Ion almashinish. Elektrolit eritmalari tarkibidagi ionlarni qattiq fazada tanlab yutilish orqali ajratib olinishi ion almashinish deb ataladi. Bunday jarayon paytida ajratilishi lozim bo’lgan modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi. Ion almashinish jarayoni adsorbsiyaning bir turi hisoblanadi. eritma tarkibidagi ajratib olinishi lozim bo’lgan moddaning konsentratsiyasi juda past bo’lgan holatda ion almashinishjarayoni qo’llaniladi.
Quritish.Qattiq materiallar tarkibidagi namlikni asosan bug`latish yo’li bilan ajratib chiqarish quritish deyiladi. Bu jarayon issiqlik va namlik tashuvchi agentlar (isitilgan havo, tutunli gaz) yordamida olib boriladi. Quritish jarayonida namlik qattiq fazadan gaz (yoki bug`) fazaga o’tadi. Texnikada quritish jarayoni qayta ishlanayotgan xom ashyo yoki materiallarni dastlabki suvsizlantirish hamda tayyor mahsulotlarni suvsizlantirish uchun keng ishlatiladi.
Qattiq moddalarni eritish va ekstraksiyalash.Qattiq fazaning suyuqlikka (erituvchiga) eritish jarayoni deb ataladi. Qattiq g`ovaksimon materiallar tarkibidan bir yoki bir necha komponentlarni tanlab ta’sir qiluvchi erituvchi yordamida ajratib olish jarayoni ekstraksiyalash deyiladi. Agar eritish jarayonida qattiq faza to’la suyuq fazaga o’sha, ekstraksiyalash paytida esa qattiq faza amaliy jihatdan o’zgarmay qoladi, faqat uning tarkibidagi tegishli komponent suyuq fazaga o’tadi. Ekstraksiya jarayoni qattiq materiallar tarkibidagi muhim yoki zaharli komponentlarni ajratib olish uchun qo’llaniladi.
Kristallanish.Suyuq eritmalar tarkibidagi qattiq fazani kristallar holatida ajratish jarayoni kristallanish deb yuritiladi. Bu jarayon eritmalarni o’ta to’yintirish yoki o’ta sovitish natijasida sodir bo’ladi. Kristallanish paytida modda suyuq fazadan qattiq fazaga o’tadi. Kristallanish jarayonidan odatda o’ta toza moddalar olish maqsadida foydalaniladi.
Membranali jarayonlar.Aralashma komponentlarini yarim o’tkazuvchan to’siqlar (membranalar) yordamida tanlab ajratib olish yoki ularni quyuqlashtirish membranali jarayonlar deb yuritiladi. Bunday jarayonda modda (yoki moddalar) bir fazadan ikkinchi fazaga ularni ajratib turgan membrana orqali o’tadi. Membranali jarayonlar gaz yoki suyuq aralashmalarni ajratish, oqova suvlar va gazsimon chiqindilarni tozalash uchun qo’llaniladi.
Moddalarni o’tkazish murakkab jarayon bo’lib, bir yoki bir necha komponentni bir fazadan ikkinchi fazaga fazalarni ajratuvchi yuza orqali o’tishini belgilaydi. Moddalarni bir faza ichida tarqalishi moddalarning berilishi deb yuritiladi. Moddalarning berilish tezligi koeffitsient orqali ifodalanadi. Moddalarni bir fazadan ikkinchi fazaga o’tkazish jarayonining tezligi esa koeffitsient bilan belgilanadi.