Foydanilgan adabiyotlar ro’yxati.
1. Bekmuratova U. B. “Ingliz tilini o’qitishda innovatsion texnologiyalardan foydalanish”
mavzusida referat. Toshkent - 2012 yil
2. Отабоева, М. Р. Chet tilini o’qitishda zamonaviy innоvatsion texnologiyalaridan foydala-
nish va uning samaradorligi / М. Р. Отабоева. -Toshkent 2017.
17
Июнь 2021 10-қисм
Тошкент
TOK KASALLIKLARI VA UNGA QARSHI KURASH USULLARI
Eshmirzayev Muhiddin Bekmirzayevich
TerDU Magistratura bo’limi biologiya
ta’lim yo’nalishi 1- kurs Magistranti.
normurodov.oibek@mail.ru
Soatov Sardor Akvarovich
TerDU Magistratura bo’limi biologiya
ta’lim yo’nalishi 1- kurs Magistranti.
normurodov.oibek@mail.ru
Abdikarimova Shaxnoza Xujakulovna
TerDU Magistratura bo’limi biologiya
ta’lim yo’nalishi 1- kurs Magistranti.
normurodov.oibek@mail.ru
Annotatsiya:
Maqolada
mumkinki tok issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yoʻl
bilan koʻpaytiriladigan oʻsimlik, koʻchatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, seleksiya ma-
qsadida urugʻlaridan koʻpaytiriladi deb yoritib berilgan.
Kalit so’zlar:
uzumchilik, seleksiya, tok, kasalliklarga, tok issiqsevar, sovuqqa chidamli, bog-
dorchilik.
Uzum bogʻdorchilikning eng koʻhna tarmoqlaridan biri boʻlib, hozirgi davrda ham koʻpgina
mamlakatlarning xalq xoʻjaligida salmoqli oʻrinni egallaydi. Jahonda 84 mamlakatda uzum
yetishtiriladi. Tokzorlar maydoni boʻyicha eng oldingi oʻrinlarda Ispaniya (1 mln. 200 ming ga),
Italiya (871 ming ga), Fransiya (870 ming ga), Turkiya (560 ming ga), Portugaliya (252 ming
ga), AQSH (Kaliforniya shtati, 357 ming ga), Ruminiya (250 ming ga), Eron (260 ming ga),
Xitoy (243 ming ga), MDH mamlakatlari ichida Moldova (154 ming ga) turadi. Jahon boʻyicha
tokzorlar maydoni 7,4 mln.ga, oʻrtacha hosildorlik 81,7 s/ga. 1999 yilda 60,7 mln. t dan koʻgtroq
uzum yetishtirildi, 29,9 mln. t vino, 1,3 mln. t mayiz tayyorlandi. Eng koʻp mayiz AQSH, Eron,
Turkiyada tayyorlandi.
Oʻrta Osiyo, xususan, Oʻzbekistonda Uzum uzoq, tarixga ega. Mil. av. 4-asrlarda ham tok ekil-
gani maʼlum. Uzoq, yillar davomida Oʻrta Osiyo xalq seleksiyasida juda qimmatli xoʻjalik belgilar-
iga ega boʻlgan yuzlab navlar yaratilgan. Oʻrta Osiyoning deyarli barcha dehqonlik mintaqalarida,
ayniqsa, Fargʻona va Zarafshon vodiylarida, Toshkent, Xorazm, Qashqadaryo vohalarida koʻp ek-
ilgan. Lekin moʻgʻullar istilosi davrida bogdorchilik tanazzulga yuz tutgan. Uzum faqat 15-asrga
kelib qayta rivojlana boshladi. Oʻzbekistonda U.ning rivojlanishida Rossiya bogʻdorchilik jamiya-
tining Turkiston boʻlimi muhim rol oʻynadi. Boʻlim uzumning mahalliy sharoitga moye keladigan
eng yaxshi navlarini oʻrganib tavsiya etish, tegishli navlarni boshqa mintaqalardan olib kelish
ishlarini tashkil qildi. Keyinchalik shu boʻlim asosida Turkiston uzumchilik va vinochilik qoʻmi-
tasi tashkil etildi. Qoʻmita uzumchilik va vinochilikni ilmiy asosda rivojlantirish (kasalliklarga,
zararkunandalarga qarshi kurash), uning agrotexnika usullarini ishlab chiqish bilan shugullandi.
Madaniy tokningning baquvvat ildizi 7 m va undan ortiq chuqurlikkacha boradi. Uning koʻp
yillik novdalari (zang va madang) turli yoʻgʻonlikda boʻladi. Bir yillik novdalari uzun (3–5 m) va
ingichka boʻlib, boʻgʻimida barg , barg qoʻltigʻida kurtaklar rivojlanadi. Novdaning pastki, asosan
3-5 boʻgʻimlarida gul toʻplami, ustkilarida gajaklar (bargning qaramaqarshi tomonida) paydo
boʻladi. Barglari yaxlit, panjasimon, asosan, 3 va 5 boʻlakli, navbat bilan joylashgan. Shoʻralari
shokila yoki roʻvaksimon. Gullari mayda, koʻkimtirsargʻish, madaniy turlariniki, asosan, ikki jins-
li, ayrimlariniki bir jinsli. Xasharotlar, shamol yordamida va oʻz oʻzidan changlanadi. Gʻujumi
(uzumi) rezavor, 1-4 urugʻli, etli, sersuv yoki kamsuv. Urugʻsiz navlari (kishmishlar) ham bor.
Gʻujumlari turli shakl va rangda, shingilga toʻplangan.
Shuni aloxida aytish mumkinki tok issiqsevar, sovuqqa chidamli, asosan, vegetativ yoʻl bilan
koʻpaytiriladigan oʻsimlik, koʻchatlari qalamchalaridan, payvand qilish orqali, seleksiya maqsa-
dida urugʻlaridan koʻpaytiriladi, 2, 3 yili hosilga kiradi. tokning koʻpchilik navlari -18°, -20°,
ayrimlari -28°, -30° gacha sovuqqa chidaydi, 25-30° da yaxshi oʻsadi, 40° dan yuqori harorat
yomon taʼsir koʻrsatadi. Uzum kasalliklari barglar, ayniqsa, chang-kul rangli oq rangga ega.
O'rim-yig'imning boshlanishi bilan bu chang ta'sirlangan barglarning butun yuzasida, gullar va
18
Do'stlaringiz bilan baham: |