Апрель 2021 10-қисм
Тошкент
o‘zida aks ettirgan, omma uchun asarlar davomida sevikli bo‘lib qoladigan o‘lmas qahramonlar
qiyofalari bilan limolimdir. XIV asrda yashab ijod etgan va bu an’anaga murojaat etgan
mualliflardan biri Xoju Kirmoniydir. Xoju Kirmoniy “Humoy va Humoyun”, “Gul-u Navro‘z”,
“Ravzat ul-anvor”, “Kamolnoma”, “Gavharnoma” kabi masnaviylardan iborat beshligini
yaratdi. Keltirilgan masnaviylarning nomidan ham ko‘rinadiki, Xoju Kirmoniy Nizomiy “Panj
ganj”idagi sujet tizimlari va obrazlarini yangilash bilan bir qatorda masnaviylarning joylanish
tartibiga ham o‘zgartirish kiritgan va o‘zining beshligini axloqiy-falsafiy masnaviy bialn emas,
balki ishqiy romantik poema bilan boshlagan. Shuning o‘ziyoq xamsatayn qonuniyatlaridan
chekinishga olib kelgan. Agar bu o‘rinda Xoju zamondoshi Salmon Savajiyning “Jamshed va
Xurshed” nomli masnaviysidagi “Sababi nazmi kitob” bobida keltirilgan quyidagi misralari
esga olinsa, masala ancha oydinlashadi: Nizomiro siyoh shud durri shahvor, Rivoche nest on
simi kuhanro. Mazmuni: Nizomiy durlari qorayib qoldi, Endilikda u eski kumushlar ravnaq
topa olmaydi. Albatta, bu fikrning haqiqatdan uzoqligi o‘z-o‘zidan ravshan. Chunki, Nizomiy
yaratgan durlar o‘lmas badiiy obidalar asrdan-asrga ravshanroq porlab keldi. Dil nigohi dunyo
bag‘rini kesib o‘tgan faylasuflarning faylasufi, mutafakkirlarning murshidi Alisher Navoiyning
kitoblarida, dostonlarida tafakkurni ichdan yaqinlashtirib tasavvufiy falsafasining javhari zot
mavjud. Ulug‘ shoir asarlarida har bir detal, sujet lavhalari timsollar tilida gapiriladi, ya’ni u bir
badiiy maqsadni turli lavhalar orqali bayon qiladi. Navoiy lirikasida ham “Xamsa” dostonlarida
ham yagona bir g‘oya bor: Yaratuvchi Allohning buyuk yagona zot ekanligi. Alisher Navoiy
ijodida dunyo go‘zalligi ilohiy Husn jamolning davomi va moddiy ifodasi sifatida qaraladi.
Shoir uchun olam va odam yagonadir, ruh va jism birgadir. Ilohiy mutlaq vasliga yetishish
yo‘liga kirgan inson o‘zi bilan Alloh o‘rtasidagi masofani qisqartirib borib, barcha to‘siqlarni
yengib o‘tadi, shaxsiy menidan qutiladi, go‘yo Alloh bilan vahdat vujud qiladi. Buni esa qatra
dengizdan nishonaga o‘xshatish mumkin. inson ruhida Alloh sifatlari mujassam. Biroq insonni
moddiylik undan ajratib turadi, qachon inson moddiylikdan poklansa, musaffo shabnamday
bo‘lib o‘zligini anglashi mumkin. Alisher Navoiy “Xamsa” dostonida o‘zlikni anglash uchun
qaratilgan g‘oyalar ko‘pdir. Navoiy dostonda ezgulik, xayr-ehson, odamiylik qoidalarini birma-
bir bayon etib chiqqan. Ular izhorida biror mayda-chuydani ham e’tibordan chetda qoldirmagan.
Kim shoir pand-u o‘gitlariga amal qilsa, u komil, o‘zligini anglagan inson bo‘lib yetishadi. Agar
biz hozirgi kunda istiqlolga erishgan O‘zbekistonda jamiyatni isloh etishning Prezidentimiz Islom
Karimov tomonidan chuqur ilmiy tarzda asoslangan besh mashhur tamoyilning uchinchisiga
nazar tashlasak, unda jamiyat hayotining barcha sohalarida qonunning ustuvorligi, Demokratik
yp’l bilan qabul qilingan Konstitutsiya va Qonunlarni hech istisnisiz hamma hurmat qilishini,
ularga og‘ishmay rioya etish lozimligi kabi fikrlar bildirilgan. Bundan shunday xulosaga kelish
mumkinki, ajdodlarimiz, jumladan Alisher Navoiyning “Xamsa” dostonidagi ijtimoiy hayot,
qonun ustuvorligini ta’minlash haqidagi orzulari istiqlolimiz davrida yangi davr zamon talablari
asosida amalga oshmoqda. “Xamsa” dostoni insonning komillikka erishuvi uchun zarur bo‘lgan
ma’naviyma’rifiy omillar ham keng tarzdaqalamga olingan. Navoiy ana shunday komillikka
yo‘g‘rilgan, yuksak xulqli kishilardan tashkil topgan jamiyat, barkamol jamiyat orzusida edi.
Ana shunday yuksak maqsad va oliy g‘oyalarini u o‘z ijodida aks ettirdi, abadiy barhayotlikka
erishdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |