Ta’limda onglilik, faollik va mustaqillik tamoyilio‘qitishni shunday tashkil etishni nazarda tutadiki, bunda o‘quvchilar ilmiy bilimlarni hamda ularni amalda qo‘llash usullarini ongli va faol egallab olishlari lozim. Bilimlarni ongli ravishda o‘zlashtirish quyidagi omil va shartlarga bog‘liq: o‘quv motivlari, o‘quvchilarning faollik darajasi, o‘quv-tarbiyaviy jarayonning samarali tashkil etilishi, o‘qituvchi tomonidan qo‘llanuvchi ta’lim metodlari va vositalarining samaradorligi va boshqalar. O‘quvchilarning faolliklari reproduktiv va ijodiy xarakterga ega bo‘lishi mumkin. Mazkur tamoyil o‘quvchilarning tashabbuskorliklari va mustaqil faoliyatlarini nazarda tutadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |