To’rtinchidan, Prezident ijro hokimiyatini boshqaradi va uning faoliyatini yo’naltiradi



Download 24,92 Kb.
Sana15.04.2022
Hajmi24,92 Kb.
#553656
Bog'liq
Prezident Respublika boshqaruv shaklidagi mamlakatlarda xalq tomonidan saylanadigan davlat rahbaridir


Prezident Respublika boshqaruv shaklidagi mamlakatlarda xalq tomonidan saylanadigan davlat rahbaridir. Parlament respublikalarida esa Prezidentning roli faqat davlat boshlig’i vazifalari bilan cheklangan. Prezidentlik respublikalarida Prezident ijro hokimiyati boshlig’i hisoblanadi va jamiyatni demokratiyalashda faol siyosat yuritishi mumkin.[1]
Prezidentlik eng oliy lavozim. Konstitutsiyaviy-huquqiy ma’noda u davlat boshlig’i ma’nosini anglatadi. Prezidentning vakolatlari har qanday zamonaviy demokratik respublikalarda nihoyatda katta. Demokratik huquqiy davlatda Prezidentning maqomi, vakolatlari Konstitutsiya va u asosda qabul qilinadigan qonunlarda juda aniq qilib belgilab qo’yiladi. Prezident davlatni jipslashtiradi, ya’ni davlat hokimiyati mexanizmining barqarorligi va harakatliligini ta’minlaydi. Jahon prezidentlik amaliyotining ko’rsatishicha, davlat bir shaxs orqali muvofiqlashib, uning ayrim mamlakatlarda yo’qotilgan maqsad va vazifalari o’zaro birlashadi, yagona kuchga aylanadi. «Jahon konstitutsionalizmida prezidentlik institutiga quyidagicha tavsif beriladi.
Birinchidan, Prezident muayyan davlatning boshlig’i va xalq birligining ramzi hisoblanadi. Uning birligini oliy davlat organlari mamlakatning ichida ham, tashqi xalqaro siyosatda ham namoyon etadi.
Ikkinchidan, Prezident o’z xalqi nomidan ish tutadi, uning milliy mafaatlarini himoya etadi, partiyaviy, ijtimoiy, milliy va boshqa manfaatlar, ayniqsa, kelishmovchiliklardan yuqori turadi, jamiyatni o’zaro muvoflashtiradi, ijtimoiy-siyosiy hayotni mustahkamlaydi.
Uchinchidan, Prezident mamlakatning umumiy holati uchun mas’ul bo’lib, siyosiy barqarorlikni ta’minlaydi, huquqiy targ’ibotni va xavfsizlikni ta’minlash, mamlakatni boshqa davlatlar oldidagi majburiyatini bajarish uchun qarorlar qabul qiladi, tezkor chora-tadbirlar ko’radi.
To’rtinchidan, Prezident ijro hokimiyatini boshqaradi va uning faoliyatini yo’naltiradi.
Beshinchidan, Prezident mamlakatning Oliy bosh qo’mondoni hisoblanadi va davlat mudofaasi va fuqarolarning harbiy xizmatni o’tashi uchun rahbarlik qiladi.
Oltinchidan, Prezident ijro hokimiyati tizimida oliy lavozimga tayinlash vakolatini amalga oshiradi, fuqarolik masalalarini hal qiladi, fuqarolarni davlat nishonlari bilan mukofatlaydi va aybidan o’tadi, inson huquq va erkinliklarini ta’minlashning hamda mamlakatda Konstitutsiya va qonunlarning kafoloti hisoblanadi.
Tabiiyki, bu sanab o’tilgan holatlar prezidentlikning umumiy xususiyatlari hisoblanadi. Ular har bir mamlakatda o’ziga xos ravishda qo’llanishi mumkin».[2]
«O’tmishda O’zbekistonda davlat boshlig’i lavozimi yo’q edi. 1927, 1937 va 1978 yillardagi Konstitutsiyalarda davlat boshlig’i instituti nazarda tutilmagandi. Davlat boshlig’i vazifasini Oliy Sovet Prezidiumi amalga oshirardi. «O’zbekiston davlatchiligi tarixida prezidentlik instituti juda qisqa tarixga ega. O’zbekiston sobiq sho’rolar Ittifoqi tarkibida ekanligida prezidentlik lavozimini joriy etish to’g’risida so’z yuritish mumkin emas edi. Chunki respublikada hokimiyat faqat rasmiy ravishda bitta organ-sho’rolar qo’lida bo’lib, sho’rolar qonun chiqarish va ijro etish hokimiyatini birlashtirgan, hokimiyatining bo’linish printsipi amalga oshirishga yo’l qo’yilmagan edi».[3]
1990 yilda O’zbekiston Respublikada Oliy Kengashi sobiq ittifoqdosh respublikalar o’rtasida birinchi bo’lib prezidentlik lavozimini joriy etdi. Bu juda qaltis va xatarli davr edi. Hali Markaz o’ta kuchli va dahshatli bo’lib turgan kezlarda O’zbekistonda prezidentlik lavozimini ta’sis etish katta jasorat edi. O’sha paytda «Islom Karimov millat tarixining tub burilish-taqdirilomon sifat bosqichi ibtidosida turdi. Davlat feodalizmi bo’lmish totalitar mafkura hukmron SSSR davridayoq sobiq ittifoqchi respublikalar rahbarlari orasida birinchi bo’lib, mavjud siyosiy-ijtimoiy tuzumning boshqaruv tizimlarini dadil ravishda demokratik isloh qilishdek mardona siyosiy yo’lni tanladi va sobiq ittifoqdosh respublikalar rahbarlari oldida ilk bor O’zbekistonda boshqaruvning eng demokratik shakli-Prezidentlik institutini joriy etdi (1990). Bu siyosiy demokratik qadam bo’lajak istiqlol sari tashlangan birinchi amaliy odim edi. Mavjud totalitar tizimni demokratik isloh qilishda izchil davom etgan Islom Karimov Mustaqillik Deklaratsiyasining qabul qilinishi tashabbuskoriga aylandi. Tub siyosiy-ijtimoiy mlhiyati bilan bu hujjat bo’lajak milliy mustaqil davlatchilikning dastlabki huquqiy asosi bo’ldi».[4]
Islom Karimov juda katta va murakkab siyosat maydoniga siyosiy kurashlar junbushga kela boshlagan, O’zbekistonda siyosiy, ijtimoiy -iqtisodiy, madaniy, tazyiqlar, inqirozlar yuz berib turgan og’ir bir sharoitda etuk siyosiy hodim sifatida maydonga kirib kelgandi.
M.V. Gafarali va A.Ch. Kasaevning «Rivojlanishning o’zbek modeli: tinchlik va barqarorlik-taraqqiyot asosi» (T., «O’zbekiston» 2001 yil) asarida to’g’ri ta’kidlaganidek, 80-yillar oxirida jamiyatda hukmron doiralardan norozilik kuchayib bordi va xalq nazarida obro’sizlanib bo’lgan boshqaruv tuzilmalarini, eng avvalo, butun sho’ro siyosiy tizimining yadrosi bo’lgan xo’jalik vazifalarida ishlab kelgani, Karimovning sog’lom texnogratizmi va pragmatizmi uning taomillarini chetlab, partiya piramidasining cho’qqisiga ko’tardi. 1989 yil iyun oyidagi Karimov Qashqadaryo viloyatidan Toshkentga O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining birinchi kotibi sifatida qaytib keladi. Lekin, afsuski, respublikaning o’sha vaqtdagi partiya rahbariyati no’noq siyosat yuritganligi va harakatsizligi tufayli O’zbekiston fuqarolar urushi yoqasiga kelib qolgan edi (11-12-betlar).
Islom Karimovning o’zi bir intervyusida O’zbekiston rahbari etib tayinlashini, o’sha paytdagi siyosiy vaziyatning naqadar og’irligini quyidagicha hikoya qiladi: «Men qanday qilib O’zbekiston Kompartiyasi Markazqo’mining birinchi kotibi bo’ldim? 1989 yilning iyuni edi. Tahlikali kunlar. Farg’ona, Qo’qon, Quvasoy, Guliston, Parkent, Bo’kada qonli to’qnashuvlar payti edi.
Xuddi bug’ qozonni qopqog’i otilib ketgandek. Xo’rlik va tahqirli yillarda yig’ilib qolgan alamlar butun respublikada to’lqin bo’lib ko’tarilgan. Hokimiyat vaziyatni boshqarolmay qolgandi.
Bu boshboshdoqlikni to’xtata oladigan odamni axtarishardi.
Natijada menda to’xtashdi. Men, albatta, qanday mas’uliyatni bo’ynimga olayotganimni bilardim. Nafaqat mansab, obro’yimni, balki butun hayotimni garovga qo’yayotganimni bilardim».[5]
Islom Karimovning siyosiy donishmandligi va tadbirkorligi tufayli O’zbekiston qisqa vaqt ichida to’fon bo’lib bostirib kelayotgan falokatdan saqlanib qoldi, millatlararo qarama-qarshiliklarga barham berildi, fuqarolar urushi yong’ini o’chirildi, ko’p millionli aholi yashaydigan respublikada va mintaqada tinchlik va osoyishtalik ta’minlandi, ko’pmillatli respublikamizda millatlar va dinlar o’rtasida totuvlik va barqarorlikka erishildi. Islom Karimov hokimiyat tepasiga kelgan mamlakatda tartib o’rnatildi. Buning uchun hech bo’lmaganda Farg’ona fojiasining va O’sh viloyatidagi o’zbeklar bilan qirg’izlar o’rtasidagi qurolli qarama-qarshiliklarni oldi olinganligini eslashning o’zi kifoya.
Islom Karimov tashabbusi bilan Oliy Kengashda 1990 yil 20 iyunda qabul qilingan «O’zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiya» o’zbek davlatchiligi tarixida birinchi tinch yo’l bilan o’z taqdirini o’zi belgilash huquqi to’g’risidagi hujjat edi. Unga ko’ra o’zbek xalqining davlat boshqaruvida har bir millatning o’z taqdirini o’zi belgilash huquqini va farovon hayot kechirishini ta’minlashni oliy maqsad deb o’z zimmasiga olgan holda, xalqaro huquq qoidalariga asoslanib, o’zining «Davlat mustaqilligi to’g’risidagi Deklaratsiyasi» ni e’lon qildi. Bundan buyon O’zbekiston o’zining tashqi munosabatlarida, davlat hokimiyati masalalarini hal etishda tanho hokimligini, uning chegaralari va hududi daxlsiz ekanligi, o’z taraqqiyot yo’lini, o’z nomini, davlat ramzlarini (gerb, bayroq, madhiya) o’zi ta’sis etishi va demokratik huquqiy davlat tashkil topganligini butun dunyoga ma’lum qildi.
O’zbekistonda Prezidentlik lavozimining joriy etilishi mamlakatimiz xalqlari hayotida ro’y bergan buyuk tarixiy voqea bo’ldi.
O’zbekistonda prezidentlik lavozimining ta’sis etilishini tasodifiy hodisa deb bo’lmaydi. Buni ob’ektiv zaruriyatga aylantirgan, kun tartibiga keltirib qo’ygan bir qancha sabablar mavjud edi. Ana shu sabablar, zaruriyatlar haqida batafsilroq to’xtalib o’tish maqsadga muvofiqdir.
Download 24,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish