Toshkent – 2022 mundarija so‘zboshi 5


Rajabov F. Yusuf Ziyo Ortach hayot yo‘li va ijodiy merosi 96 Rahimova M



Download 26,75 Kb.
bet2/2
Sana05.04.2022
Hajmi26,75 Kb.
#530540
1   2
Bog'liq
Yoqub Qodri Qoraosmano\'g\'li

Rajabov F. Yusuf Ziyo Ortach hayot yo‘li va ijodiy merosi 96
Rahimova M. Turk tilida shart munosabatli
ergashgan qo‘shma gaplar 103
Sobirjonova M. “Muhabbat simfoniyasi” romanidagi
frazeologizmlar lingvopoetik vosita sifatida 108
Cафаева Ш. Развитие экономической терминологии
современного турецкого языка в XX веке 112
Saydaliyeva A. Turk folklorida pari obrazining tarixiy asoslari 117
Sunnatova Sh. Turk tiliga fransuz tilidan oʻzlashgan soʻzlar 123
Тиллаева X. Роль родного языка в изучение иностранного языка
(на примере турецкого языка) 129
Tojiyeva A. Turk tilidagi topishmoqlar xususida 137
Eshonxo‘jayeva M. Jahon tilshunosligida
konsept nazariyasining o’rganilishi 142
Shukurova O. Ahmad Mithatning “Falotun bey va Raqim afandi”
romanida adabiy qahramon tasviri 149

Yoqub Qodri Qorausmono‘g‘lining ijodiy faoliyati


Hoshimov Akmal, 2-kurs magistranti.
Ilmiy rahbar: f.f.d., dots. P.Kenjayeva

Turk yozuvchisi Yoqub Qodri 1889-yil 27-martda Qohirada tug‘ilgan, uning yoshligi ham Qohirada kechib, uyida shaxsiy o‘qituvchilar qo‘lida savod chiqargan. 1896-yili oilasi bilan Manisaga ko‘chib borgan, oradan ko‘p vaqt o‘tmay otasi Qodri afandi olamdan ko‘z yumgan. Uni onasi Iqbol xonim to‘rt yillik Fevziye maktabiga bergan. Bu erda ikki yil o‘qiganidan keyin 1903-yilda Izmirdagi o‘rta maktabda o‘qishni davom ettirgan. Oilasining iqtisodiy qiyinchiligi tufayli o‘rta maktabni tugatmay onasi bilan Qohiraga qaytib kelishga majbur bo‘lgan.


Yjqub Qodri turk tilida o‘qishni xohlab Izmirdagi maktabini sog‘inib yashaydi. Shu tufayli ular 1905-yilda Izmirga qaytib borgan bo‘lsalar-da, u erda uzoq vaqt qolisholmaydi. O‘sha yillarda ozodlikka chek qo‘yilgani sababli onasi bilan birga yana Misrga qaytadi. Bu yerda bir oz muddat Frereslar maktabida, keyin esa Shveysariya litseyida o‘qiydi. Henri Loman degan ustozidan fransuz adabiyotini o‘rganadi, she’riyat haqida ham ancha ma’lumotlar oladi.
1908 yilda Istanbulga qaytgan Yoqub Qodri Izmir maktabida o‘qib yurgan paytlarida tanishgani Shahobiddin Sulaymon bilan uchrashadi. Keyinchalik R.Holid va Foiq Ali bilan tanishadi, shu tariqa adabiyot olamiga kirib keladi. Yoqub Qodrining ilk ijodi sanalmish «Nirvana» (bir pardalik pesa) 1909-yilda «Rasmli kitob» jurnalida bosilgandan keyin asarlari «Sarvati Funun» jurnalida chop etila boshlaydi. Aslida, uning adabiyot maydoniga qadam qo‘yishi Fejri Oti oqimi bilan bog‘liq. Yoqub Qodri «San’at san’at uchundir» shioriga asoslanib «san’at uchun san’at» degan qarashga tayanadi va 1909-yilda tashkil etilgan Fejri Oti nomli adabiy guruhda faol ishtirok etadi, sal o‘tib shu guruh vakiliga aylanadi. 1912 yilda esa Yoqub Qodri va Yahyo Kamol turk adabiyotida «yangi yunonlik» oqimini boshlashni xohlaydilar. Ular eski yunon va lotin klassiklaridan nusxa olib foydalanish, ularga o‘xshab original ijod qilish, ayni paytda, milliylikni saqlab qolishga katta e’tibor qaratishadi. Bu oqim maydonga kelgan kundan boshlab katta qarshilikka uchraydi; katta-kichik hajviy asarlarga mavzu bo‘ladi. Shu sababdan ular o‘z qarashlaridan voz kechishadi.
Yo.Qodri o‘zi yashagan davriga nisbatan shafqatsiz, moziyga nisbatan esa xayrixoh edi. U Birinchi jahon urushi yillarida uzoq vaqt turli qiyinchiliklarni boshidan kechiradi. Sil kasaliga yo‘liqqan adib 1918-yildagi Mondros sulhi yakun topgunigacha Shveysariyada davolanadi. Qaytayotganida milliy kurashda ishtirok etish istagida bo‘lsa-da, Otaturk tavsiyasiga ko‘ra Istanbulda erksevarlik ruhidagi asarlar yozish bilan bu kurashga o‘z hissasini qo‘shishga qaror qiladi. Bolqon urushi va Birinchi jahon urushi yillaridagi murakkab ijtimoiy vaziyat uning adabiy qarashlarida burilish yasaydi. U asarlariga og‘ir ijtimoiy yuk qo‘ya boshlaydi. U adabiy tilning yangilanishiga uringani uchun Umar Sayfiddin va uning do‘stlari qarshiligiga uchraydi. Keyinroq esa Ziyo Go‘kalp ta’sirida «Yeni lison» va «Milliy adabiyot» oqimiga o‘tadi. «Ikdam» gazetasida ozodlik kurashini qo‘llab-quvvatlovchi asarlari bilan qatnashadi. Oradan ko‘p o‘tmay shu gazeta muharriri lavozimida faoliyat yurita boshlagan Yo.Qodri milliy kurash ruhi bilan sug‘orilgan hikoyalar yozadi. Bu hikoyalar «Milliy urush hikoyalari» nomi bilan chop etiladi.
1932 yilda Vedat Nedim To‘r, Burxon Asaf Belge, Ismoil Xusrav To‘kin va Shavkat Surayyo Aydemir bilan birgalikda «Kadro» jurnalini chiqaradi. Ko‘p o‘tmay ayrim sabablarga ko‘ra jurnal faoliyati to‘xtatiladi. U 1934-yildan 1954-yil oxirigacha Tirana, Praga, Bern, Tehron va yana Berndagi elchixonalarda ishlaydi. 1955 yilda nafaqaga chiqib, yurtiga qaytadi. 1960-yilda «Ulus» gazetasining muharriri sifatida siyosiy mavzularda maqolalar yozadi. 1961-yil saylovlarida Manisadan deputat bo‘lib, siyosiy hayotga qaytadan sho‘ng‘iydi. 1965-yilgacha mustaqil deputat sifatida siyosiy jabhada faoliyat olib boradi. 1965-yildan keyin siyosatdagi faoliyatini to‘xtatgan Yoqub Qodri 1974-yil 13-dekabrda Anqarada vafot etadi.
Yoqub Qodri Qorausmono‘g‘li hikoyachiligi Mopassan ijodini o‘rganish davomida shakllana boshladi. Mopassan usulida hikoyalar yozishga R.Holid bilan birgalikda kirishgan Y.Qodri hikoyachiligini ikkita davrga bo‘lib o‘rganish mumkin. Yozuvchi ijodining birinchi davrini Fejri Oti oqimining yangi talablari asosida yozilgan «Bir serenjam» (1913) nomli kitobidagi hikoyalar tashkil etadi. Bu hikoyalarda ijtimoiy bosim – shaxslar to‘qnashuvi asosiy mavzu bo‘lib xizmat qiladi. Yozuvchi kitoblardan o‘qib o‘rganganlarini mushohada qilib, ulardan samarali foydalangan holda hikoyachilik maydoniga kirib keladi. Qachonlardan buyon davom etib kelayotgan hayot karvonini jonlantirib mushohada qiladi. Hali etuklik darajasiga erishmagan yozuvchining bu davrdagi ijodiy tushunchalari, shaxsiy iztiroblari va oilaviy muammolari uning Fejri Oti oqimi bilan yaqinlashishiga sabab bo‘ladi.
Yo.Qodri hikoyachiligining ikkinchi davri «Marhamat» (1923) va «Milliy urush hikoyalari» (1947) nomli asarlari bilan boshlanadi. Yo.Qodri bu hikoyalarida o‘z «Men»idan tashqariga chiqib, turk jamiyatida ro‘y bergan siyosiy va ijtimoiy hodisalarni hikoya janri imkoniyatlaridan mohirona foydalanib tasvirlashga harakat qiladi.
Yo.Qodrining Mopassan hikoyalarini tanlab, ulardan andoza olib hikoyalar yozishi tasodifiy emas. Inson tug‘ilgan makonining ajralmas bir qismi sanalsa-da, tabiiy ravishda atrof-muhit ta’sirida shakllanib boradi. Yo.Qodri Onado‘li odamlarini mehmondo‘st, yurtiga sadoqatli, jasur kishilar sifatida qadrlaydi va hikoyalarida ular qiyofasini shunday aks ettiradi.1
Yo.Qodri hikoyachilikda ko‘p o‘qib-o‘rgangan va uning ijodiga tez-tez murojaat qilgan yana bir fransuz yozuvchisi borki, uning ismi A.Dode. Inson va makon munosabatida, hikoya qurilishida Mopassandan ibrat olgan Yoqub Qodri xarakterni tasvirlash masalasida goh-goh Dode uslubini eslatadi. Dode ijodida kuzatilganidek, Yoqub Qodri asarlarida ham shaxs tasviri ruhiy tahlillar, voqea-hodisalarni hikoya qilishdan ko‘ra eng xarakterli jihatlarini muxtasar tarzda yoritish ko‘zga tashlanadi.
Qorausmono‘g‘li ijtimoiy muammolar-u, siyosiy azoblardan qaddi bukilgan yozuvchi sifatida bu muammolarni qo‘ldan kelgancha aks ettirishga harakat qiladi. U qahramonlarning xarakteri va ruhiy kechinmalarida qalamga olingan davrning ijtimoiy tabiatini aks ettirishga erisha olgan. Bolqon urushi, Birinchi jahon urushi va milliy kurashlar davridagi Turkiya hayotini tasvirlagan Yoqub Qodri Qorausmono‘g‘lini turk hikoyachiligi ravnaqiga ma’lum ma’noda o‘z hissasini qo‘shgan adiblardan biri desak mubolag‘a bo‘lmas.


Foydalanilgan adabiyotlar:

  1. Yakup Kadri Karaosmanoğlu. Güvercin Avı. Milli Savaş Hikâyeleri. İletişim Yayınları. – İstanbul, 1984.

  2. Olcay Önertoy. Cumhuriyet Dönemi Türk Roman ve Öyküsü. Türkiye İş Bankası Kültür Yay. – Ankara, 1984.

  3. Şerif Aktaş. Yakup Kadri Karaosmanoğlu. Kültür ve Turizm Bakanlığı Yayınları. – Ankara, 1987.



169 Şerif Aktaş. Yakup Kadri Karaosmanoğlu. Kültür ve Turizm Bakanlığı Yayınları. – Ankara, 1987.

Download 26,75 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish