Tosh qurollar va ularning ishlanishi



Download 16 Kb.
Sana21.12.2022
Hajmi16 Kb.
#893457
Bog'liq
Tosh qurollar va ularning ishlanishi


Tosh qurollar va ularning ishlanishi
Qurol yasashda asosiy xom ashyo sifatida tabiiy silliqlangan qayroq chaqmoqtosh qo’llanilgan. neolit davrida Farg’onananing markaziy tekisligida inson yashashi uchun ma’lum shart–sharoitlar mavjud bo’lgan. Ular ko’l, daryo va buloqlar atrofida o’z makonlarini tiklab, ovchilik, baliqchilik va terimchilik bilan shug’ullangan. bularda geometrik shakldagi qurollarning mavjud emasligi Joytun va Kaltaminor madaniyatidan farq qilishini ko’rsatadi. Lekin tosh qurollarni yasash texnikasi ularning qo’shni qabilalar bilan aloqasi bo’lganligidan dalolat beradi. Tadqiqotlar natijasida uning mil.avv. YI –IY ming yilliklarning boshiga, ya’ni ilk neolit davriga oidligi aniqlandi. Faqatgina Markaziy Farg’onaning shimoliy qismida joylashgan Madyor 3,4 va boshqa makonlaridan topilgan qurollarning aksariyati so’nggi neolit davriga, ya’ni mil.avv. IY – III ming yilliklarga oiddir.
Qizilqir I makoni Buxorodan 40 km shimoli–g’arbda joylashgan. U yerdan neolit davriga oid manzilgoh va ustaxona topilgan. Uning madaniy qatlamlaridan kaltaminor madaniyatiga xos bo’lgan qirg’ichlar, paraqalar, randalar, teshkichlar, mikrolit qurollari va sopol idishlarining parchalari topilgan. Makonda turar joy ham, toshdan qurollar va loydan sopol idishlar yasaydigan ustaxona ham bo’lgan.
Qizilqirning yuqori qatlami bronza davriga mansub. Quyi qismi esa, mil.avv.IY–III ming yilliklarga borib taqaladi. Tadqiqotlar bu yerda hunarmandchilik, dehqonchilik va chorvachilik bilan shug’ullanuvchi o’troq aholi yashaganligini ko’rsatdi.
Kaltaminor madaniyatini yaratgan kishilar asosan, yovvoyi hayvonlarni ov qilib, baliq tutib, ovchilik, baliqchilik va termachilik bilan shug’ullanganlar. Uning so’nggi bosqichida ilk chorvachilik vujudga kelgan.
Quyi Amudaryo, quyi Zarafshon , Ustyurt va boshqa joylarga tarqalgan kaltaminor madaniyatini yaratgan qabilalar biqiq hayot kechirmay, atrofdagi qabilalar bilan o’zaro aloqada bo’lganlar.
Kaltaminor madaniyati mahalliy va janubiy mezolit madaniyatidan kelib chiqib, izsiz yo’qolib ketmagan. Bu madaniyat o’zidan keyingi Zamonbobo va Tozabog’yob madaniyatining vujudga kelishiga zamin yaratgan.
Uchtut yodgorligi chaqmoqtosh qazib olish va birlamchi ishlov berish ustaxonasi xisoblanadi. Uni 1960 yil Ya.G’.G’ulomov boshliq ekspeditsiya Navoiy viloyatining Uchtut degan joyidan topishdi. Yodgorlik 1966–1967 yillarda T.Mirsoatov tomonidan keng ko’lamda o’rganildi va shu davrda o’ra(shaxta)lar topildi. Bu yerdan tosh asrining turli bosqichlariga, asosan, neolit davriga doir topilmalar yig’ib olindi.
Dastlabki davrlarda ibtidoiy odamlar qoyalarda ko’rinib yotgan chaqmoqtoshlarni sindirib olganlar. Keyinroq chaqmoqtoshni qidirib, tog’ yonbag’irlarida chuqurchalar qaziganlar. Neolit davrida esa xom ashyo olish uchun 4,5 va 5 metrli o’ralar kovlanganlar. Kerakli xom ashyoni olish uchun o’ra(shaxta)ning pastki qismidan har tomonga qo’shimcha yo’laklar ochib borilgan. O’ralar maxsus tosh, suyak va yog’ochdan yasalgan kurakchasimon qurollar yordamida qazilgan. O’ralarning devorlaridagi kurakchalarning izlari haligacha o’chmagan. O’ra kovlangan vaqtda ishga yaroqli xom ashyoga duch kelinsa, konchilar ularni tosh boltalar yordamida kovlab olganlar. SHuningdek, u yerda o’t yoqib toshni qizdirishgan va sovuq suv quyib, portlatganlar. Ular keragicha xom–ashyodan olib, keyinchalik o’ralar og’zini xarsang toshlar bilan yopib qo’yganlar. Arxeologlar bu yerda 100dan ortiq bunday o’ziga xos o’ralar-shaxtalarni topganlar, ularning faqat 35tasini o’rganganlar.
Uchtut yodgorligi singari shaxtalar faqat neolit davri yodgorliklarida uchraydi. Neolit shaxtalari Angliya, Frantsiya, Daniya, SHimoliy Germaniya va Belorussiya kabi davlatlarda ham uchraydi.
Download 16 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish