Toshkent 2011Yo`l qoidasi – umr foydasi



Download 176,67 Kb.
Sana24.01.2017
Hajmi176,67 Kb.
#1042



Mavzu: Yo`l qoidasi – umr foydasi

Bajardi: Elbekov SH


Toshkent 2011Yo`l qoidasi – umr foydasi

Aziz o`quvchilar! Juda qisqa mudat ichida maktabga etuvchi yo`llar va ko`chlar bir qator o`zgarganligini, transport vositalari qatnovi tig`izlashib, yanada ko`payganligini darrov ilg`ab olasiz. Shaxarda yashovchilardan kimdir tranvay, trolleybus yoki avtobusda o`qishga qanar, kimlardir maktabga uyi yaqinligidan piyoda kelar, qishloqda yashovchilar esa, avtobusda yoki yo`lovchi mashinalarida, velosiped yoki mototsiklda yoki piyoda qatnaydilar. Xulosa, har bir o`quvchining hayotida yangi bir davr boshlanganligi, u ham transport xarakati bilan bog`liq ko`zga tashlanib turadi. Bunda “o`quvchi oldida qanday vazifa turibdi?” Degan savol tug`iladi va bunga beriladigan javob ham aniq: o`quvchi 2001- yilning 1 – martidan qonuniy kuchga kirgan yo`l harakati qoidalarini mukammal bilib olishi va ularni qat`iy amal qilishga odatlanish shart. Yo`l harakati qoidalarini bilish va ularga amal qilish o`zining va boshqalarning hayotini xavfsizligini taminlash demakdir.

biz quyi sinflarda “yo`l harakati qoidalari” dan saboq olayotgan vaqtingizda shaxar, qishloq, tuman yo`llarida harakat, yo`l – transport hodisalarining kelib chiqishi sabablari, yo`lning qatnov qismidagi belgilar, svetafor va tartibga soluvchining ishoralari, yo`llardan o`tish qoidalari va boshqa harakatlanish xavfsizligini ta`minlashga xizmat qiladigan qoidalar bilan tanishgan edingiz.

ma`limki, o`zbekistonda mustaqillik yillarida juda katta ko`lamda iqtisodiy-huquqiy islohotlar amalgam oshirildi. Uning samaralaridan biri o`zavtomobilsozlik sanoatimizning vujudga kelganligidir. Hozir mamlakatimiz hududlarida o`zimizda ishlab chiqarilgan “nexia” , “tiko”, “matiz”, “damas”, “otayo`l”, avtomobillari beto`htov qatnab turibdi. Transport vositalarining yildan yilga ko`payib borayoyganligi xalq ho`jaligi rivojiga barakali hissa qo`shayotir.



left

2007 yil 15-may 


19-sondagi maqolalar:

"Inson va qonun" gazetasi, 2007 yil 15-may, 19-son.

 

Undan foydalanishni unutmang

         O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senatining 2007 yil 29-30 martda bo‘lib o‘tgan to‘qqizinchi yalpi majlisida mamlakatimizning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyatga molik qonunlari ma’qullandi. Joriy yilning 7 aprelida «O‘zbekiston Respublikasi Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 125-moddasiga o‘zgartish kiritish haqida»gi Qonun matbuotda e’lon qilindi va 1 iyuldan e’tiboran kuchga kiradi.

         Mazkur Qonunga muvofiq, haydovchilarning transport vositalarini boshqarish va yo‘lovchilar tashishda xavfsizlik kamaridan foydalanish qoidalariga, shuningdek, mototsikl haydovchilarining motoshlemlardan foydalanish qoidalariga rioya etmaganliklari uchun ma’muriy javobgarlik belgilandi.

         Ta’kidlash joizki, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2000 yil 11 dekabrdagi qarori bilan tasdiqlangan «Yo‘l harakati qoidalari»da haydovchi va yo‘lovchilarning xavfsizlik kamaridan foydalanishi shartligi ko‘zda tutilmagan edi. O‘zbekiston RespublikasiningVazirlar Mahkamasining joriy yilning 6 martdagi «Transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilari xavfsizligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qaroriga binoan, «Yo‘l harakati qoidalari»ga o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilib, 2007 yil 1 iyuldan boshlab konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositalari harakatlanayotganda haydovchilar va yo‘lovchilar tomonidan xavfsizlik kamarlaridan foydalanishning majburiy tartibi joriy etildi.

         «Yo‘l harakati qoidalari»ga asosan, konstruktsiyasida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositasi harakatlanayotganda haydovchi xavfsizlik kamarini taqib olishi va xavfsizlik kamarlarini taqmagan yo‘lovchilarni tashimasligi shart. Shu bilan birga, quyidagilarga xavfsizlik kamari taqmaslikka ruxsat beriladi:

         - qoidalarning 25. 8-bandiga muvofiq, orqa o‘rindiqdagi 12 yoshgacha
bo‘lgan  bolalarga;

         - transport vositasini haydovchilikka o‘qiyotgan o‘quvchi boshqarayotganda boshqarishni o‘rgatayotgan shaxsga;

         - homilador ayollar, salomatligi xavfsizlik kamari taqish imkonini bermaydigan bemor yo‘lovchilarga;

         - orqaga harakatni amalga oshirayotgan haydovchilarga;

         - aholi punktlarida harakatlanishda — yo‘nalish taksilari haydovchilari, taksining orqa o‘rindig‘idagi yo‘lovchilarga;

         - aholi punktlarida: tashqi qismiga tegishli rangli grafik sxemalar chizilgan maxsus transport vositalari haydovchilari va yo‘lovchilariga.

         Mototsiklni boshqarayotganda haydovchi tugmalangan maxsus bosh kiyimi kiyishi va tugmalangan maxsus bosh kiyimi kiymagan yo‘lovchilarni tashimasligi kerak. Ushbu qoidalarga rioya etmaslik, qonunga muvofiq ma’muriy javobgarlikka sabab bo‘ladi.

         Mazkur qonunni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad, fuqarolar hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yo‘l harakati xavfsizligini ta’minlash hamda yo‘l-transport hodisalarida sodir bo‘ladigan og‘ir oqibatlarning oldini olishdir. Raqamlarga e’tibor bersak, mamlakatimizda o‘tgan yili 10853 ta yo‘l-transport hodisalari sodir etilgan bo‘lib, ularda 2128 nafar shaxs hayotdan ko‘z yumgan, 11881 nafar shaxs turli darajada tan jarohati olgan. Bu kabi noxush holatlarning oldini olishda haydovchi va yo‘lovchilarning transport vositalarida o‘rnatilgan xavfsizlik kamarlaridan foydalanishlari muhim omil bo‘ladi.

         Hozirgi kunda «Yo‘l harakati to‘g‘risida»gi 1968 yilgi xalqaro Konventsiyaga a’zo bo‘lgan aksariyat xorijiy davlatlarda ham (Rossiya, Germaniya, Koreya va boshqalar) haydovchi va yo‘lovchilarga xavfsizlik kamarlarini taqmasdan transport vositasida harakatlanish qonun bilan taqiqlab qo‘yilgan. Xorijiy davlatlarda o‘tkazilgan tadqiqotlarning natijalariga ko‘ra, haydovchi va yo‘lovchilarning harakat davomida xavfsizlik  kamarlaridan  foydalanishlari og‘ir tan jarohati olishni 62-65 foizga kamaytirar ekan. Shu bilan birga, bu tartib haydovchilarning ruhiy-jismoniy holatiga ijobiy ta’sir etib, transport vositasini hushyor boshqarishga, yo‘l-transport hodisalarining 12-14 foizga kamayishiga xizmat qilarkan. Misol uchun, Kanadada 1989 yildan 2003 yilga qadar bo‘lgan vaqtda xavfsizlik kamaridan foydalangani tufayli 6 ming nafardan ortiq fuqaroning hayoti, 120 ming kishining salomatligi saqlab qolingan. Yaponiyada har 100 ta yo‘l-transport hodisasidan 75 tasida fuqarolar xavfsizlik kamarini taqqanligi bois omon qolgan. Bu raqam AQShda har yuz hodisadan  77 tasini tashkil etadi. O‘tkazilgan tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, soatiga 50 kilometr tezlikda harakatlanayotgan avtomobil harakatsiz to‘siqqa urilganda, 80 kilogramm vaznli shaxs organizmi 2 tonnaga teng bo‘lgan zarbaga uchraydi. Bu holatda yosh bola yarim tonnaga teng zarbga duch keladi. Orqa o‘rindiqda o‘tirgan va xavfsizlik kamarini taqmagan yo‘lovchilar sog‘lig‘i ham to‘qnashuvda katta xavf ostida qoladi. To‘qnashuv oqibatida ularning boshlari og‘ir jarohat olishi mumkin.

         Xulosa qilib aytganda, mazkur qonunning amalda samarali tatbiq etilishi mamlakatimizda yo‘l-transport hodisalarining kamayishiga va haydovchi hamda yo‘lovchilarning hayoti va sog‘lig‘i xavfsizligini ta’minlashga xizmat qiladi.

 Rahimjon HAKIMOV,

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Amaldagi qonun hujjatlari monitoringi institutining yetakchi ilmiy xodimi

O‘ZBEKISTON AVTOMOBIL VA DARYO TRANSPORTI AGENTLIGINING ASOSIY VAZIFALARI:

 avtomobil va daryo transportida tashuvlarni tashkillashtirish va takomillashtirish bo‘yicha me`yoriy-huquqiy bazaning shakllanishini ta`minlash;

iqtisod tarmoqlari va aholining tashuvlarga bo‘lgan talabini inobatga olgan holda avtomobil va daryo transportini rivojlantirish dasturini ishlab chiqish va joriy etish, jamoat avtomobil va daryo transporti faoliyatini muvofiqlashtirish;

avtomobil va daryo transporti xizmati bozorida bozor munosabatlari va raqobat muhitining rivojlanishi uchun qulay shart-sharoit yaratish;

avtomobil va daryo transporti sohasida yagona texnik siyosat yuritish;

avtomobil va daryo transportida yo‘lovchi va yuklarni tashishni litsenziyalashni tashkillashtirish, lisenziatlar tomonidan litsenziya talab va shartlarining bajarilishini nazorat qilish;

avtomobil va daryo transporti sohasi kadrlarini o‘qitishni va ularning malakasini oshirishni tashkillashtirish;

maxsus avtomobil transporti bo‘linmalarining safarbarlik paytida va favqulodda vaziyatlardagi faoliyatini muvofiqlashtirish bo‘yicha davlat hukumati organlari va joylardagi boshqarmalar, O‘zbekiston Respublikasining Mudofaa vazirligi hamda Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan hamkorlik qilish.


Yo‘l harakati xavfsizligi - nazoratda


O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining shu yil 29 maydagi farmoyishiga muvofiq o‘tkazilayotgan “Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi” asosan transport qatnovidagi tartibsizliklarning oldini olish va yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlashga qaratilgan.
Bu borada Qashqadaryo viloyatida muayyan ishlar amalga oshirilmoqda.
- Oylikda targ‘ibot-tashviqot ishlariga yanada ko‘proq e’tibor qaratyapmiz, - deydi viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasining boshlig‘i Halim Jo‘rayev. - Tadbirni ko‘ngildagidek o‘tkazish maqsadida avtokorxonalarning harakat xavfsizligi bo‘yicha muhandislari, mahalla posbonlari, tibbiyot xodimlari va ommaviy axborot vositalari vakillaridan iborat 22 ta maxsus guruh ishtirokida qisqa vaqt ichida 200 dan ortiq tekshirish o‘tkazildi. Bundan tashqari viloyat ichki ishlar boshqarmasi, “O‘zavtodaryotrans” viloyat bo‘limi, davlat soliq boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda qo‘shma reydlar tashkil etildi. Ularda asosiy e’tibor yo‘lovchilarga hususiy avtotransportda xizmat ko‘rsatish uchun olinishi shart bo‘lgan litsenziya talablari va shartlarining bajarilishiga, tenderda yutib olingan yo‘nalishlarda noqonuniy yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan transport vositalari egalarini aniqlash va ularga tegishli tartibda chora ko‘rishga qaratildi.
O‘tkazilgan reydlar natijasida aniqlangan 468 qoidabuzarlik holati tegishli ruxsatnomasiz yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanayotgan hamda yo‘l varaqasisiz yo‘nalishlarga chiqqan haydovchilar tomonidan sodir etilgan.
Noxush hodisalarining ko‘pchiligiga transport vositasini boshqarish huquqini beruvchi hujjatni endigina qo‘liga olgan yoshlarning haydovchilik borasidagi bilimining pastligi sabab bo‘lmoqda. Shuni nazarda tutib, haydovchilar tayyorlashga ixtisoslashgan o‘quv kurslarida yo‘l harakati qoidalari mashg‘ulotlarining to‘liq o‘tilishi va sifati nazorat qilib borilmoqda.
Tadbir davomida 828 kilometr masofadagi avtomobil yo‘li ko‘rikdan o‘tkazildi. Talabga javob bermaydigan, notekisligi bois avariya yuz berishi mumkin bo‘lgan yo‘llar, yer osti o‘tish joylari, piyodalar yo‘lakchalari chiziqlari va svetoforlar holati tekshirilib, mavjud kamchiliklar yuzasidan tegishli tashkilotlarga taqdimnomalar kiritildi. Avtomobil yo‘llari chetlariga yuzga yaqin yo‘l belgilari o‘rnatilib, piyodalar yo‘lakchalari ta’mirlandi.
Bularning barchasi “Yo‘l harakati xavfsizligi oyligi”ning yuksak samara bilan yakunlanishida muhim omil bo‘lmoqda.

«Safaringiz bexatar bo‘lsin»



yoki yo‘l harakati xavfsizligiga oid turli qoidabuzarlik holatlari, ularning sabab va oqibatlari xususida

 Yaqinda Sirdaryo tumani hududidan o‘tgan 20 metr kenglikdagi yo‘lda yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Toshkentdan kelayotgan «Neksiya» rusumli avtomashina yo‘l o‘rtasidagi beton to‘siqqa urilgan. Haydovchi o‘limi bilan tugagan ushbu hodisa tekshirilganda ruldagi fuqaroning toliqib uxlab qolganligi oqibatida shunday baxtsizlik kelib chiqqanligi aniqlandi. Yo‘lsozlarga esa tergov jarayonida yo‘l o‘rtasiga temir-beton to‘siqlar o‘rnatilayotganligi to‘g‘risida ogohlantiruvchi belgi qo‘ymagan, degan ayb qo‘yildi.

Darhaqiqat, yo‘l transport hodisalari sodir bo‘lishining sabablari ko‘p. Bunday hollar yo‘l va yo‘l belgilarining talabga javob bermasligi, avtotransport vositalaridagi nosozliklar, haydovchilar shoshqaloqligi yoki yo‘lovchilar aybi bilan ro‘y berishi mumkin.

Ota-bola qo‘shni tumandagi qarindoshinikiga to‘yga otlanadi. Avtoshohbekat yaqinida kirakash «Tiko» haydovchisi ularni manzillariga yetkazishini aytadi. Savdo pishdi. Jo‘naldi. Tezlik soatiga 120-130 kilometr. Bir zum o‘tmay yo‘lda qoramollar ko‘rinadi. Haydovchi tajribasiz emasmi, tormoz o‘rniga gazni bosib yuboradi, mashina molga uriladi. To‘yga borayotgan ota va bola shu yerdayoq hayot bilan vidolashadi. To‘y bir zumda aza bilan almashadi. Haydovchi malakasizligi va mol egasining e’tiborsizligi bir oilaga juda qimmatga tushdi.

Sirdaryo viloyati hududida yo‘l harakati xavfsizligi xizmatchilari tomonidan o‘tgan yetti oyda 102 ming 49 ta turli ko‘rinishdagi qoidabuzarliklar aniqlangan. Bu, o‘tgan yil shu davriga nisbatan 12946 taga ko‘pdir. Ularning xavfli ko‘rinishdagilari 10 ming 87 taga oshgan. Shu jumladan, piyodalar tomonidan yo‘l harakati qoidalari 14325 marta buzilgan. 93 ta jiddiy yo‘l-transport hodisalari ro‘yxatga olinib, shundan 16 tasida fuqarolarning halok bo‘lish hollari qayd etilgan.

Xo‘sh, bunday noxush ko‘rsatkichlarning oshishiga nima sabab bo‘lmoqda va ularni kamaytirish uchun qanday choralar ko‘rilyapti?

Akbar Akramov — viloyat ichki ishlar boshqarmasi yo‘l harakati xavfsizligi xizmati katta inspektori:

— Harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘l-transport hodisalarining oldini olish uchun birinchi navbatda harakat qatnashchilari o‘rtasida transport qatnovi va harakat intizomini mustahkamlash, transport korxonalari, tashkilotlar va xo‘jaliklar rahbarlari hamda mahalla qo‘mitalari mas’uliyatini oshirishga zarurat sezayapmiz. Shu bilan bir qatorda yo‘l harakati xavfsizligi bo‘linmalari, avtomobil yo‘llarini qurish va ularni ta’mirlashga aloqador korxonalar tomonidan joylardagi mavjud vaziyatlarni tezkor aniqlashni tashkil qilmoqdamiz. O‘quv muassasalarida yo‘l harakati qoidalariga rioya etish haqida ishlar olib borilayapti. To‘g‘ri, bular kamlik qiladi. Lekin bunday keng ko‘lamli ishlarda hamma birday ishtirok qilsagina kutilgan natijalarga erishish mumkinligini esdan chiqarmagan ma’qul.

Ummat Toshmurodov — «Sirdaryoavtoyo‘l» yo‘l qurilish hududiy sho‘’ba korxonasi bosh muhandisi:

— Korxonamiz hisobida hammasi bo‘lib 1450 kilometr uzunlikdagi avtomobil yo‘llari bor. Shundan 225 kilometri xalqaro ahamiyatga, 649 kilometri respublika ahamiyatiga, 566 kilometri mahalliy ahamiyatga ega yo‘llardir. 11 ta tuman yo‘llardan foydalanish korxonalarida jami 1100 nafar ishchi-xizmatchi ana shu yo‘llarda qatnov xavfsizligini ta’minlash, zarur uchastkalarda yo‘llarni ta’mirlash, temir-beton to‘siqlari o‘rnatish, yo‘l belgilari qo‘yish ishlarini amalga oshirayapti. Masalan, o‘tgan yetti oyda 257 dona har xil yo‘l belgilari va 12 dona axborot ko‘rsatish e’lonlari o‘rnatildi. Yo‘llardagi 1717 ta yo‘l belgilari ko‘p vaqt davomida foydalanilgani va boshqa sabablarga ko‘ra yaroqsiz holga kelib qolgan ekan. Ular yangilari bilan almashtirildi. Yo‘lning burilish joylarida xavfsizlikni ta’minlash maqsadida 1199 dona yo‘naltiruvchi ustunchalar va 23,5 kilometr masofaga birinchi toifali to‘siqlar o‘rnatildi.

Yo‘lovchilar bilan suhbatlashganimizda ularning aksariyati qoidabuzarlik ko‘payishiga kirakash mashina haydovchilar nazorat qilinmayotganligini sabab qilib ko‘rsatishadi.

Shodiqul Bo‘riyev, yo‘lovchi:

— Hozir nima ko‘p, taksi ko‘p, kirakash mashina ko‘p. Puling bo‘lsa kechasi ham yo‘lda qolmaysan. Bu — yaxshi. Ammo ana shu kirakash avtomashinalarning hammasi ham ishonchlimi? Haydovchilar-chi? Patent mashinaga o‘tirgan yo‘lovchi ko‘zlagan manziliga sog‘-omon yetib olishiga umid qilsa bo‘ladimi? Shuning kafolati bormi? Bunday kafillikni kim, qaysi tashkilot gardaniga oladi? Shunday kirakash haydovchilar ham borki, haydovchilik guvohnomasining borligiga, uni «o‘qib» olganligiga shubhalanasan kishi. Haydovchilik guvohnomasini tanish-bilishchilik bilan olinishiga mutlaqo chek qo‘yilgan deb kim kafolat bera oladi. Axir uyida o‘tirib «o‘qigan» haydovchiga yoki tajribasiz haydovchiga yo‘lovchi taqdirini ishonib bo‘ladimi?

Yana bir fikr. «O‘zavtodaryotransport» agentligining viloyatdagi bo‘linmalari, shahar va tuman davlat soliq inspeksiyalari yo‘lovchi tashish bilan shug‘ullanuvchi yengil avtomobillarga tegishli tartibda ruxsatnoma (litsenziya) berish, ruxsatnomasiz avtomobillarning bu boradagi faoliyatlarini tartibga solish masalalari bilan shug‘ullanadi. Afsuski, viloyat hududidagi qaysi yo‘nalish bo‘yicha qatnayotgan yengil mashinalarni olib qaramang, loaqal yarmisining ham haydovchisi shunday huquqni beruvchi hujjatlarini ko‘rsatolmaydi. Sababi — olishmagan. Tegishli tartibda patent to‘lab, ruxsatnoma (litsenziya) olish o‘rniga qochib-pusub yoki kimlar bilandir «eng ichida til topishib» yo‘lovchi tashiyotganlarning mushugini hech kim «pisht» demaydi. Nega?

Bu gaplarning nechog‘li haqiqatga mosligini bilish uchun Guliston shahridagi aholi orasida «cho‘ntak» deb nomlangan joyga kelsangiz, kifoya. Bu yerda tunu kun bu yog‘i Toshkent, u yog‘i Yangiyer — Jizzax, Urganch — Nukus, Qarshi — Termiz yo‘nalishlari bo‘yicha harakatlanuvchi avtobus, yengil mashinalar shundoqqina serqatnov yo‘lning ikki chetida saf tortib turgan bo‘ladi. Bu maskanda birov bilan birovning dardi yo‘q. Xuddi bozorning o‘zi. Baqirig‘u chaqiriqlar bir zum ham tinmaydi. Sotuvchi ham, oluvchi ham, yo‘lovchiyu haydovchilar ham shu yerda. Katta ko‘chadan turfa xil mashinalar har ikki tomonga muntazam o‘tib turibdi. Harakat xavfsizligi, yo‘lovchi tashish tartiblari bilan hech kimning bir pullik ishi yo‘q.

To‘g‘risi, bunday holatni boshqa shaharlarda, hatto tumanlar markazlarida ham ko‘rish mumkin. Tabiiy savol tug‘iladi: nima, bunday joylarni shahar hokimligidagi mutasaddilar, harakat xavfsizligi boshqarmasidagilar bilishmasmikin? Bilishadi, ammo negadir indashmaydi, indashsa-da nomiga indashadi. Aks holda tartib-intizom o‘rnatilgan bo‘lardi.

Guliston shahar davlat soliq inspeksiyasi boshlig‘i  o‘rinbosari Bozorboy Jo‘rayevning ma’lumot berishicha, o‘tgan yetti oyda patent to‘lamasdan, bu ishdan bo‘yin tovlab yurgan «uchar» 31 nafar haydovchi tegishli tartibda jarimaga tortilgan. Lekin, nazarimizda ko‘rilgan bu choralarning ta’siri sezilmayotganga o‘xshaydi. Negaki, «cho‘ntak»dagi tartibsizliklar hamon «gullab-yashnamoqda».

Bizning fikrimizcha, joylarda bevosita kirakash avtomashinalar bilan ishlaydigan, ularning faoliyatini tartibga soladigan, marshrutlarini belgilaydigan, navbatga qo‘yadigan, yo‘l haqlarini nazorat qiladigan ishchi guruhlarini tashkil qiladigan vaqt kelmadimikin? Bunday guruhlar shahar va tuman hokimliklari qoshida faoliyat yuritsa maqsadga muvofiq bo‘larmidi? Yo‘lovchi tashish uchun tegishli tartibda ruxsatnoma (litsenziya) berish, haydovchilarning kasbiy malakalarini vaqti-vaqti bilan sinovdan o‘tkazib turish, yo‘nalishlar bo‘yicha tender tanlovlari o‘tkazish ham shu guruh zimmasiga yuklangani ma’qulmi deymiz. Shunda harakat xavfsizligini ta’minlash, yo‘lovchilarga kafolatli xizmat ko‘rsatishni tashkillashtirishga imkon yaratilar, balki.

Ba’zan ravon, ba’zan notekis yo‘llardan birimiz yo‘lovchi, birimiz haydovchi bo‘lib uzoq-yaqin safarlarga chiqamiz. Rejalarimizni amalga oshirishga, do‘stu birodarlarimiz bilan diydorlashishga oshiqamiz. Rejalarimiz amalga oshishi, diydorlashuv qiyomatga qolmasligi, yo‘limiz bexatar bo‘lishi uchun, avvalo, yo‘l tekis, ravon va keng, yo‘l belgilari o‘rnatilgan bo‘lishi shart. So‘ngra uyda bizni oilamiz, farzandlarimiz, yaqinlarimiz kutayotganligini o‘ylab, shoshilib emas, diqqat va e’tibor bilan mashinani boshqarishimizda ham hikmat katta. Kirakash mashinalar nazorat qilinib, harakatlanish xavfsizligi kafolati ta’minlansa ko‘p baxtsizliklar, fojialar oldi olinardi. Yo‘l harakati xavfsizligi qoidalariga nechog‘li rioya qilinsa, tartibli, intizomli mas’uliyatli bo‘lsak, yo‘limiz hamisha ochiq va bexatar bo‘ladi.
HAYDOVCHILAR VA YO'LOVCHILAR XAVFSIZLIGI YO'LIDA

Texnika mo'`jizalari inson va uning manfaatlariga xizmat qilish uchun yaratilgan. Bordi-yu, undan foydalanishda uquvsizlikka yo'l qo'yilsa, texnika qulaylik emas, balki inson hayotiga tahdid soluvchi vositaga aylanib qolishi mumkin. Bugungi kunda yo'l harakati xavfsizligini ta`minlash umumjahon muammolaridan biridir.

Xususan, Birlashgan millatlar tashkiloti Bosh assambleyasi joriy yilning aprel oyida "Birinchi butun jahon yo'l harakati xavfsizligi haftaligi"ni o'tkazgani ham bejiz emas. Bunda yo'llarda sodir bo'layotgan turli baxtsiz xodisalarning oldini olish, transport vositalari ishtirokidagi avariyalar kamayishiga erishish choralarini ko'rish, baxtsiz xodisalarga olib keluvchi sabablarga barham berish - asosiy vazifa hisoblanadi.avto

Butunjahon sog'liqni saqlash tashkiloti ma`lumotiga ko'ra, har yili dunyoda faqat yo'l-transport hodisalarida 1,2 million kishi halok bo'ladi, 50 milliondan ortiq kishilar esa turli darajadagi tan jarohatlari oladilar. Avariyalar oqibatida ko'rilayotgan zarar 518 milliard AQSh dollaridan oshib ketmoqda.

Rivojlangan mamlakatlar tajribasidan ma`lumki, yo'l-transport hodisalari sonini keskin qisqartirishga erishish imkoniyati mavjud. Avvalo, baxtsiz xodisalarni keltirib chigan holda boshqarish, belgilangan tezlik talablariga bo'ysunmaslik, chorrahadan o'tish qoidalarini buzish va boshqa holatlarni aytish mumkin.

Mamlakatimizda harakat xavfsizligini ta`minlash borasida qator yirik tadbirlar amalga oshirilmoqda. Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qaroriga binoan mamlakatimiz hududida 15 iyundan 15 iyulgacha "Harakat xavfsizligi oyligi" o'tkazilmoqda. Shuningdek, "Yo'l harakati qoidalari"ga jahon transportlari talablari asosida tegishli o'zgartishlar kiritilib, yangi qonun-qoidalar ishlab chiqildi. Jumladan unga transport vositasini boshqarish vaqtida uyali telefondan foydalanishni taqiqlash, xavfsizlik kamarlaridan foydalanishni yo'lga qo'yish kiradi.

- So'nggi paytlarda sodir bo'layotgan yo'l-transport hodisalarining ma`lum bir qismi transport vositasini boshqarib ketayotgan paytda telefonda gaplashish oqibatida sodir etilayotgan edi, - deydi Ichki ishlar vazirligi Yo'l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi katta inspektori Mansur Rixsiyev. - Bu esa respublikamiz qonunchiligida yangi huquqiy hujjatning qabul qilinishiga olib keldi. Vazirlar Mahkamasining 2006 yil 21 noyabrda "Yo'l harakati xavfsizligini ta`minlashga doir qo'shimcha chora-tadbirlar to'g'risida"gi qaroriga binoan O'zbekiston Respublikasining "Ma`muriy javobgarlik to'g'risida"gi Kodeksiga qo'shimchalar kiritish haqidagi O'zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilindi. Va shu yilning 1 yanvaridan boshlab haydovchilarning transport vositasini boshqarish chog'ida uyali telefondan foydalanishi taqiqlandi.

Fuqarolarimiz  hayoti va salomatligini muhofaza qilish, yo'l harakati xavfsizligini ta`minlash, yo'l-transport hodisalarining og'ir oqibatlarini bartaraf etish maqsadida 2007 yil 6 martda qabul qilingan "Transport vositalari haydovchilari va yo'lovchilari xavfsizligini ta`minlash chora-tadbirlari to'g'risida"gi Vazirlar Mahkamasining qaroriga ko'ra 2007 yil 1 iyulidan boshlab me`yoriy nizomlarida xavfsizlik kamarlari nazarda tutilgan transport vositalari harakatlanib borayotganda haydovchilar va yo'lovchilar tomonidan xavfsizlik kamarlaridan foydalanish majburiydir.

Davlatimiz tomonidan bu kabi qonunlarning qabul qilinishi turli ko'ngilsiz yo'l-transport hodisalarining oldini olish va ularni kamaytirish yo'lida qilinayotgan amaliy sa`y-harakatlardir. Shunday ekan, bu boradagi ezgu ishlarga har birimiz o'z hissamizni qo'shishga intilsak - muvaffaqiyatga erishamiz. Avtotransport va zamonaviy aloqa vositalari bizning og'irimizni yengil, uzog'imizni yaqin qilish uchun yaratilgan, e`tiborsizligimiz tufayli ular hayotimizga xavf soluvchi vositalarga aylanib qolmasin. Eng muhimi shu. 

Bolalar xavfsizligi uchun mas`ulmiz


Yangi o`quv yili boshlanishi bilan ko`chalar va jamoat transporti bolalar bilan gavjumlashdi. Bunday sharoitda ularning xavfsizligini ta`minlash, ayniqsa yo`llarda bolalarni asrash masalasi yanada dolzarb ahamiyat kasb etadi. Toshkent shahar yo`l harakati bosh boshqarmasi bu boradagi ishlarni to`g`ri yo`lga qo`yish maqsadida har yilgidek "Diqqat, bolalar!" tadbirini o`tkazmoqda.
12 sentyabrga qadar davom etadigan mazkur tadbir doirasida yo`llarda harakatlanish xavfsizligini ta`minlash, bolalar ishtirokidagi yo`l-transport hodisalarining oldini olish, jamoat tartibini saqlashga qaratilgan targ`ibot-tashviqot ishlari o`tkazilayotir. Bu borada boshqarma tomonidan tayyorlanib, kitobcha holida chop etilgan "quvchining yo`l harakatida shaxsiy xavfsizligi qoidalari", "Maktabgacha tarbiya yoshidagi bolalarning yo`l harakati qoidalari", "Yo`l belgilari" qo`llanmalarining ahamiyati beqiyosdir. Chunki ularda bolalar bilishi zarur qonun-qoidalar rasmlar va sodda tilda o`z ifodasini topgan. Tadbir doirasida ko`chalarga, ayniqsa maktab va bolalar bog`chalariga yo`l harakati qoidalari aks etgan turli plakatlar va reklama materiallari qo`yilyapti

So‘nggi yangilash



QO‘LBOLA BALLONNING “FOYDA”SI

Surxondaryo viloyatining Sherobod tumanidagi V.Qodirov nomli fermerlar uyushmasidagi “Seplon” mahallasi hududida joylashgan “Kurash invest” unitar korxonasiga qarashli avtomobillarga gaz quyish shaxobchasida 19 G 4902 davlat belgili “Tiko” avtomobili portlab ketishi natijasida haydovchi Hamro Boymanov og‘ir tan jarohati olib, voqea joyida vafot etgan.

TAKSIGA O‘TIRISHDAN QO‘RQAMAN...

Yo‘l-yo‘lakay mashinamning ortidan yap-yangi, hali davlat raqami ham olinmagan bir “Neksiya” dum bo‘lib olganini sezib qoldim. Na o‘tib ketadi, na oradagi masofani saqlaydi. Xavotir bilan orqani ko‘rsatuvchi oynadan mashina ichidagilarni kuzatdim. Mashinada 20-22 yoshlardagi yigitlar oshkora pivoxo‘rlik qilib ketishayapti. Aftidan yangi mashinani “yuvib” kelishayotgan edi.

BЕKAT NOQONUNIY EKAN

Termiz shahridagi avtoshohbekat yonida “Termiz — Sherobod” yo‘nalishi bo‘yicha qatnayotgan mittiavtobuslar uchun boshqa bir noqonuniy bekatcha paydo bo‘lganligi, o‘zini shu bekatning xo‘jayini deb atayotgan Bahrom Sheraliev esa haydovchilardan kuniga 500 so‘mdan pul yig‘ib olayotganligi to‘g‘risida shikoyat tushgandi...

YO‘LMI YO KO‘L?

Poytaxtning Hamza tumanidagi Muxtor Ashrafiy ko‘chasini bilasizmi? Ana shu ko‘chadan avtomashinada Qo‘yliq bozoriga yo aeroportga chiqib ko‘rganmisiz? Yo‘lning katta ko‘prik ostidan tramvay izini kesib o‘tgan qismi buzilib ketgan. Ayrim chuqurchalarga tushgan mashina g‘ildiraksiz qolishi aniq...

ORZU QILSA ARZIYDIGAN KAYFIYAT

ammo biz uni qaerdan izlashimiz kerak?

Ko‘pchilik yig‘iladigan maskanmi, maphamat qilib, birinchi navbatda o‘sha ko‘pchilikning emin-erkin kelib-ketishiga sharoit yaratilishi kerak-da! Mashinasini qo‘yarga joy topolmay asabiylashgan odam teatrga keladimi? Kinoga tushadimi? Madaniy hordiq chiqarish niyatida istirohat bog‘iga boradimi? Ish joyiga bemalol, yaxshi kayfiyatda qatnaydimi?..

“O‘zBelDizel”da birinchi dvigatellar

“O‘zBelDizel” O‘zbekiston-Belorussiya qo‘shma korxonasi dizel dvigatellari ishlab chiqarishga kirishdi. 300 ta dvigateldan iborat dastlabki partiya Rossiya va Belorussiyadan keltirilgan qismlar asosida yig‘iladigan bo‘lsa, 2007 yilda bir qator asosiy qismlar, xususan, dvigatel korpusi va tirsakli val ishlab chiqarishni o‘zimizda tashkil etish rejalashtirilgan.

Haydovchilar manfaati himoyalanganmi?

Yirik-yirik avtokorxonalarning bozor iqtisodiga o‘tish davrida qiynalib qolgani bugun sohadan ozgina xabari bor odam uchun sir emas. Buning sababi esa bu korxonalarning uzoq yillar davomida asosan davlatga qarashli bo‘lib kelganligi va bu yerda boqimandalik kayfiyati, yuqoridan topshiriq kutish muhiti saqlanib qolganligidadir.

“Sotka”sevarlarga qiyin bo‘ldi!

2007 yil 1 yanvardan boshlab haydovchilarning transport vositasini boshqarish chog‘ida telefondan foydalanishi taqiqlansin”.d:\musiqa\o‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,.files\shofer.jpg
“Tiko”ni “gum” qilishgandi...

Toshkent markaziy xiyobonidagi “Ardus” kafesi yonidagi avtomat o‘yinlar klubidan chiqayotgan Leyla cho‘ntagida mashinasining kaliti yo‘qligini bilib, ikkilanib qoldi. “Ehtimol kalitni mashinada qoldirgandirman...”

Bemavrid uxlagan haydovchi

Chorsu bekatida to‘xtagan trolleybus yo‘lovchilarni olib bo‘lgach hech qancha yurmay yana joyida to‘xtab qoldi. Kun issiq, hamma zo‘rg‘a nafas olib, tezroq manziliga yetib olish uchun shoshilyapti. Trolleybus esa joyidan jilmay, negadir faqat signal chalar edi.

Ikkinchi qoidabuzarlik — jinoyat

Angren shahar soliq xizmati xodimlari o‘tkazgan navbatdagi qisqa muddatli tekshirishda X. Salox ko‘chasi, 22-uyda yashovchi Sh. Kukanovning o‘ziga tegishli bo‘lgan “Matiz” rusumli avtomashinasida hech qanday hujjatlarsiz aholiga pullik transport xizmati ko‘rsatish bilan shug‘ullanayotganligi ma`lum bo‘ldi.

Malakaviy talab kuchga kirdi

Yo‘lovchilar va yuklarni avtomobil transportida tashish bilan shug‘ullanayotgan yuridik shaxslarning xodimlari va yakka tartibdagi tadbirkorlarga qo‘yiladigan malakaviy talablar to‘g‘risidagi Nizomni tasdiqlash to‘g‘risida...d:\musiqa\o‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,.files\marshrutka4.jpg
Bekatdagi noxushlik va undan keyingi o‘ylar

Poytaxtimizning deyarli qoq markazida joylashgan O‘rda bekatidagi axlat uyumiga sizning ham ko‘zingiz tushgandir-a? Albatta tushadi-da, axir hamma ko‘rsin deb tog‘dek keladigan qilib uyub qo‘yibmiz-ku. Kim uyub qo‘yibdi, deysizmi? Biz-da, kim bo‘lardi boshqa.
Vodiyga qachon avtobus qatnaydi?

 Joriy yilning 19 iyulida “Hurriyat” gazetasida “Vodiyga avtobus qo‘yish vaqti keldi” nomli maqola chop etilgan va Qamchiq dovoni orqali o‘tadigan yo‘lning bugun talab darajasida ekanligi, bu esa poytaxtdan vodiyga avtobus qatnovini yo‘lga qo‘yish fursati yetishgani haqidagi mulohazalar o‘rtaga tashlangan edi.



AYOQShning yozilmagan qoidasi

Turli rusumdagi transport vocitalari sonining oshib borishi avtomobillarga yonilg‘i quyish shaxobchalari (AYOQSh)ning “pichog‘ini moy ycti”ga qo‘ydi-da...

«DAMAS»DAN «LASETTI»GACHA!

(Mahalliy va MDH mamlakatlari avtomobil bozoriga kirib kelganligining 10 yilligini nishonlayotgan “O‘zDEUavto” tarixiga ortiqcha maqtovlarsiz xolis bir nazar)



d:\musiqa\o‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,.files\lacetti01.jpg


RANGLI METALL O‘ZIMIZGA KERAK!

Joriy yilning birinchi choragida qora va rangli metall chiqindilarini mamlakatdan tashqariga noqonuniy chiqarib ketishga urinish hollari bilan bog‘liq yuzga yaqin qonunbuzarlik holatlari aniqlangan va ashyoviy dalil sifatida 74 tonna qora va rangli metall mahsulotlari qo‘lga olingan, deyiladi “EKO” xabarida. Natijada ular yuzasidan 24 ta jinoiy ish ochilib, 29 kishi jinoiy javobgarlikka tortilgan.

AVTOBUSDAN ARAZLASHDI...

Jo‘ra bobo shoshib avtobusga chiqdi-yu, bo‘sh o‘rindiqqa tappa o‘zini tashladi. Haytovur, ulgurdim-a, deya ko‘nglidan o‘tkazdi u. Sal o‘pkasini bosib olgach esa ulov ichiga zimdan nazar soldi: turli yoshdagi, turfa ko‘rinishu turfa felli odamlar. Birgina ulov bahona bir-biriga yetti yot begona bo‘lgan shuncha odamni bir joyga to‘plab qo‘ygan taqdirning ishiga ichida qoyil qoldi...

YOZIB QO‘YILMASA JOY BERISHMAYAPTI!

Bizning yoshlik paytlarimizda avtobuslar qing‘ir-qiyshiq bo‘lsa ham ularning salonida “Keksalar va yosh bolalilar joyi”, “Keksalar va yosh bolalilarga joy bering” degan mazmundagi yozuvlar bo‘lardi. Shu bois o‘rindiqqa o‘tirib qolgan bo‘lsak ham ushbu yozuvga har ko‘zimiz tushganda bironta yoshi keksa odam tik turib qolmadimi, deb atrofga olazarak qarab qo‘yardik.d:\musiqa\o‘zbekiston avtomobil va daryo transporti agentligi,.files\yulovchi.jpg

NAVOIYDA «SAYYOR MUSIQA MARKAZLARI»

yoki noqonuniy kirakashlarning kirdikorlari haqida

Keyingi paytda jamoat transporti xizmati xavfsizligini ta`minlash va undan foydalanish sifatini yaxshilash bo‘yicha hukumatimiz va Avtomobil va daryo transporti agentligi tomonidan qator qonunlar va me`yoriy hujjatlar qabul qilinayotgan bo‘lishiga qaramasdan ba`zi viloyatlarda, xususan, Navoiy shahrida bu borada hol hamon og‘irligicha qolayotir.
Download 176,67 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish