METODLARDAN FOYDALANISHNING SAMARASI
Qarayeva Nilufar Isomovna
Buxoro viloyati Kogon tumani
19-umumiy o’rta ta’lim maktabi
kimyo fani o’qituvchisi
E-mail: qarayevaNilufar@mail.com
Annotatsiya.
Kimyo fanidagi asosiy mavzulardan biri bo’lgan bu korroziya mavzusidir. Ushbu
mavzuni “BBB” metodi yordamida o’qitish orqali yanada yuqori samaradorlikka erishish mum-
kin. Bu metoddan ma’ruza darslarida va amaliy mashg’ulotlarning yakuniy qismida foydalanish
qulay.
Kalit so’zlar:
Slayd shou, videolavhalar, animatsiyalar, videoroliklar
Kadrlar tayyorlash milliy dasturida ta’kidlanganidek, “Inson, uning har tomonlama uyg’un ka-
mol topishi va farovonligi, shaxs manfaatlarini ro’yobga chiqarishning sharoitlarini va ta’sirchan
mexanizmlarini yaratish, eskirgan tafakkur va ijtimoiy xulq-atvorning andozalarini o’zgartirish
Respublikada amalga oshirilayotgan iqtisodiy islohotlarning asosiy maqsadi va harakatlantiruv-
chi kuchidir. Xalqning boy intellektual me’rosi, umumbashariy qadriyatlar asosida, zamonaviy
madaniyat, iqtisodiyot, fan, texnika va texnologiyalarning yutuqlari asosida, kadrlar tayyorlash-
ning mukammal tizimini shakllantirish O’zbekiston taraqqiyotining muhim shartidir”. Mam-
lakatimizda ta’lim tizimini isloh qilish va takomillashtirish ustivor vazifalardan biridir.
O’quv-tarbiya jarayonini jadallashtirish orqali ikki asosiy figura, ya’ni o’quvchi o’qituv-
chi shaxsini faollashtirishga zamin yaratadi. Chunki o’quvchining mustaqil bilim faoliyatiga yo’l
ochiladi, o’qituvchi ham o’z ustida tinmay ishlaydi. Barchamizga ma’lumki, o’quv jarayonida
o’quvchilarning ham o’qituvchining ham o’ziga xos vazifalari mavjud. O’qituvchining vazifalari
– bilimlar tizimini berish, ilmiy ravishda fikrlashga izchillik bilan o’rgatib borish, ijodiy tafak-
kurini o’stirib borish kabidir.O’quvchi uchun esa o’zining individual qobiliyatlarini namoyon qil-
ish, ko’nikmalarini ro’yobga chiqarish, o’quvchi shaxsini xuquqiy va ijtimoiy bilimlar darajasiga
ko’tarish kabi hislatlari namoyon bo’ladi. Pedagogik texnologiyalar – o’quvchi shaxsiy sifatlarini
rivojlantirish va takomillashtirish imkoniyatini beruvchi o’quv vositalaridan biridir. Bunday tex-
nologiyalar o’ziga xos didaktik va uslubiy asoslarga egadir. Ta’lim – tarbiya jarayonining sama-
radorligini oshirishning muhim sharti mazkur jarayonga tizimli yondashuv hamda darsda turli
innovatsion texnologiyalarni qo’llash muhim ahamiyatga ega ekanligidadir.
Kimyo fanidagi metallar korroziyasi mavzusini o’rgatishda “BBB metodi”dan foydalanish
yuqori samaradorlikka olib keladi.
Bu texnologiyadan laboratoriya mashg’uloti va seminar darslarida foydalanish qulay. Ushbu
texnologiyalarni qo’llash orqali o’quvchilarni mustaqil fikrlashga undaydi. Buning uchun o’qitu-
vchi do’skani 3qismga bo’ladi.1-qismiga “bilaman”, 2-qismiga “bilishni hohlayman”, 3-qismiga
“bilib oldim” deb yozadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |