Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
• Testlarni avtomatik yaratish mexanizmiga ega.
• Ochiq ob’yektiv interfeys ob’yekt va shablonlar kutubxonasi va foydalanuvchi yaratgan
kutubxonalarni osonlikcha kengaytirish imkonini beradi. • Ob’yektlar animatsiyasi mexanizmiga
ega.
• Musiqiy ketma-ketlik joylashtirish va sinxronlashning osonligi va hokozo. CourseLab
yordamida yaratilgan ta’lim materiallari ishlatilish turiga qarab elektron ta’limning quyidagi
standartlariga mos keladi:
Lectora dasturi. Ogayo shtatida joylashgan Trivantis Corporation jamiyatida 1999 yilda Timoti
D. Loudermilk tomonida yaratilgan. Hozirgi vaqtga kelib dasturdan 64 dan ortiq davlatlarda
foydalanib kelinmoqda.
Lectora dasturi masofali ta’lim jarayonida elektron oʻquv kontenti yaratish uchun va elektron
oʻquv majmualarni yaratish imkoniyatini beruvchi dastur hisoblanadi. Dastur asosan, masofali
ta’lim kurslarini yaratishda, taqdimot fayllarini yaratishda, nazorat testlarini yaratishda, ppt
formatidagi fayllarini boshqa ta’lim formatlariga oʻtkazishda, intellektual oʻqitish kurslarini
yaratishda keng foydalaniladi. Lectora dasturida yaratilgan oʻquv kurslarini bir tugmani bosish
orqali ularni dinamik web sayt koʻrinishda, HTML, CD disklarda ishlaydigan, bitta faylga yigʻilgan
*.exe koʻrinishda, SCORM va AICC standartlarida hech qanday dasturlash tillarini bilmasdan
ham oʻtkazish mumkin.
iSpring dasturi - taqdimotni oʻtkazishga tayyorlanish jarayonida aksariyat hollarda Microsoft –
PowerPoint dasturiy ta’minotidan foydalaniladi. Unda taqdim etilayotgan material uni koʻrayotgan
kishilar tomonidan yaxshi oʻzlashtirilishi imkoniyatini beradigan koʻplab imkoniyatlari mavjud.
Bugungi kunda taqdimotni boshqa formatlarga oʻzgartirib yuborish imkoniyatini beradigan
dasturlar paydo boʻldi.
“Richmedia” kompaniyasi tayyorlangan taqdimotdan flash-rolik shakllantirish imkoniyatini
beradigan dasturni taklif etmoqda. Mahsulot iSpring deb nomlanadi va iSpring Free, iSpring PRO
va iSpring Presenter k abi variantlarga ega. Mustaqil ekspertlarning fikriga koʻra, bugungi kunda
mazkur mahsulot tezligi, konversiyalash sifati va opsiyalar soniga koʻra Flashdagi PowerPoint
formatidagi konverterlar orasida eng yaxshilaridan biri hisoblanadi. iSpring PRO va iSpring
Presenter oʻrtasidagi farq shundaki, ularning ikkinchisi nafaqat flash-taqdimotlarni yaratishga,
balki ta’lim jarayonida qoʻllanilishi mumkin boʻlgan roliklar tayyorlashda, xususan, ularga turli
shakldagi soʻrovlarni ham kiritgan holda oʻzaro interaktiv bogʻlanish imkoniyatini ham beradi.
Xulosa oʻrnida shuni aytish mumkinki bu dasturlar orqali yaratilgan har bir virtual ta’lim
resurslari informatika darslari samaradorligini oshiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |