Tosh kent davlat a g r ar universiteti ozbekjlston r espublik asi fanlar akadem iyasi z o o L o g iy a in st it u t I


Baliqlar kasalliklarini paydo qiluvchi omillar



Download 7,36 Mb.
Pdf ko'rish
bet16/133
Sana17.07.2022
Hajmi7,36 Mb.
#810677
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133
Bog'liq
Baliqlar kasalliklari. Safarova F.E.

Baliqlar kasalliklarini paydo qiluvchi omillar
Tashqi muhit omillari baliq kasalliklarining paydo boiishi, 
kechishi va davom etishiga kuchli ta ’sir qiladi. Tashqi muhitning 
tarkibiy qismiga tuproq, suv havo, o ‘sim!ikiar 
va 
hayvonot dunyosi 
kiradi. Hayvonlaming yashashini ta ’minlaydigan sharoit tashqi 
muhit omillari deb ataladi. Ular o ‘z navbatida abiotik (suv, harorat, 
namlik, quyosh nuri, atmosfera bosimi va boshqalar) va biotik 
(o‘simIiklar, hayvonlar) omillarga boiinadi.
Suv havzasida baliqlar turli xil omillar ta’siri ostida hayot 
kechiradi. Bu barcha omillar umumiy holatda 7 ta guruhga ajratiladi:
36


gidrologik va meteorologik sharoitlar, gidrokimyoviy sharoitlar, 
plankton va 
bentosning ta’siri (hayvonlar va o ‘simliklar, jumladan 
suv 
oilari), suv havzasidagi ixtiofauna tarkibi, ixtiofaglar (baliqlar 
kushandalari), baliqlar kasalliklari va odamning ta’siri.
Suv havzasining gidrologik sharoitlari. Suv havzasining 
gidrologik sharoitlari (harorat, suv oqimi, suv sathining tebranishlari 
va 
boshqalar) baliqlar hayotiga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. 
Ushbu ko‘rinishda, ayrim baliq turlari faqat oqim doimiy kuzati- 
luvchi suvlarda, ya’ni daryolarda yashashga moslashganligi qayd 
qilinsa, 
boshqa baliq turlari esa oqim mavjud bo‘lmagan, tinch 
holatdagi suvlarda - ko‘llarda va suv havzalarida yashashga mos- 
lashganligini kuzatish mumkin. Suv haroratining keskin darajadagi 
tebranishlari ayrim tur baliqlarning uvildirigi va chavoqlarining 
yoppasiga qirilib ketishiga sabab bo‘lishi mumkin. Ushbu ko‘ri- 
nishda, suv haroratining pasayishi birinchi navbatda urchish davri- 
dan keyin karp va sazan baliqlarining uvildiriqlari va uvildiriqdan 
chiqqan mayda lichinkalarining yoppasiga nobud boiishiga olib 
kelishi kuzatiladi.
Suvning uzoq vaqt davomiyligidagi sovuq harorati ta’sirida 
(ya’ni, 1° С dan past haroratda) masalan, Rossiyaning shimoliy 
hududlarida karp va sazan baliqlarining qishlash davrida jabra 
qanotlari bo‘kishi va kengayishi qayd qilinadi, bu holat ham o‘z 
navbatida baliqlaming nobud b o iish ig a olib kelishi mumkinligi 
aniqlangan. Suv havzasida suv haroratining haddan tashqari ortib 
ketishi 
ham sovuqsevar baliq turlari, masalan gulmoy (forel) kabi 
baliqlarning nobud boiishiga olib kelishi mumkin. Bu ko‘rinishdagi 
vaziyatlar bevosita sevan gulmoy baligining moslashtirilishi 
(akklimitizatsiya) jarayonida hisobga olinadi. Nisbatan bahor 
davrida sovuq harorat kuzatiluvchi Valday ko‘tarilmasi hududida 
Seliger k o iid a baliq chavoqlarining son miqdori davriy holatda 
sezilarli kamayishi qayd qilinadi. Yapon dengizi sharoitida suv 
haroratining tebranish rejimida issiq suv oqimlarining kuchayishi 
yoki susayishi holatlarining tez-tez takrorlanishi oqibatida ivas baliq 
turining butunlay bu hududda yo‘qolib ketishi kuzatilgan, aksincha
37


bu sharoit seld baliq turi uchun qulay sharoitni 
yuzaga 
keltirishi 
qayd qilinadi. Suv sathining tebranishlari davomida, 
masalan 
suv 
omborlarida erta bahorda qirg‘oq 
sohasiga 
yaqin joylashgan 
hududlarda o ‘simliklar tanasiga qo‘yilgan 
baliq 
uvildiriqlari 
butunlay nobud b o iish i kuzatilishi 
mumkin. 
Suv sathining 
pasayishi 
natijasida baliq uvildiriqlari butunlay 
qurib 
qoladi va buziladi, 
bu 
esa o ‘z navbatida suv omborida 
baliq 
zaxiralarining sezilarli 
darajada kamayishiga olib kelishi mumkin.

Download 7,36 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   133




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish