Adabiyotlar:
1. Q. Abdullayeva, S. Rahmonbekova. „Ona tili darslari (1 -sinf o‘qituvchilari uchun qo‘llanma).
- Т.: 1999.
149
Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
INNOVATSION FAOLIYATINI AMALGA OSHIRISH USULLARI
Yuldasheva Lyudmila Urinbayevna
Shovot tumani 42-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (91) 424 56 51
u.lyudmila_42@inbox.uz
Matniyozova Shoira Latipovna
Urganch tumani 27-son maktab o‘qituvchisi
Telefon: +998 (99) 718 28 69
shoira.latipovna_27@inbox.uz
Annotatsiya:
Ushbu maqolada zamonaviy pedagoglarning innovatsion faoliyati va uni amal-
ga oshirish jarayoni yoritilgan.
Kalit so‘zlar:
Innovatsion faoliyati, innovatsion texnologiyalar, pedagogik texnologiyalar,
ta’lim texnologiyalar, pedagogik tadqiqot metodlari, muammoni tahlil, novatorlik darajasi,
kommunikativ qobiliyat
Zamonaviy ta’lim texnologiyalari orasida innovatsion ta’lim texnologiyalari muhim o‘rin
tutadi. Lug‘aviy jihatdan “innovatsiya” tushunchasi ingliz tilidan tarjima qilinganda (“innovation”)
yangilik kiritish degan ma’noni anglatadi. Mazmunan esa tushuncha negizida “innovatsiya”
tushunchasi muayyan tizimning ichki tuzilishini o‘zgartirishga qaratilgan faoliyatni ifodalaydi.
Barcha sohalarda bo‘lgani kabi ta’lim tizimida ham innovatsiyalar negizida o‘qitish jarayoniga
nisbatan yangicha yondashuvlarning mohiyati yoritiladi.
Pedagogning innovatsion faoliyati bu ta’lim jarayonidagi har qanday innovatsion o‘zgarishlar,
ta’lim tizimiga yangiliklarning kiritilishi bevosita o‘qituvchi faoliyatini yangilash va o‘zgartirish
orqali amalga oshirilishi. Pedagogning bu boradagi faoliyati “innovatsion faoliyat” deb yuritiladi.
Innovatsion faoliyat – bu yangi ijtimoiy talablarning bilan an’anaviy me’yorlarning mos
kelmasligi yoki yangi shakllanayotgan g‘oyalarning mavjud g‘oyalarni inkor etishi natijasida
vujudga keladigan majmuali muammolarni yechishga qaratilgan faoliyat. Bu kabi faoliyat uzluksiz
ravishda yangiliklar asosida ishlash bo‘lib, u uzoq vaqt davomida shakllanadi va takomillashib
boradi. Innovatsion faoliyatning asosiy belgilari quyidagilardir:
- ijodiy faoliyat falsafasini egallashga intilish;
- pedagogik tadqiqot metodlarini egallash;
- mualliflik konsepsiyalarini yaratish qobiliyati;
- tajriba-sinov ishlarini rejalashtirish va amalga oshira olish;
- o‘zidan boshqa tadqiqotchi-pedagoglar tajribalarini qo‘llay olish;
- hamkasblar bilan hamkorlik;
- fikr almashish va metodik yordam ko‘rsata olishlik;
- ziddiyatlarning oldini olish va bartaraf etish;
- yangiliklarni izlab topish va ularni o‘z sharoitiga moslashtirib borish.
Innovatsion faoliyat – pedagogning ruhiy, aqliy, jismoniy kuchini ma’lum maqsadga yo‘naltirish
asosida nazariy bilim, amaliy ko‘nikma va malakalarni egallash, amaliy faoliyatni nazariy
bilimlar bilan to‘ldirib borish, bilish, loyihalash, kommunikativ nutq va tashkilotchilik mahoratini
rivojlantirishni talab etadi. V.Slasteninning fikriga ko‘ra innovatsion (ijodiy) yondashuv:
- ijodiy faollik;
- faoliyatga yangilik (o‘zgartirish) kiritishga texnologik va metodologik jihatdan tayyorgarlik;
- yangicha fikrlash;
- yuksak muomala madaniyatiga ega bo‘lishni ifodalaydi.
Ta’lim tizimidagi innovatsiyalarni pedagogik jarayonga tatbiq etish to‘rt bosqichda amalga
oshiriladi:
1. Muammoni tahlil asosida aniqlash.
2. Mo‘ljallanayotgan ta’lim tizimini loyihalash.
3. O‘zgarishlar va yangiliklarni rejalashtirish.
4. O‘zgarishlarni amalga oshirish.
Innovatsion faoliyat – ilmiy izlanishlar, ishlanmalar yaratish, tajriba-sinov ishlari olib
borish yoki fan-texnika yutuqlaridan foydalangan holda yangi texnologik jarayon yoki yangi
150
Do'stlaringiz bilan baham: |