ToshDAU Rasulov.S.SH
Mundarija 1
Microsoft Office Word-2007 dasturini ishga tushirish 2
Uskunalar panellari. 7
Главная uskunalar paneli. 8
Microsoft Office Word-2007 dasturini ishga tushirish
1)Kompyuter ishga tushgach, hosil bo`ladigan ko`rinish (ishchi stol)da piktogrammasining ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosiladi. Shu piktogramma ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosib, so`ng Enter tugmasini bosish yoki o`ng tugmani bosib, hosil bo`lgan kontekst menyudan Открыть buyrug`ini tanlash ham xuddi shunday tarzda dasturni ishga tushirilishiga olib keladi.
2)Masalalar panelida joylashgan tezkor tugmalar qatoridan Word matn muharriri ikonkasi ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosiladi.
3)Пуск->Все программы->Microsoft Offise->Microsoft Office Word2007 ketma-ketligini bajarish. Bunda shu buyruq ustida sichqooncha o`ng tugmasini bosib, hosil bo`lgan kontekst menyudan Открыть buyrug`ini tanlash ham xuddi shunday natijaga olib keladi.
4)Word matn muharririda yaratilgan biror-bir hujjat faylini izlab topib, (*.doc kengaytmali) unig ishga tushirish orqali. Bunda shu faylni qidirish uchun Windows qidiruv tizimidan foydalanish mumkin.
5)Bevosita dasturni ishga tushiruvchi fayl orqali. Bu fayl
C:\Program Files\Microsoft Office\Office12\WINWORD.EXE manzilida joylashgan WINWORD.EXE faylidir. Bu faylni izlab toppish va ishga tushirish uchun Mening kompyuterim ilova dasturidan yoki boshqa ixtoyoriy menedjer dasturlardan biridan foydalanish mumkin. (Norton,Windows, Total commander yoki boshqalar)
Word 2007 dasturi ishga tushganda tasvirdagi Word titul sahifasi hosil bo`ladi va Word 2007 dasturi ishga tushadi. Dastur ishga tushgach quyidagicha ko`rnishdagi oyna hosil bo`ladi:
Word 97-2007 dasturlaridan farqli ravishda Word 2007 dasturida menyu va qo`zg`almas uskunalar panellaridan voz kechilgan bo`lib, bu yerda boshqacha yo`l tutilgandir. Dastur oynasi quyidagi qismlardan iborat:
1) Sarlavha satri:
Bu yerda Oynani boshqarish tugmalari joylashgan bo`lib, ulardan birinchisi (o`ng tomondan)dastur oynasini yopish va dastur ishini tugatish, ikkinchisidastur oynasini kattalashtirish-kichiklashtirish va uchinchisi dastur oynasini masalalar paneli (Пуск qatori)ga yig`ishtirib qo`yish vazifasini bajaradi. Dastur sarlavha satrining markaziy qismida joriy dastur nomi va joriy vaqtda ochilgan hujjat faylining nomi ko`rsatilgan bo`ladi. Dastur oynasining chap tomonida quyidagi tugmalar joylashgan bo`ladi:
Bu tugmalardan birinchisi (o`ng tomondan) ko`rinib turadigan vazifalar tugmalarini boshqarish menyusini ochadi va bu yerda biz ko`p ishlatadigan buyruqlarimizni belgilab qo`yish orqali (chap tugmani bosish bilan belgi qo`yiladi va olib tashlanadi) Word tezkor tugmalari safiga qo`shib qo`yishimiz mumkin. Bu menyuda turli-tuman buyruqlar mavjud bo`lib, bulardan tashqari Другие команды…buyrug`i ham mavjud va bu buyruqni tanlanganda quyidagicha Параметры Word oynasi hosil bo`ladi:
Bu oynadagi Выбрать команды из maydonida joylashgan eng ko`p kerak bo`laigan buyruqlardan keraklilarini tanlab, Добавить tugmasini bosish shu tugmaning o`ng tomondagi maydonga ko`chirilishiga, ya`ni dastur oynasining tezkor tugmalar qatoriga qo`shilishiga olib keladi. Bu oynadagi Разместить панель быстрого доступа под лентой yozuvining oldidagi maydonchaga belgi qo`yilganda bu tezkor tugmalar qatori uskunalar panelining pastki qismida joylashadi. Shu oynadagi Сочетание клавиш matnining yonidagi Настройка… tugmasi tanlanganda Word2007 dasturida imkoni bor barcha vazifalarga kerakli tugmalarning kombinatsiyalarini o`rnatish oynasi hosil bo`ladi. Bu oynada Категории maydonidan kerakli bo`limga o`tib, Команды maydonida shu bo`limga qarashli kerakli buyruq tanlanganda shu buyruqni tezroq bajarish kombinatsiyasini Текущие сочетания: maydonida ko`rish mumkin. Tanlangan buyruqning vazifasini esa Описание sohasida rus tilida o`qib olishimiz mumkin. Kerakli buyruqni tanlab, unga yangi kombinatsiyani o`rnatish uchun shu buyruqni tanlab, yangi kombinatsiya klaviatura orqali bosiladi va Новое сочетание клавиш maydonida hosil bo`lgan kombinatsiya kuzatiladi. Bu kombinatsiya ma`qul bo`lsa, oynaning pastki qismida joylashgan Назначить tugmasi bosiladi. Lekin tugmalarga yangi kombinatsiya o`rnatilayotganda shu kombinatsiya boshqa buyruqqa ham bog`lanmaganligiga ishonch hosil qilish tavsiya etiladi. Biror bir kombinatsiyani biror buyruqdan olib tashlash uchun shu buyruqni tanlab, Текущее сочетание maydonida shu kombinatsiya tanlanadi va oynaning pastki qismidagi Удалить tugmasi bosiladi.
Bundan tashqari Параметры Word oynasida boshqa bo`limlar ham mavjud:
1)Основные: bu bo`limda Word 2007 uchun asosiy parametrlarni (matn belgilanganda mini-panelni ko`rsatish, tanlangan xususiyatlarni oldindan ko`rish, Word ranglar sxemasi, foydalanuvchining ismi-sharifi va inisiallari) boshqarish mumkin.
2)Экран bo`limida esa sahifali ko`rish holatida sahifalar orasidagi oraliq bo`sh joyni ko`rsatish, ajratish belgilarini ko`rsatish, sichqoncha ko`rsatkichini keltirganda suzib chiquvchi eslatmalarni ko`rsatish, formatlash belgilarini ko`rsatish va chop etish parametrlarini boshqarish mumkin.
3)Правописание bo`limida kiritilgan matnlarni to`g`ri yozilishini nazorat qilish parametrlari (rus tili uchun) boshqariladi. Bundan tashqari bu oynaning yuqori o`ng tomonida joylashgan Параметры автозамены tugmasini bosilganda Автозамена oynasi hosil bo`ladi va bu oynada matnlarni avtoalmashtirish parametrlarini boshqariladi. Bu oynadagi Заменять при вводе maydonidagi заменить: maydoniga biror-bir so`zda uchramaydigan belgilar ketma-ketligi kiritiladi va на: maydoniga esa shu belgilar ketma-ketligining o`rniga qo`yilishi kerak bo`lgan biror matn kiritilib, oynaning pastki qismida joylashgan Добавить tugmasi bosiladi hamda bu avtoalmashtirishning oynadagi jadvalda aks etishi kuzatiladi. Shundan so`ng OK tugmasini bosib, bu oyna yopiladi.
4) Сохранение bo`limida Word 2007 dasturida yozilgan hujjatni saqlash parametrlari boshqariladi. Bu oynadagi Сохранять файлы в следующем формате: maydonidagi ochiladigan ro`yxatdan saqlanadigan hujjatni saqlash kerak bo`lgan formati tanlanadi. (Eslatma: Agarda siz ko`pincha Word 97-2003 formatidagi Word dasturi o`rnatilgan kompyuterda ishlaydigan bo`lsangiz, bu formatlardan Word 97-2003 formatini tanlashingiz kerak bo`ladi. Shunda siz tayyorlagan hujjatlaringizni boshqa kompyuterlarda ham ocish imkoniga ega bo`lasiz.) Автосохранение каждые matni oldiga belgi qo`yilganda Word dasturi bir xil vaqt oraliqlarda (bu vaqt sgu sohadagi минут maydonida ko`rsatiladi) avtomatik tarzda saqlash ishlarini bajarib boradi va bu siz tayyorlagan hujjatning elektr toki o`chganda yoki boshqa sabablarga ko`ra kompyuter ishi to`xtab qolganda o`chib ketishining oldini oladi. Каталог данных для автовосстановления bandidagi Обзор … tugmasini bosganda hosil bo`ladigan oynadan avtomatik tiklash ishlari uchun boshlang`ich papka ko`rsatiladi. Расположение файлов по умолчанию: bandidagi Обзор nugmasini bosilganda hosil bo`ladigan oynada esa tayyorlangan hujjatlarni saqlash uchun Word matn muharriri odatda taklif etadigan papka ko`rsatiladi.
5)Дополнительно bandida belgilangan qismni kiritilayotgani bilan almashtirish, so`zlarni avtomatik belgilash, matnlarni o`tkazishni boshqarish, giperjo`natmani Ctrl tugmasi bilan sichqoncha chap tugmasini bosganda aktivlashtirish, abzaslarni avtomatik belgilash, Insert tugmasini surib yozish va almashtirib yozish holatlarini almashtirish uchun ishlatilishi, Экран bandidagi Число документов в списке последних файлов maydonidagi sonni oshirish yoki kamayturish orqali Wordda ochilgan oxirgi fayllar sonini oshirish yoki kamaytirish kabi ko`plab parametrlarni boshqarish mumkin.
6)Надстройки bandida Word 2007 dasturining ulanish parametrlarini (Outlock Express orqali) boshqarish mumkin.
7)Центр управления безопасностью bandida Word 2007 dasturida ma`lumotlar xavfsizligi parametrlarini boshqarish va o`rnatish mumkin.
8) Ресурсы bandida Microsoft firmasiga murojaat qilish, Web-sahifalarni qidirish, Microsoft Office dasturlarining ishonchliligini ta`minlashga oid turli xususiyatlarni o`rnatish va boshqarish mumkin. Bu oynada Получить обновления-Microsoft Office dasturlari uchun eng so`nggi yaratilgan yangiliklarni olish, Центр диагностики Microsoft Office-Microsoft Office dasturlarini tekshirish va xatoliklarni sozlash markazi(dasturi), Свяжитесь с нами-Microsoft firmasi bilan aloqa qilishning turli yo`llari, Активировать Microsoft Office- Microsoft Officedan foydalanishni davom ettirish uchun uni faollashtirish kerak bo`ladi(trial va demo versiyalar uchun).Перейти на веб-узел Microsoft Office Online- Microsoft Office Online web-sahifasiga o`tish va bepul yangilanishlarni olish, О программе Microsoft Office Word 2007- Microsoft Office Word 2007 dasturi haqidagi qisqacha ma`lumotlarni olish kabi buyruqlar joylashgan.
Sarlavha satrining eng chap qismida Microsoft Office dasturlar paketining emblemasi shaklidagi tugma joylashgan bo`lib, bu tugma dastur bosh menyusi hisoblanadi va bu yerda turlicha ko`p ishlatiladigan buyruqlar joylashgan. Bu menyuni ochish uchun shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasini bosish yoki klaviaturadan Alt+ф kombinatsiyasini bosish kerak bo`ladi. Natijada quyidagicha ko`rinishdagi oyna hosil bo`ladi:
Bu oynaning chap tomonida yangi hujjat yaratish (Создать), hujjatni ochish(Открыть), hujjatni xotirada saqlash(Сохранить), hujjatni qayta saqlash(Сохранить как), chop etish ishlari (Печать), hujjatni tarqatishga tayyorlash(Подготовить), hujjatni internet tarmog`I orqali yoki internet faks ko`rinishida jo`natish(Отправить), hujjatni internet bloglarda yoki boshqa manbalarda joylashtirish(Опубликовать), joriy hujjatni yopish (Закрыть, bunda saqlanmagan ma`lumotlarni saqlash uchun so`rov oynasi hosil bo`ladi) buyruqlari joylashgan. Oynaning o`ng tomonida esa Word matn muharririda oxirgi ishlatilgan hujjatlar nomlari ko`rsatiladigan soha mavjud va bu yerda ko`rsatiladigan fayllar sonini boshqarish mumkin. (Параметры Word oynasi, Дополнительно bo`limi, Экран bandi, Число документов в списке последних файлов sohasidagi sonni belgilash maydoni). Yana shuni ham aytib o`tish kerakki, Microsoft Office 2007 mualliflari oldingi Office versiyalari bilan ishlab kelganlarga qulayliklar yaratish maqsadida Alt tugmasi yordamida Word yuqori qismidagi boshqaruv ob`yektlarini faollashtirish imkoniyatini ham qoldirganlar. Ya`ni Alt tugmasini bosilganda ekranning yuqori qismi faollashadi (turli qismlarda turli kirill alifbosi harflari ko`rinib qoladi). Bu holatda siz o`zingizga kerakli kirill alifbosi harfini bosib, shu harf aks etgan menyu yoki bo`lim bandini ochishingiz, ko`rishingiz yoki bajartirishingiz mumkin(Bunda tizim lotin yoki kirill alifbosida turganligining farqi yo`q). Kerakli harfni klaviaturadan bosish orqali shu harf ko`rsatilgan bo`lim yoki uskunalar paneli aktivlashtiriladi va uskunalar paneli tanlanganda uning ichki buyruqlarida ham turli harflar hosil bo`ladi va shu buyruqlarni bajartirish uchun shu ko`rsatilgan harflarni bosish yetarli.
Uskunalar panellari.
Yuqorida aytib otilganidek Word 2007 dasturida oldingi menyu-panel konsepsiyasidan voz kechilgan bo`lib, bu dasturda menyular o`rnida foydalanuvchi ko`p ishlatishi mumkin bo`lgan tugmalar guruhlarga bo`linib, bu guruhlar vazifalari bo`yicha nomlangan va oldingi menyu satrining o`rnida shu guruhlarni almashtirish sohasi joylashtirilgan. Bu satrni biz panellar satri deb atashga kelishib olamiz. Panellar satrida Главная, Вставка, Разметка страницы, Ссылки, Рассылки, Рецензирование va Вид deb nomlangan 7 ta panellarga o`tish tugmalari joylashgan:
Lekin bu ro`yxat biz bajaradigan ishlarga bog`liq holda o`zgarib turishi ham mumkin. Masalan biror bir grafik ob`yektni tanlaganimizda panellar satrida yangi Формат paneli qo`shiladi va bu panelda grafik ob`yektni boshqarish buyruqlari joylashgan bo`ladi. Panellar satrining ixtiyoriy joyida sichqoncha o`ng tugmasini bosganda quyida ko`rsatilgan ko`rinishdagi oyna hosil bo`ladi va bu oynada Настройка панели быстрого доступа buyrug`i sarlavha satridagi tezkor tugmalar qatorini boshqaruvchi oynaning hosil bo`lishiga olib keladi. Разместить панель быстрого доступа под лентой buyrug`i tezkor tugmalarni uskunalar panelining pastki qismida joylashuvini ta`minlaydi. Свернуть ленту buyrugi tanlanganda uskunalar panellarining nomlari (panellar satri) gina qolib, uskunalar panellarining o`zi esa ko`zdan yashirinadi va bu Word ishchi maydonining sezilarli oshishiga olib keladi.
Главная uskunalar paneli.
Bu uskunalar panelida oldingi Word versiyalarida Стандартная va Форматирование uskunalar panellarida joylashgan eng ko`p ishlatiladigan tugmalar joylashgan bo`lib, bular quyidagilardir:
Буфер обмена – almashinish buferi bo`lib, uning asosiy vazifasi dasturda va dasturlararo ma`lumotlar almashinuvini ta`minlashdan iborat va Word 2007 dasturida bu ishlarni bajarish uchun buferga olinadigan qismni belgilab ko`rsatish kerak. Belgilashning quyidagicha usullari mavjud:
-
Belgilanadigan matnning boshiga sichqoncha ko`rsatkichini keltirib, chap tugmani bosib turgan holda matn oxirigacha ko`rsatkichni olib borish.
-
Belgilanishi kerak bo`lgan so`z ustida sichqoncha chap tugmasini ikki marta tez bosish. Sichqoncha chap tugmasini uch marta tez bosish esa ko`rsatkich turgan abzasning to`liq belgilanishiga olib keladi.
-
Klaviatura orqali belgilashda kursor kerakli pozitsiyaga olib kelinadi va Shift tugmasini bosib turgan holda yo`nalish tugmachalari yordamida harakatlantiriladi. Bunda kursor bosib o`tgan yo`ldagi matn belgilanadi. Bu usulda kursorni tezroq harakatlantirish uchun quyidagi jadvaldan foydalanish mumkin:
Vazifa
|
Bajarish usuli
|
Bir so`z chapga o`tish
|
Ctrl+<-
|
Bir so`z o`ngga o`tish
|
Ctrl+->
|
Satr oxiriga o`tish
|
End
|
Satr boshiga o`tish
|
Home
|
Bir sahifa yuqoriga o`tish
|
Page Up
|
Bir sahifa pastga o`tish
|
Page Down
|
Hujjat boshiga o`tish
|
Ctrl+Home
|
Hujjat oxiriga o`tish
|
Ctrl+End
|
Abzas boshiga o`tish
|
Ctrl+yuqori yo`nalish tugmasi
|
Abzas oxiriga o`tish
|
Ctrl+pastki yo`nalish tugmasi
| -
Butun hujjatni belgilash uchun Ctrl+A kombinatsiyasi bosiladi.
Matnlarni belgilab olgach, ularni buferga nusxalash, qirqib olish va kerakli joyga olib borib, joylashtirish mumkin, buning uchun quyidagilarni bilish kerak:
Buferga belgilangan ma`lumotni nusxalash. Bunda belgilangan ma`lumot bilan hech qanday o`zgarish sodir bo`lmaydi. Faqatgina shu ma`lumotni kompyuter vaqtincha eslab qoladi. Ma`lumotni belgilab bo`lgach, uning ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosganda kontekst menyu hosil bo`ladi va bu menyuni hosil qilish uchun klaviaturadagi o`ng tomondagi Ctrl va Pusk menyusi tugmalari o`rtasida joylashgan kontekst menyu tugmasi orqali ham hosil qilish mumkin. Kontekst menyuni hosil qilgach, undagi Копировать(nuzxalash) buyrug`ini tanlash, shu belgilangan matn yoki ob`yektning buferga olinishiga olib keladi. Belgilangan ma`lumotni buferga nusxalash uchun bundan tashqari tugmalar kombinatsiyalaridan ham foydalanish mumkin: Ctrl+C, Ctrl+Insert.
Umuman olganda bir hujjat doirasida biror bir matn qismini bir joydan boshqa joyga nusxalab o`tkazish zarurati tug`ilganda uni albatta buferga nusxalab olib o`tish shart emas. Agar boshlang`ich va so`nggi manzil orasi yaqin bo`lsa, bu ishni Drag&Drop(ushlab ol va o`tkaz) usulidan foydalanib ham bajarish mumkin. Buning uchun kerakli matn qismini belgilab olamiz va Ctrl tugmasini bosib turgan holda shu matn qismini kerakli joyga sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda olib o`tamiz.
Buferga belgilangan ma`lumotni qirqib olish. Bunda belgilangan ma`lumot yo`qoladi va joylashtirilishi kerak bo`lgan joyga kursorni olib borib joylashtirilmasa yo`qotilishi mumkin. Bu buyruqni berishning yana bir usulibelgilangan matnning kontekst menyusini hosil qilib, shu hosil bo`lgan menyudan Вырезать(Qirqib olish) buyrug`ini tanlash kerak. Bu ishni klaviatura orqali bajarish uchun qirqib olinadigan qismni belgilab, Ctrl+X kombinatsiyasini bosiladi. Umuman olganda buferga biror-bir qismni qirqib olib, uni boshqa joyga joylashtirish uchun Drag&Drop usuli qo`l keladi. Bunda ko`chiriladigan qism belgilab olinadi va uning ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda kerakli joyga olib borib qo`yib yuboriladi. Bunda shu belgilangan qism oldingi turgan joyidan yo`qoladi va yangi joyga ko`chadi.
Bu tugma formatlarni nusxalash tugmasi bo`lib, undan biror-bir matnning formatini tezlik bilan boshqa bir matnning formati ko`rinishiga o`tkazish uchun foydalaniladi. Buning uchun formati kochirilayotgan matn belgilanib(ko`rsatilib), so`ng shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi. So`ngra sichqoncha ko`rsatkichi shu tugma shaklini olgach formatlanihi kerak bo`lgan matn ustiga olib borilib, sichqoncha chap tugmasini bosiladi. Natijada shu matn ko`rinishi dastlabki ko`rsatilgan matn formati ko`rinishiga o`tadi. Biror bir matnning formatini bir necha marta bir nechta joylarda qo`llash kerak bo`lganda shu tugma ustida sichqoncha chap tugmasi ikki marta bosiladi va kerakli joylarda chap tugmani bosish shu joylarning formati dastlabki matn korinishini olishiga olib keladi. Bu holatdan chiqish uchun esa klaviaturadagi Esc tugmasini bosish yetarli.
Bu tugma buferga nusxalab yoki qirqib olingan ma`lumotni kursor turgan joyga o`rnatish tugmasi bo`lib, uni bajartirishning yana bir usuli – kursorni kerakli joyga keltirib, klaviaturadan kontekst menyu tugmasini bosish yoki shu joyda sichqoncha o`ng tugmasini bosib, kontekst menyuni hosil qilish va hosil bo`lgan menyudan Вставить buyrug`ini tanlashdir. Bundan tashqari bu buyruqni klaviatura orqali Ctrl+V, Shift+Insert kombinatsiyalari orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugmaning pastki qismida joylashgan Вставить tugmaini bosganda quyida ko`rsatilgan ko`rinishdagi ro`yxat hosil bo`ladi va bu ro`yxatda quyidagicha buyruqlar bor: Вставить – Oddiy o`rnatish
Специальная вставка… - Maxsus o`rnatish oynasini chqarish. Bunda o`rnatilayotgan ob`yektning qanday xususiyatlar bilan va qanday ko`rinishda o`rnatilishini foydalanuvchi o`zi belgilab beradi.
Вставить как гиперссылку – o`rnatilayotgan ob`yektni giperjo`natma tarzida o`rnatish. Bunda o`rnatilgan matn o`zining nusxalab yoki ko`chirib olingan joyiga o`tish tugmasi (guperjo`natmasi) bo`lib qoladi(Giperjo`natma Word matn muharririda sichqoncha chap tugmasini Ctrl tugmasi bilan birga bosilishi orqali bajariladi). Agar bu giperjo`natma manzilini o`zgartirish kerak bo`lsa uning ustida sichqoncha o`ng tugmasini bosib, kontekst menyudan Изменить гиперссылку – giperjo`natmani o`zgartirish buyrug`I tanlanadi va hosil bo`lgan oynada giperjo`natma xususiyatlarini o`zgartirish ishlarini boshqarish mumkin bo`ladi. Bu oynada giperjo`natmani shu hujjat miqyosida, boshqa biror hujjat, fayl yoki web-sahifa miqyosida o`tish ishlarini tashkillashtirish mumkin bo`ladi.
Bu tugma matn shrift turini o`zgartirish tugmasi bo`lib, matnning shriftini o`zgartirish uchun shu matnni tanlab, bu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchakli shakldagi tugmada sichqoncha chap tugmasi bosiladi va ochilgan ro`yxatdan kerakli shrift turi ustida sichqoncha chap tugmasi bosiladi. Word 2007 dasturidagi yangiliklardan biri shuki – unda siz shriftni tanlamasdan turib, faqatgina sichqoncha ko`rsatkichini shu shrift nomi ostiga keltirgan holda belgilangan matn qanday ko`rinishga kelishini ko`rishingiz mumkin bo`ladi. Bu tugma ro`yxatidagi shriftlardan birini qo`llash uchun klaviaturadan Ctrl+Shift+F tugmalar kombinatsiyasini bosish Шрифт oynasining ochilishiga olib keladi va bu oynaning shu nomli maydonidan kerakli shriftni tanlab, OK tugmasini bosish orqali belgilangan matnga shu shriftni qo`llash mumkin.
Bu tugma matn kattaligini o`zgartirish tugmasi bo`lib, undan foydalanish uchun kerakli matnni belgilab so`ngra bu tugmaning o`ng romonidagi uchburchakli tugma yordamida ro`yxat ochiladi va kerakli kattalikdagi sonni tanlab, matn hajmi o`zgartiriladi. Bunda ham kerakli son ustida sichqoncha ko`rsatkichini to`xtatib turish shu son tanlanganda matn qanday ko`rinishga kelishini oldindan ko`rish imkoniyatini beradi. Agar sizga bur o`yxatda keltirilmagan boshqa bir kattalikdagi son kerak bo`lsa, u holda bu tugmaning son yozilgan qismida sichqoncha chap tugmasini bosib, kerakli son kattaligini klaviatura orqali kiritish va Enter tugmasi orqali bu buyruqni bajartirish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani klaviatura orqali bajarish uchun Ctrl+Shift+P kombinatsiyasini ham qo`llash mumkin. Bunda Шрифт oynasining Размер maydoni faollashgan holda bo`ladi va siz tog`ridan-to`g`ri sonni kiritib, Enter tugmasini bosish orqali belgilangan matnga kerakli kattalikni belgilashingiz mumkin.
Bu tugma belgilangan matnning shrift kattaligini ikki birlikka oshirish tugmasidir
Bu tugma belgilangan matnning shrift kattaligini ikki birlikka kamaytirish tugmasidir
Bu tugma belgilangan matnni oldin belgilangan formatlashning barcha ko`rinishlaridan tozalash tugmasidir.
Bu tugma belgilangan matnni qalinlashtirib yozish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga o`tishiga va matnning qalinlashuviga olib kelsa, uni qayta bosish tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+B(Bold-qalin, semiz) kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Начертание maydonidagi Полужирный buyrug`ini tanlash orqali ham amalga oshirish mumkin.
Bu tugma belgilangan matnni egrilashtirib yozish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga o`tishiga va matnning egrilashuviga olib kelsa, uni qayta bosish tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+I(Italic) kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Начертание maydonidagi Курсив buyrug`ini tanlash orqali ham amalga oshirish mumkin.
Bu tugma belgilangan matnning tagiga chizib yozish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmasini bir marta bosish shu tugmaning ochiq rangga o`tishiga va matnning tagiga chizilishiga olib kelsa, uni qayta bosish tugma xiralashuviga va matnning asl holiga qaytishiga olib keladi va bu tugmaning vazifasini klaviatura orqali Ctrl+U(Underline-pastda chiziqli) kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin. Bundan tashqari bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Подчеркивание maydonidagi ro`yxatni ochib, bur o`yxatdan kerakli chiziq turlaridan birini tanlash orqali ham bajarish mumkin. Bu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchakli tugmani bosib, hosil b`olgan oynadan kerakli chiziq turi, chiziq rangi va boshqa xususiyatlarini ham tanlash mumkin.
Bu tugma bosilganda belgilangan matnning o`rtasidan o`tadigan chiziq hosil bo`ladi va bu vazifani Ctrl+Shift+P(F) kombinatsiyalaridan birini bosib hosil qilinuvchi Шрифт oynasining Видоизменение maydonidagi Зачеркнутый sohasiga belgi qo`yish orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugma belgilangan matnni pastki indeksga yozish tugmasi bo`lib, bu vazifani Шрифт oynasining Видоизменение maydonidagi Подстрочный sohasiga belgi qo`yish orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugma belgilangan matnni нгйщкш indeksga yozish tugmasi bo`lib, bu vazifani Шрифт oynasining Видоизменение maydonidagi Надстрочный sohasiga belgi qo`yish orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugma belgilangan matn registrini o`zgartirish tugmasi bo`lib, uning ustida sichqoncha chap tugmaining bosilishi quyidagi oynaning hosil bo`lishiga olib keladi va bu oynadan kerakli buyruqlarda biri tanlanadi. 1-buyruq – Birinchi harfni katta yozish, 2-buyruq – barcha harflarni kichik yozish, 3-buyruq – BARCHA HARFLARNI KATTA YOZISH, 4-buyruq – So`Zlarni Katta Harflardan Boshlash, 5-buyruq – rEGISTRNI TESKARISIGA ALMASHTIRISH buyruqlari joylashgan.
Bu tugma matnni belgilab ko`rsatish tugmasi bo`lib, uni tanlanganda sichqoncha ko`rsatkichi qalam ko`rinishiga o`tib qoladi va kerakli matnning ustida sichqoncha chap tugmasini bosib turgan holda harakatlanishi shu matnning berilgan rangli fonga o`tishiga olib keladi. Bu rangni o`zgartirish uchun esa, shu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugma bosiladi va kerakli ranglardan birini tanlanadi.
Bu tugma belgilangan matn uchun matn rangini o`zgartirish tugmasi bo`lib, matnni undagi aks etib turgan rangga bo`yash uchun shu tugma ustida chap tugma bosilishi yetarli. Boshqa rangga bo`yash uchun esa, shu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchak shaklidagi tugma tanlanadi va hosil bo`lgan oynadan kerakli rang tanlanadi. Bunda kerakli rangning ustiga sichqoncha ko`rsatkichini olib kelish natijani ko`rishga imkon beradi. Agar bu ranglar bizni qoniqtirmasa, Другие цвета buyrug`ini tanlab, hosil bo`lgan kengaytirilgan palitra oynasidan oddiy shaklda yoki spektrni berish orqali boshqa ranglardan birini tanlashimiz mumkin.
Bu tugma biror-bir ro`yxatni yozayotganda ishlatiladigan belgilangan markerli ro`yxat tuzishni boshlash tugmasi bo`lib, Enter tugmasi bilan tushish keying qator deb qabul qilinadi va marker qo`yib boriladi. Bu tugmaning o`ng tomonidagi uchburchakli tugmada sichqoncha chap tugmasini bosganda quyidagicha ro`yxat ochiladi va bur o`yxatdan kerakli marker belgisini tanlash mumkin bo`ladi. Bu oynadagi Изменить уровень списка buyrug`I yordamida markerlangan ro`yxat darajasini o`zgartirish mumkin. Определить новый маркер buyrug`I bosilganda esa keying bosqich oynasi hosil bo`ladi va bu oynada kerakli biror-bir belgi yoki rasmdan markerli ro`yxatning markeri sifatida foydalanish mumkin bo`ladi.
Bu tugmaning vazifasi hujjat ichiga tartiblangan ro`yxat joylashtirishdan iborat bo`lib, uning o`ng tomonidagi uchburchakli tugmani tanlash quyida ko`rsatilgan ko`rinishdagi oynaning hosil bo`lishiga olib keladi. Bu oynada kerakli ko`rinishdagi tartiblangan ro`yxatlardan biri tanlanadi. Изменить уровень списка buyrug`i tanlanganda tartiblangan ro`yxat darajasini o`zgartirish, Определить новый формат номера… buyrug`I berilganda esa, tartiblangan ro`yxatning formatini o`zgartirish oynasi hosil bo`ladi. Biror tartiblangan ro`yxatga o`tilganda ishga tushadigan Задать начальное значение… buyrug`i esa shu tartiblangan ro`yxatning joriy joyida qanday parametrlar o`rnatilishini o`zgartirish va boshqarish imkonini beruvchi quyidagicha oynaning hosil bo`lishiga olib keladi. Bu oynada Начать новый список (tartiblashni yangidan boshlash), Продолжить предедущий список (Oldingi ro`yxatni davom ettirish) buyruqlaridan birini tanlash yoki Начальное значение maydonidagi son kattaligini o`zgartirib, tartiblashning birinchi sonini o`zgartirish mumkin. Kerakli o`zgartirishlar kiritilgach, OK tugmasini bosib, o`zgarishlar amalga oshiriladi.
Bu tugmaning vazifasi ko`p darajali tertiblangan ro`yxat o`rnatish bo`lib, uning ham barcha parametrlari oldingi ikkita tugma kabi bo`lganligi uchun bu tugma xususiyatlari borasida alohidato`xtalib o`tmaymiz.
Bu tugmaning vazifasi abzas chekinishini kamaytirish bo`lib, u asosan jadvallar ichida tartiblangan yoki markerlangan ro`yxat ishlatilganda bu ro`yxatlar jadval katakchasi chegarasidan o`tib ketganda qo`llaniladi.
Bu tugmaning vazifasi abzas chekinishini ko`paytirish bo`lib, u asosan jadvallar ichida tartiblangan yoki markerlangan ro`yxat ishlatilganda bu ro`yxatlar jadval katakchasi chegarasidan o`tib ketganda qo`llaniladi.
Bu tugmaning vazifasi matnning belgilangan qismidagi ro`yxatlarni alifbo tartibida yoki raqamlarni o`sib boorish tartibida joylashtirishdan iboratdir.
Bu tugmaning vazifasi odatiy holda ko`rinmaydigan tabulyatsiya belgilarini ko`rinadigan va ko`rinmaydigan holatlarini almashtirishdan iboratdir.
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining chap chegarasi bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+L (Left) tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining markaz bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+E tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining o`ng chegara bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+R(Right) tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugmaning vazifasi belgilangan matn qismini yoki kursor turgan abzasni hujjat sahifasining ikki tomondagi chegara bo`ylab tekislashdan iboratdir. Xuddi shu vazifani klaviaturadagi Ctrl+J(Justify) tugmalar kombinatsiyasi orqali ham bajarish mumkin.
Bu tugmaning vazifasi hujjat matnidagi satrlar orasidagi intervalni boshqarish bo`lib, uning o`ng tomonidagi tugmani bosganda, satrlar orasidagi interval kattaliklari ko`rsatilgan ro`yxat hosil bo`ladi va bu ro`yxatdan keraklisini chap tugmani bosish orqali tanlanadi. Bundan tashqari bu ro`yxatning eng pastki qismida joylashgan buyruqlar yordamida abzasdan oldin va keyin qoldirilgan masofani qoshish va mavjud intervalni olib tashlash mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |