Shug‘ullanuvchilar o‘ng va chap yarim o‘rta pozitsiyasida ikki kolonna bo‘lib joylashadi, 4 ta himoyachi esa 2x2 tizim hosil qilib himoyalanadi, birinchi kolonna boshlovchisi hujum qilib to‘pni ikkinchi kolonna boshlovchisiga uzatadi va o‘zi ikkinchi kolonna ortidam o‘rin egallaydi, ikkinchi kolonna boshlovchisi to‘pni ilib unga peshvoz chiqqan hujumchini aldab o‘yib, ikki himoyachi o‘rtasidan yorib kirib darvozaga to‘p otadi (21-rasm).
1 - markazdan to‘pni yarim o‘rta o‘yinchisiga uzatadi; 2- yarim o‘rta o‘yinchisi to‘pni qaytarib uzatadi; 3- markaz o‘yinchisi hujum uyushtirib chiziq o‘yinchisiga uzatadi va yarim o‘rtada jamlangan to‘plardan birini olib yerga urib borib o‘z joyini egallaydi, chiziq o‘yinchisi esa to‘pni ilib darvozaga otadi (22-rasm).
Shug‘ullanuvchilar markaz, o‘ng va chap yarim o‘rtada 3 ta kolonna bo‘lib joylashadi va ketma-ketlikda sakrab to‘siq ustidan darvozaga to‘p otadi (23-rasm).
Hududiy himoyaga qarshi hududiy hujum. 1; burchak o‘yinchisi hujum uyushtirib ikki himoyachini o‘ziga jalb qilib to‘pni yarim o‘rta o‘yinchisiga uzatadi, 2; u ham xuddi shu harakatni takrorlaydi, 6; mashq so‘ngida darvozaga to‘p otadi (24-rasm).
1- harakatda yugurib darvozabondan to‘pni qabul qilib oladi; 2- markazga uzatadi; 3- markazdan qabul qiladi, 4; markazga uzatadi; 5- qabul qiladi; 6 - sakrab, himoyachi to‘sig‘i ustidan darvozaga to‘p otadi (25-rasm)
1- o‘ng yarim o‘rta o‘yinchisi hujum harakatini ko‘rsatib to‘pni markazga uzatadi; 2- o‘zi yugurib chiziq o‘yinchisi pozitsiyasiga boradi; 3- markaz o‘yinchisi to‘p bilan o‘ngga harakatlanib himoyachini o‘ziga jalb qiladi; 4- to‘pni chap yarim o‘rta o‘yinchisiga uzatadi; 5- chap yarim o‘rta o‘yinchisi to‘pni ilib zaslon orqali darvozaga otadi (26-rasm).
1- o‘ng yarim o‘rta o‘yinchisi hujum harakati bilan himoyachini o‘ziga jalb qilib to‘pni markazga uzatadi; 2- markaz o‘yinchisi to‘pni; 3- burchakdan yugurib chiqqan o‘yinchiga uzatadi yoki; 4- chiziq o‘yinchisiga yoki; 5- zaslon orqali darvozaga to‘p otadi (27-rasm).
1- to‘pni markazga uzatadi va yugurib burchakga yuguradi to‘xtab yarim o‘rtadan sakrab havoda markaz o‘yinchidan to‘pni qabul qilib darvozaga otadi (28-rasm).
Shug‘ullanuvchilar markaz, o‘ng va chap yarim o‘rtada uchta himoyaga qarshi uchta kolonna bo‘lib joylashadi, yarim o‘rta o‘yinchilari markazga to‘p uzatib qaytib iladi va himoyachini qarshiligini yengib darvozaga to‘p otadi (29-rasm).
1 - markazda jamlangan to‘plardan olib ketma-ket hujum uyushtiradi va to‘pni yarim o‘rta o‘yinchiga uzatadi; 2- yarim o‘rta o‘yinchisi harakatda to‘pni olib chap tomonga hujum harakatini ko‘rsatib o‘ng tomondan aldab o‘tib darvozaga to‘p otadi (30-rasm).
Do'stlaringiz bilan baham: |