Ko‘rgazmalilik (oshkoralik) tamoyili avvalo barcha ta’lim oluvchilarni aynan bir xil mezonlar bo‘yicha ochiq sinovdan o‘tkazishni anglatadi. Tashxis jarayonida belgilanadigan har bir o‘quvchi reytingi ko‘rgazmali, qiyosiy xarakterga ega. Oshkoralik tamoyili, shuningdek, baholarni e’lon qilish va motivatsiyalashni talab etadi. Baho mo‘ljal (orientir) bo‘lib, ta’lim oluvchilar unga muvofiq o‘zlariga qo‘yiladigan talablar va pedagogning xolisligi haqida fikr yuritadi. Tamoyilni amalga oshirishning zarur sharti tashxislash natijalarini e’lon qilish, ularni manfaatdor shaxslar ishtirokida muhokama va tahlil qilish, nuqsonlarni tugatishning istiqbolli rejalarini tuzish hisoblanadi.
3.O‘quvchilarning o‘quv faoliyatini nazorat qilish turlari, shakl va metodlari. Hozirgi davr pedagogik amaliyotida o‘quvchilar o‘quv faoliyatini nazorat qilishning qo‘yidagi turlaridanfoydalaniladi: joriy nazorat; oraliq nazorat; yakuniy nazorat.
Do'stlaringiz bilan baham: |