40
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
BOLALAR PSIXOLOGIYASI FANI O’QITUVCHISINING METODIK MAHORATI
Yunusova Dilnoza Alisher qizi
Xorazm viloyati Xiva shahri 6-sonli umumiy o’rta
ta’lim maktabining amaliyotchi psixologi fani o’qituvchisi
Telefon: +998 99 525 34 99
Annotatsiya:
Quyidagi ushbu ilmiy maqolada bolalar psixologiyasi fani o’qituvchisining
metodik mahorati ya’ni – metodik mahorati past bo’lgan o’qituvchini xususiyatlari hamda meto-
dik mahorati yuqori bo’lgan o’qituvchini xususiyatlari haqida va boshqalar haqida qisqacha bayon
etishga harakat qilingan.
Kalit so’zlar:
Pedagogik, o’qituvchi, metodik, tajriba,
faoliyat, o’quvchi.
Pedagogik faoliyatga tayyorlanishda o’quvchilarning uzoq yillar davomida ushbu faoliyat bilan
shug’ullanib kelayotgan o’qituvchilarning tajribasini o’zlashtirishi juda muhim. Shuning uchun
o’quvchilar har bir o’qituvchisi ish tajribasidan o’ziga, bo’lajak pedagogik faoliyatiga imkon qa-
dar ko’proq narsa olishga harakat qilishi lozim. Bunda o’quvchilar har bir o’qituvchining metodik
mahoratiga e’tibor berishlari kеrаk bo’ladi.
Pedagogik amaliyotning ko’rsatishicha, metodik mahorati past bo’lgan o’qituvchi quyidagi xu-
susiyatlarga ega bo’ladi:
– ta’lim metodlarini auditoriya xususiyatlarini hisobga olmay tanlaydi;
– tanlangan ta’lim usuli natijasini oldindan ko’ra
bilmaydi;
– faoliyatida ta’sirning to’g’ridan-to’g’ri usullari ustun bo’ladi;
– o’z ko’rsatmalarini aniq bajarishnigina yuqori baholaydi;
– pedagogik ta’sirning tor doiradagi
turlaridan foydalanadi;
– muloqotning avtoritar uslubidan foydalanadi;
– o’quvchilarda
itoatkorlik, bajaruvchanlik xususiyatlarini rivojlantirishga urg’u beradi;
– bilimlarni talabalarga uzatishgagina e’tibor beradi.
Metodik mahorati yuqori bo’lgan o’qituvchi quyidagi xususiyatlarga ega bo’ladi:
– pedagogik metodlarni o’quvchilar saviyasiga muvofiq tanlaydi;
– tanlangan metod va usullar orqali erishiladigan natijani oldindan ko’ra biladi;
– faoliyatida ta’siming aylanma
usullari ustunlik qiladi;
– o’quvchilar o’quv dasturini o’zlashtirishida ularda mustaqillikni rivojlantirishi uchun sharoit
yaratadi;
– pedagogik ta’sir etishning xilma-xil turlaridan foydalanadi; muloqotning demokratik uslu-
bidan foydalanadi;
– o’quvchilar emotsional-intellektual sohalarining rivojlanishiga urg’u beradi;
– o’quvchilarni faollikka undaydi, ular bilimlarni o’zlari o’zlashtirishlarini ta’minlashga e’tibor
beradi.
Bolalar psixologiyasi fani o’qituvchisi o’z oldiga qo’ygan maqsadlarga erishishi uchun undan
yuksak metodik mahorat talab etiladi. Metodika sohasidagi mahorat ikki katta qismdan tashkil
topadi. Birinchi qism – bilim, ikkinchisi – tajriba.
Xulosa shuki, o’qituvchini pedagogik tajribasi ortgani sayin uning metodik mahorati ham ta-
komillashib boradi. Metodik mahorat asosini tashkil etuvchi bilim esa bolalar psixologiyasi fanini
o’qitish metodikasini o’rganish orqali hosil bo’ladi. Nazariy bilim amaliy tajriba poydevori bo’lib
xizmat qiladi. Yuksak metodik bilim va amaliy tajriba birgalikdagi yuqori mahoratli o’qituvchini
shakllantiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: