ADABIYOTLAR SHARHI
Kiyimning paydo bo‘lganiga juda ko‘p asrlar bo‘lgan. Uning paydo bo‘lishi ob-havo sharoiti, ishlab chiqarish kuchlari, vositalarining rivojlanishi bilan bog‘liq. Tikuvchilik kasbining paydo bo‘lishi G‘arbiy Yevropada XII asrga, Rossiya shaharlarida esa XIY asrga to‘g‘ri keladi. Qadimgi Rossiyada kiyimni «portishe», kiyim tikadigan ustalarni «portnoy» deb atashgan. XIY asrdan «plate» so‘zi ishlata boshlangan1.
Kiyimni bichish birinchi bo‘lib Sharќda paydo bo‘lsa-da, soha sifatida u Yevropada rivojlandi.
Bichish-tizimini birinchi bo‘lib 1818 yilda fransiyalik Mishel ismli kishi ixtiro etgan. Shu tariqa bichish-tikish kasbiga eng kerakli hunar deb qaralib kelinmoqda. Tikuvchilik o‘zbek xalqining eng qadimdan o‘rganib kelgan hunarlaridan biriga aylandi. Hunar o‘rgatish va o‘rganishning fazilati haqida allomalarimiz o‘z asarlarida juda ko‘p yozganlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |