Talabalarga tavsiya etiladigan manbalar:
Tarbiya metodlari, pedagogik jarayonda tarbiya metodlaridan foydalanishga oid adabiyotlar.
Keys tahlili
Darhaqiqat, pichoq xavfli sanaladi. SHu sababli ko‘p holatlarda kattalar bolalarga pichoqqa tegishni man qiladilar. Sardorning onasi ham ana shu nuqtai nazardan yondashgan holda pichoqni o‘g‘lining qo‘lidan tortib oldi.
Talabalar uchun ko‘rsatmalar:
Keys mohiyatini yetarlicha anglab oling.
Muammoning samarali yechimini ifodalovchi tarbiya metodlari tizimini aniqlang.
Aniqlangan tarbiya metodlari tizimi orasidan muammoga ko‘proq dahldor bo‘lgan metod (yoki ikkita metod)ni ajrating.
Ajratib olingan metodlar asosida o‘qituvchining voqeaga nisbatan munosabatini asoslashga uring.
Echimni bayon eting.
Do'stlaringiz bilan baham: |