.” Saodat sohili”, ta’bir joiz bo‘lsa, saodatli qissa. Yozuvchi asarda Zahiriddin Mu-
hammad Bobur hayotining so‘nggi pallasini tasvirlar ekan, ona diyoriga qaytish ixtiyori qo‘lidan
ketgan “qalandar, shoh, begona yurt ko‘chalarida sarson kezgan jununvash Baxshiturk , yot ellarda
tasodifiy o‘lim topgan Boboqul, hind hukmdori oldiga borib, so‘ng o‘z diyoriga qaytayotgan ja-
hongashta alloma Hofiz Ko‘ykiyning hayotini – bir-biriga aslo o‘xshamagan turli taqdir egala-
rining murakkab, mashaqqatli umr yo‘llarini botiniy qiyoslaydi. Bu qiyoslarda Boburning yurt
armoni va sog‘inchi, uning shohligi, shoirligi, umuman, nodir shaxsiyati yorqin namoyon bo‘ladi.
Buyuk zotlar, ulug‘ mutafakkirlar, alloma va adiblar, davlat arboblari va sarkardalar hayoti
haqida asar yaratish bir qarashda oson, qandaydir maroqli tuyuladi. Ammo bunday shaxslarning
ruhiyatiga, ma’naviy olamiga murojaat qilish, ular hayotining sirli mohiyatini idrok etish, ular bi-
lan teng fikrlash – bu har qanday qalamkashning ham qo‘lidan keladigan ish emas. Alisher Navoiy
hazratlari aytganlaridek, “Emas oson bu maydon ichra turmoq”.
Do'stlaringiz bilan baham: |