Kalit so‘zlar:
tibbiy madaniyat, salomatlikni asrash, shaxsiy gigiena qoidalari, maktab vrachi,
tibbiy markazlar,
O‘zbekiston hukumati yosh avlodning jismoniy rivojlanishi, salomatligi va ma’naviy
barkamolligi haqida doimo g‘amxo‘rlik qilib kelmoqda. Vazirlar Mahkamasining ”Sog‘lom av-
lod’’ dasturi ham bunga yorqin dalildir.
Bolalarning har tomonlama barkamol rivojlanishi uchun ular orasida sog‘lomlashtirish, ta’lim-
va tarbiya ishlarini o‘zaro bog‘liq holda amalga oshirish lozim bo‘ladi. Mustaqillik yillarida barcha
sohada keng ko‘lamli ishlar izchil amalga oshirib kelinmoqda. Inson salomatligini asrash, sog‘lom
va barkamol avlodni tarbiyalash, ona va bola salomatligini muhofaza qilish, tibbiy madaniyatni
axolining barcha qatlamlariga chuqur yetkazib berish, aholining salomatligini yanada mustahka-
mlash tibbiy islohotlar asosini tashkil etmoqda.
Bugungi kunda yurtimizda jismoniy tarbiya va sport tizimi tobora rivojlanmoqda. Texnik im-
koniyatlarimiz kengayib, ko‘pchilik aholi qatlami kam harakat ish faoliyati bilan band. Farzand-
larimiz bilan birgalikda sport musobaqalarini qishloq va mahallalarda tashkil qilib, mahalla bir-
inchiliklarini o‘tkazib kelinmoqda. Sport turlarini qishloq maktablarida rivojlantiribgina qolmay,
ota-onalar o‘rtasida ham targ‘ib qilinmoqda. Mutaxasislarning muloxhazalariga ko‘ra, aksariyat
bolalar xastaliklari shaxsiy gigiena qoidalariga amal qilmaslik oqibatida kelib chiqadi. Aniqroq
aytganda kasalliklarni mikroblar chaqiradi. Mikroblardan xalos bo‘lish uchun esa har doim to-
za-ozoda yurishga harakat qilish zarur. Bolalarni kichkinaligidan ozodalikka o‘rgatish orqali ular-
ni sog‘lom turmush kechirishini kafolatlagan bo‘lasiz. Bolalarni ertalabki badantarbiya mashqlar-
ni kanda qilmaslikka odatlantirish zarur. Qolaversa,bolalarning har birining tish cho‘tkasi alohida
bo‘lishini ta’minlash, birovning sochig‘iga artinmaslikni tushuntirish ham ota-ona zimmasidagi
mas’uliyatga kiradi. Birinchi galda oilaning har bir a’zosi,bolalar hojatxonadan chiqqach, qo‘llarni
sovunlab yuvishga odatlanishi shart. Ota-onalar farzandlariga shaxsiy gigiena qoidalarini tez-tez
tushuntirib, ularga amal qilinishi ni muntazam nazorat qilib borsalar, ozodalik-orastalik bolalar
uchun hayot tarziga aylanadi. Bu esa ko‘plab yuqumli kasalliklarning oldini oladi. Maktabda
shifokorlar tomonidan qizlarni erta ona bo‘lishi, ayollarning bilim olishi va mehnat qilishini chek-
lashi, moddiy jihatdan ta’minlanmagan oilada, albatta, muammaolar va nizolarning kelib chiqishi,
yosh onaning asabiylashishi esa bola salomatligiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi, qarindoshlik o‘rtasi-
dagi nikoh ona va bola hayotini xavf ostiga qo‘yishi, giyohvandlik-umr kushandasi, atrof-muhit-
ni muhofaza qilish ham inson salomatligining bosh omili ekanligi muhokama qilinadi.Jismoniy
tarbiya ishini tashkil qilishda maktab vrachining roli beqiyosdir. Vrach birlamchi qaytaruv va
qo‘shimcha tibbiy ko‘riklarni o‘tkazadi, bolalarni tibbiy guruhga bo‘ladi, ularning salomatligi va
jismoniy rivojlanish darajasini aniqlaydi, tahlil qiladi,shu asosda pedagogic jarayonga o‘zgartir-
ishlar kiritiladi. O‘quvchilar jismoniy tarbiyasining tibbiy nazorati maktabda ishlayotgan pediatr-
lar zimmasiga yuklatilgan.
Jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish jarayonida maktab o‘quvchilari orasida juda ham
kerakli bo‘ladigan irodasini tarbiyalovchi sifatlar, ya’ni maqsadga erishish, qo‘rmaslik, tashab-
buskorlik kabilar katta ahamiyatga ega.
O‘quv dasturuningg bajarilishi va o‘quvchilarning kerakli bilim va ko‘nikmalarini o‘zlashtir-
ishiga jismoniy tarbiya o‘qituvchisi javob beradi. O‘qituvchi sanitariya-gigiyena talablarining ba-
26
Do'stlaringiz bilan baham: |