Annotatsiya:
Ushbu maqola shaxsning o‘z-o‘zini tarbiyalsh, rivojlantirish va boshqarish
jarayonining to‘g‘ri tashkel qilish hamda barkamol shaxsni tarbiyalash va avlodlarning ijobiy
tarbiya borasidagi bilimlarini yanada oshirishga qaratilgan.
Kalit so‘zlar:
tarbiya, ta’lim, oila, jamiyat ,madaniyat, mafkura , milliylik va zamonaviylik,
psixik tarqqiyot.
Kirish: Dunyodagi eng yaxshi kashfiyotlardan biri bu yaxshi tarbiya korgan insondir. Chunke
biz yashayotgan zamonda qilingan bazi bir kashfiyotlar o‘z qimmatini yo‘qotsada yaxshi tarbiya
korgan inson bu- KOMILLIK uchun qo‘yilgan ulkan bir qadamdir. Tarbiya barcha zamonlarda
ham insonni o‘ylantirib kelgan va jamiyat oldidagi katta bir mas’ulyat bolgan tushunchadir.
Tarbiya bu butun jamiyat, inson va yurt oldidagi murakkab jarayondir. Zero tarbiya hamma
millatlarda ham xar xil beriladi. Bunga mentalititi va o‘z an’analari sabablidir. Ammo maqsad
bir yani yurt uchun barkamol shaxsni tarbiyalashdir.Farzandni ona qornida tarbiyalsh kerak degan
fikrni kopchiligimiz eshitganmiz. Ammo bu narsaga amal qilish oila muhitidan kelib chiqqan
holda har -xildir.Farzandni ona qornida tarbiyalshdan oldin biz o‘ylashmiz kerakki « men farzand
tarbiyasiga tayyormanmi, men qanaqa ota yoke qanaqa ona bolaman deb o‘ylashmiz kerak.
Bundan ko‘rinib turibdiki sog‘lom va barkamol farzand va jamiyatga jismonan va ma’nan
sog‘lom shaxsni tarbiyalsh har bir oilaning va yangi oila qurayotgan yoshlarning burchidir.
Asosiy qism: Tarbiya haqida so‘z yuritar ekanmiz biz xohlaymizmi yo‘qmi albatta bu dolzarb
masala alabatta oilaga va uning sog‘lom muhitiga bog‘liq.
Biz aynan shu muhitda farzand tarbiyasi, axloqi ,uning jamiyatdagi roli ,o‘rni ,
ijtimoiylashuv jarayonlari hamma hammasi shu oilada o‘z aksini topadi. Farzand bu yozilmagan
oppoq qog‘ozdir. Biz shu qog‘ozga nimani yozsak kelajakda albatta shuni o‘qiymiz. Bolaning
qay darajada yaxshi tarbiya topishi bu.ota-onaga bog‘liq. Yaxshi tarbiya korgan farzand oilaning
yutug‘i bolsa jamiyat uchun haqiqiy ulkan yutuqdir. Hech bir ota ona o‘z farzandiga yomon tarbiya
bermaydi. Ammo tarbiyaning noto‘g‘ri berilishiga sabab bu bolaning indivudual xususiyati
hamda otan onadagi pedagogik bilimning yetishmasligi ham sabab bolmoqda. Yana bir savol
tug‘ilishi tabiiy hol. Ya’ni oilada tarbiya bir xil beriladiyu ammo tarbiyaning tasiri har xil
boladi. Bunga asosiy sabab boladagi individula xususiyat, ijtimoiy muhit atrofdagi o‘rtoq va
do‘stlari oiladagi nosog‘lom muhit. Bu sabablar ham oialdagi farzand tarbiyalanish jarayoniga
tasir etadi. Bola uchun oilada va ijtimoiy muhit ya’ni maktabgacha ta’lim muassalari va
makatab kollej litsey oily ta’limdagi ijtimoiy muhit ,katta hayotdagi ijtimoiy muhit bularning
barchasi bolani hayotga tarbiyalaydi. Uning kelajakdagi rolini va vazifalarini , majburiyatlarini
belgilaydi.
Shaxsada o‘zini-o‘zi tarbiyalsh degan tushuncha mavjud. Zero oilada bola uchun yetarli
darajada pedagogik va ma’naviy , madaniy tarbiya berilsada bola ijtimoiy muhitda , jamiyat
turli insonlar va jamiyatning turli qatlamidagi jamoalarga duch keladi. Ayni shu jarayonda
bola o‘zining atrofidagi insonlarni turli xil tarbiyasini ko‘rib nima to‘g‘ri yoke nima notog‘ri
ekanini ajratib olishi lozim. Shuning uchun ba’zan yaxshi ibrat na’munali oilalarda ham oz
bolsada tarbiyasi og‘ir bolalar ko‘zga tashlanadi
Bunga sabab ijtimoiy muhit va bolaning indivudual xususiyatidir.
Bolalar bir oilada tarbiya topsalarda ulardagi fikr mulohazalar har xil boladi. Bunga sabab
alabatta individual xususiyat. Biz ota- onalarar uchun bu borada pedagogik bilim kerak bo‘ladi
. Pedagogik bilim bu - ota -onaning oiladagi farzandlarining yoshiga jismoniy va ruhiy holatiga
va bolaning shaxsiy qiziqishlariga qaragan xolda muomala qilish va tarbiya berishdir. Ammo ota-
onalar ko‘p vaqtlarda buni e’tiborsiz qoldirishadi.
Bolada axloq bilan birga eng nozik bolgan insoniy tuyg‘ulardan or, nomus , iroda , vijdon
, va insonparvarlik tuyg‘ularini uyg‘otish va shu ruhda tarbiyalash kerak. Albatta bu borada
64
Do'stlaringiz bilan baham: |