4. Ignaga ip o‘tkazilib, ramkaga mahkamlanadi. 5.Ip ramkadan bo‘ylamasiga aylantirib tortiladi. Bu bo‘ylama ip bo‘ladi. 6.Boshqacha rangli ip ikki qavat qilib mokiga o‘raladi va bo‘ylama iplar orasidan (birining ustidan, ikkinchisining ostidan) o‘tkaziladi. Bu ko‘ndalang iplar sanaladi. 7. Ish so‘nggida oxirgi ip uzilmay aylantirib qaytariladi. Gazlamaning ikki yon tomonida milk hosil bo‘ladi. 3. Rangli tasmalar oq qog‘ozning orqa tomonidan o‘tkaziladi. Ular navbatmanavbat, goh tanda ostidan, goh ustidan o‘tkazib to‘qiladi. Har bir tasmaning uchi oq qog‘ozning orqa tomonidan kirib to‘qib borilib, oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugasin. Ularning har ikkala uchi oq qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi. 8.Tayyorlangan namuna ishchi daftarga yopishtiriladi.
Sarja to‘qish va uning amalda bajarilishi
- Sarja to‘qishda ham xuddi polotno o‘rilishi kabi shu o‘lchamdagi oq va rangli qog‘ozlardan foydalaniladi hamda o‘sha tartibda kesib olinadi.
- Rangli lentalar oq qog‘ozning orqa tomonidan o‘tkaziladi. Ular birinchi qatorda navbatma-navbat, goh 2 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan o‘tkazib to‘qiladi.
- Ikkinchi qatorda lentalarni birinchi 1 ta tanda ostidan, goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi va oxirida yana orqa tomoniga chiqib tugaydi.
- Uchinchi qatorda lentalarni goh 1 ta tanda ustidan va goh 2 ta tanda ostidan o‘tkazib to‘qiladi.
- To‘rtinchi qator birinchi qatordagi kabi qaytadan boshlab to‘qiladi. Hamma qatorda lentalarning har ikkala uchini oq qog‘ozga yelimlab qo‘yiladi.
- Tayyorlangan namuna ishchi daftarga yopishtiriladi.
1. Ikki tomonli va ikki qatlamli o‘rilishlar
2. Tukli o‘rilishlar
3. Pike o‘rilishlar
4. Halqali o‘rilishlar
5. O‘ramali o‘rilishlar
|
Murakkab o’rilishlar ikki va undan ko’p iplar sistemasidan hosil bo’ladi. Murakkab o’rilishlar jumlasiga ikki tomonli, ikki qatlamli, tukli, pike, halqali va o’ramali o’rilishlar kiradi.
Ikki tomonli va ikki qatlamli o’rilishlar ip gazlamalar (satin-triko, bayka) va draplar to’qishda qo’llaniladi. Draplar to’qishda qo’llanilgan qo’shimcha iplar sistemasi gazlamaning qalinligi, zichligi va issiqni saqlash xossalarini yaxshilaydi.
Ikki tomonli o’rilishlar uchta iplar sistemasidan hosil bo’ladi. Bunda ikki tanda va bir arqoq yoki ikki arqoq va bir tanda bir-biriga zich o’rilishadi.
Ikki qatlamli o’rilishlar to’rt yoki beshta iplar sistemasidan hosil bo’ladi; bunday o’rilishda tudilgan gazlama ikki alohida gazlamadan iborat bo’lishi mumkin. Bu gazlamalar o’zaro to’rt sistemaning tashkil qiluvchilaridan biri bilan yoki qo’shimcha beshinchi sistema bilan biriktiriladi. Ikki qatlamli o’rilishda to’qilgan gazlamalarning o’ngi va teskarisi sifati va tola tarkibi har xil iplardan bo’lishi, o’ngi sidirg’a, teskarisi esa katak-katak yoki yo’l-yo’l guldor bo’lishi yo bo’lmasa, ikkala tomoni sidirg’a, lekin turli rangda bo’lishi mumkin.
Pike o’rilish murakkab bo’lib, qo’shimcha sistema qo’llanilishi bilan sohta pikedan farq qiladit. Pikening o’ngi polotno o’rilishda to’qiladi, qo’shimcha sistema esa uni tortib, qavariq gul hosil qiladi.
Tukli o’rilishda to’qilgan gazlamalarning o’ngida qirqma tik tuklar bo’ladi. Tuklar yaxlit yoki kengligi har xil yo’llar tarzida naqshdor bo’ladi. Yo’llar ichida mayda tukli naqshlar bo’lishi mumkin.
|
Do'stlaringiz bilan baham: |