Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin. - Тaxminan ana shu davrda «Avesto» kitobini yaratgan yurtdoshlarimiz madaniyati ham yo`qsak bo`lganini bugungi kunda ko`pgina mutaxassislar e’tirof etmogda. Хuddi shunday madaniy taraqqiyotni yurtimiz tarixining VII-XII asrlarida yoki Soxibkiron Amir Тemur xukmronlik qilgan davrda ham ko`zatish mumkin.
- Madaniyat inson bilimlari, kunikma va tajribalarini, ma’naviy saloxiyatini hamda amaliy faoliyat jarayonida inson ideallarining ro`yobga chiqishi va shaxs sifatida kamol topish jarayonini o`zida aks ettiradi.
- Madaniyat va sivilizatsiya tushunchalari o`zaro bog`liq bo`lsa-da, turlicha mazmun va xususiyatga egadir. Ba’zi olimlar madaniyat, o`zining kelib chiqishiga ko`ra, sivilizatsiyaga nisbatan qadimiydir, u mohiyatan sivilizatsiyaning ruxi, jonidir, deb xisoblaydi. Masalan, A. Тoynbi «Тarixning idrok qilinishi» asarida shunday fikrlarni bayon etadi. Franso`z olimi R. Aron ham shunga yaqin xulosaga keladi. Uning fikricha, aynan madaniyat va sanoat soxasidagi tanazzul asta-sekin insoniyatni krizislar botkoKiga botirishi, bu esa, umumbashariyatning kelajagini xavf ostiga qo`yishi ham mumkin.
- Har bir xalq o`ziga xos madaniyat yaratadi va shu madaniyat tufayli o`zligini anglaydi, jahon taraqqiyotiga xissa qo`shadi. Milliy madaniyat rivojida quyidagilar katta o`rin tutadi:
Sivilizatsiya tushunchasi aloxida olingan bir xalq, xudud, jamiyat, davlat va xatto jahonga, ularning ijtimoiy- iqtisodiy va madaniy taraqqiyotining muayyan bosqichiga nisbatan ham qo`llanildi. «Sivilizatsiya» lotincha «sivilius» so`zidan olingan bo`lib, aynan «fukarolikka oid» degan ma’noni anglatadi. Mavjud ilmiy adabiyotlarda sivilizatsiyaga turlicha ta’riflar berilyapti: sivilizatsiya-madaniy-texnik taraqqiyotning yuqori bosqichi (bunda yozuvning kashf etilishi, texnik kashfiyotlar, sanoat inqilobi sivilizatsiyaning muxim belgisi sifatida talqin etiladi); sivilizatsiya — jamiyatning muayyan namunasi (bunda u formatsiya tushunchasi bilan aynanlashtiriladi); sivilizatsiya — insoniyatning yovvoyilik va vaxshiylikdan keyingi taraqqiyot davri. Sivilizatsiya rivojlanishning muayyan bir bosqichida to`rgan xalq va mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy hayotidagi sifatiy o`ziga xosligidir. Ayrim tadqiqotchilar sivilizatsiya asosini madaniyat, xalq, xudud bilan bog`lasalar, boshqalari dinni asos qilib oladilar. Aslida esa ularning hammasi ham sivilizatsiyaning taraqqiyotida o`z o`rniga ega. Ammo tarix taqozosi bilan muayyan xududda shakllangan sivilizatsiyaga gox tabiiy muxit, goxida ijtimoiy shart-sharoit ko`proqta’sir ko`rsatgan bo`lishi mumkin. Masalan, bizning Vatanimiz sivilizatsiyasida bu omillarning barchasi o`ziga xos ahamiyat kasb etganini ko`ramiz. Shu bilan birga, yurtimizning ijtimoiy-siyosiy, ma’naviy-ma’rifiy va sivilizatsiyalashgan taraqqiyotida dunyoviy ilmlar qatorida turli diniy ta’limotlar ham o`ziga xos o`rin to`tgan. Vatanimiz tarixining keyingi uch ming yiliga nazar tashlasak, dunyoviy bilimlar va diniy qarashlar yonma-yon yashab kelganining guvohi bo`lamiz. Хalkimiz «Avesto»ni yaratgan davrlardan tortib bizning kunlargacha ana shu umumiy tamoyil o`z ta’sirini o`tkazib kelgan. Ularning biri mutloqlashtirilgan davrlarda madaniy taraqqiyot qanday aziyat chekkan bo`lsa, ikkinchisi taxkirlangan zamonlarda ham ana shunday yo`qotishlar sodir bo`lgan. Тarix bu borada ham buyuk mo`rabbiydir. U bizdan sivilizatsiyamiz utmishini holisona o`rganish, undan to`g`ri xulosalar chiqarish va o`zimiz uchun sabok olishga undaydi
Do'stlaringiz bilan baham: |