Тошкент-2020 umumiy pedagogika (pedagogika nazariyasi)



Download 3,08 Mb.
bet25/396
Sana01.01.2022
Hajmi3,08 Mb.
#294088
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   396
Bog'liq
UMK Ped.nazariya 2020-2021 Ахмедов А (3)

Ijtimoiy tajribao‘quvchilami ijtimoiylashtirishning integral natijaviy tavsifini o‘zida aks ettirib, faoliyatga yo‘naltirilgan va aksiologik yondashuvlarga asoslanishni talab etadi.

Faoliyatga yo‘naltirilgan yondashuv nuqtai nazaridan ijtimoiy tajriba o‘quvchining boshqa kishilar, atrof-muhit bilan o‘zaro harakati natijasida yuzaga keluvchi ma’naviy-axloqiy qadriyatlar va ustanovkalar yig‘indisini o‘zida aks ettiradi. Ana shu sababli shaxsda o‘z-o‘zini tashkillashtirish va o‘z-o‘zini korrektsiyalash madaniyatini shakllantirishga yo‘naltirilgan “o‘z-o‘zini boshqarish tajribasi”ni ijtimoiy tajribaning komponenti sifatida qarash maqsadga muvofiqdir. O‘z-o‘zini boshqarish tajribasini shakllantirishning asosiy ijtimoiy sohalari sifatida individni sub’yekt-sub’yekt munosabatlariga jalb etish; sub’yektda tashabbuskorlikni shakllantirish; hayotiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini tashkillashning universal namunalarini qabul qilish kabilarni kiritish mumkin.

Aksiologik yondashuv nuqtai nazaridan shaxsda ijtimoiy tajribani shakllantirish ikkita o‘zaro aloqador yo‘nalishda amalga oshadi. Birinchidan, inson hayotining mazmuni, shaxslararo munosabatda ma’naviy-axloqiy me’yor va qoidalar sifatida individda qadriyatga yo‘naltirilgan orientatsiyani shakllantirish, ikkinchi tomondan shaxsiy nuqtai nazardan yuqori mavqega ega o‘z-o‘zini boshqarishda aks etuvchi o‘zaro birgalikdagi faoliyat jarayonidagi xatti-harakatlar, ijtimoiy va hayotiy ahamiyat kasb etuvchi xulq-atvor me’yorlarini o‘zlashtirish bilan bog‘liqlikni o‘zida aks ettiradi.

O‘quvchilarni o‘z-o‘zini boshqarishga yo‘naltirish pedagogik hodisa sifatida shaxs salohiyatini rivojlantirish bilan bog‘liq intellektual, emotsional-hissiy va faoliyatga yo‘naltirilgan sohalar uyg‘unligini talab etadi hamda o‘quvchilarning ijodiy qobiliyatlarini yuqori darajada rivojlantirish asosida ijtimoiy faolligini oshirishga xizmat qiladi.

O‘quvchilarning ijtimoiy tajribani o‘zlashtirishi quyidagi bosqichlarda amalga oshirilishi lozim:

ijtimoiy moslashuv: ijtimoiy vaziyatlarda o‘zining rolini aniqlay olish, vaziyatga moslashuvchanlik va safarbarlik;

loyihaviy: ijtimoiy faoliyat jarayonida o‘z-o‘zini anglash, individual xulq-atvor strategiyalarini tanlay olish; interiorizatsiya: ijtimoiy faoliyatning asosiy me’yorlarini qabul qilish va faoliyatda namoyon etish.

Yaxlit pedagogik jarayon va uning tuzilishi. Pedagoglik kasbining paydo bo‘lishiga e’tibor qaratilsa, shu narsa ko‘rinadiki, dastlab uning doirasida differensiallashuv va integratsiyalashuv jarayoni chegaralangan bo‘lsa, keyinchalik ta’lim va tarbiya bir-biriga qarama-qarshi qo‘yila boshladi: o‘qituvchi o‘qitadi, tarbiyachi esa tarbiyalaydi. Lekin XIX asrga kelib, taraqqiyparvar pedagoglarning ishlarida argumentlarni asoslashda ob’yektiv nuqtai nazardan ta’lim va tarbiyaga bir butun, yaxlit hodisa sifatida qarala boshladi. I.F.Gerbartning fikricha, tarbiyasiz ta’limda vosita bor, lekin maqsad yo‘q, ta’limsiz esa maqsad bor, vosita yetishmaydi.

Nemis pedagogi A.Disterveg, ta’limni tarbiyaning bir qismi sifatida qaraydi: “Ta’lim prinsiplari bor ekan, hamisha tarbiya prinsiplari ham bo‘ladi, yoki aksincha”

Pedagogik jarayonning yagonaligi g‘oyasi K.D.Ushinskiy g‘oyalarida chuqur ifodalangan. U pedagogik jarayonni maktab faoliyatining ma’muriy, o‘quv va tarbiya elementlarini bir butun tizim sifatida tushundi. K.D.Ushinskiyning taraqiyparvar g‘oyalari uning izdoshlari: N.F.Bunakov, P.F.Lesgaft, K.BElniskiy, V.PBaxterov va boshqalarning ishlarida o‘z aksini topgan.

Pedagogik jarayon muammosi bilan P.F. Kapterev alohida shug‘ullandi. U pedagogik jarayonlarning ko‘ptomonlama ham ichki, ham tashqi jihatlarini tahlil qiladi va quyidagi xulosalarga keldi: “Ta’lim, o‘qitish, o‘rgatish, tarbiya, pand-nasihat, o‘git va boshqa bir qator so‘zlar turli xususiyat, jihatlar, vosita va vaziyatlarni ifodalaydi, lekin ularning hammasi yaxlit pedagogik jarayondir”.

Pedagogik jarayon - pedagogik fanlarning eng muhim, asosiy tushunchalaridan biri.

Pedagogik jarayon kattalarning pedagogik faoliyati va tarbiyachilarning boshqaruvchilik roli tufayli hayotiy faoliyat natijasida bolaning o‘zini-o‘zi o‘zgartirishining maqsadga yo‘naltirilgan mazmundor, tashkiliy harakatidir.

U haqiqatdan ilmiy asoslangan, rivojlantiruvchi va takomillashib boruvchi tizim sifatida mavjud bo‘ladi hamda tarbiya qonuniyatlari, pedagogning ijodkorligi va ta’lim oluvchilarning yosh bilan bog‘liq o‘ zgarishlari dinamikasiga asoslanadi.

Pedagogik jarayon boshqa barcha ijtimoiy jarayonlar (iqtisodiy, siyosiy, axloqiy, madaniy va boshqalar) bilan chambarchas bog‘langan. Uning mohiyati, mazmuni va yo‘nalganligi ijtimoiy jarayonlarning holati, ishlab chiqarish kuchlari va ishlab chiqarish munosabatlarining real o‘zaro harakatiga bog‘liq bo‘ladi.

O‘quv-tarbiya jarayonining asosiy xususiyati - yaxlitlik, undagi barcha muhim tarkibiy qismlarni saqlab qolish zaruriyati.


Download 3,08 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   21   22   23   24   25   26   27   28   ...   396




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish