Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
sifatdoshlar hozirgi o‘zbek tilida arxaik hisoblanadi.
6. –(u)vchi: keluvchi, kutuvchi, boshlovchi kabi. Bu sifatdosh narsaning doimiy harakat belgisini
bildiradi. Masalan: Pishqiruvchi vahshiy daryoga ko‘rsatilar tamom yangi yo‘l. (H.Olimjon)
Sifatdoshlar ot o‘rnida qo‘llanilib, ot vazifasini bajarishi mumkin, ya’ni otlashadi. Bunda
ular ot kabi egalik, kelishik, ko‘plik qo‘shimchalarini oladi va gapda ega, to‘ldiruvchi, qaratqich
aniqlovchi va undalma vazifalarida keladi.
Sifatdosh fe’lning funksional shakllaridanbiri bo‘lib, narsaning harakat va holat belgisini
ko‘rsatadi, odatda, sifatlovchi vazifasida keladi:
Sifatdoshning belgilari:
a) harakat tushunchasini anglatadi. Masalan: U doimo
izlanadigan
, doimo harakatda
bo‘lgan
,
parvozga
chog‘langan
ilg‘or kishilarimizdan bir. (I.Rahim);
b) nisbat, o‘timli-o‘timsizlik, bo‘lishli-bo‘lishsizlik ma’nolarini ifodalaydi. Masalan: Tirqishdan
qarab
turgan
Hayot o‘zini chetga oldi. (M.Ismoiliy).
Kiyingan
bola (o‘zlik),
o‘qilgan
kitob,
chaqirilgan
mehmon (majhul) kabi;
v) boshqa so‘zlarni boshqarib keladi: Anorxon o‘z Vatanini chin yurakdan
sevgan
, o‘z ishiga
ko‘ngil
qo‘ygan
qiz. (I.Rahim);
g) shaxs va narsaning harakat bilan bog‘liq belgisini bildirib, gapda sifatlovchi vazifasida keladi,
sjaklan o‘zgarmaydi: Do‘stlik
bo‘lmagan
joyda ishning rivoji ham bo‘lmaydi. (S.Zunnunova)
d) otlashib kela oladi. Bu vaqtda ot singari kelishik, egalik affikslarini qabul qiladi va shunga
mos vazifada keladi:
Maqtanganning
uyini,
kerilganning
to‘yini ko‘r.
e) shaxs-son affiksi bilan tuslanib, fe’lning aniqlik mayliga xos zamon shakllarini hosil qiladi.
Narigi yoqdagi go‘zal favvoralar qurilishi endi
boshlangan
. (P.Qodirov)
Sifatdoshlar ifodalagan zamon nisbiy bo‘ladi. Harakatning nutq so‘zlanib turgan paytga
munosabatini bevosita ko‘rsatmaydi. Uning qaysi zamonga tegishliligi gapning kesimi orqali
anglashilgan vaqtga yoki gapning umimiy mazmuni bildirgan vaqtga nisbatan belgilanadi.
Sifatdoshning asosan otga bog‘lanib, otni aniqlab kelishi, sifatdoshning funksiya va ma’noda
sifatga yaqinlashib kelishini shartlagan.
O‘zbek tilidagi sifatdoshlar o‘zlarining leksik ma’nosiga ko‘ra, predmetlarning harakat belgilarini
ifodalab aniqlab keladi. Sifatlar ham belgi tasavvurini ifodalaydi. Lekin sifatlar ifodalagan belgilar
statik- “passiv” belgilar bo‘lib, sifatdoshlar ifodalagan belgilar aktiv o‘zgaruvchan, dinamik
belgilardir. Quyida keltirilgan misollardagi sifatdoshlar bilan sifatlarning leksik ma’nosini qiyos
qilish: yuradigan bola…, katta shahar.
Do'stlaringiz bilan baham: |