4.2-rasm.O’zluksiz ishlaydigan harakatchan qatlamli adsorberning sxemasi: I — adsorbentni sovitish seksiyasi; II — adsorbsiya seksiyasi; III — regenerasiya seksiyasi; 1 va 2 — taqsimlovchi moslamalar; 3 — taqsimlovchi tarelka; 4 — zatvor (tushirish mexanizmi).
Gaz va qattiq fazalar zichliklari o’rtasida katta farq borligi sababli keyingi yillarda adsorbsiya jarayonlarini adsorbentning mavhum qaynash holatida olib borish keng tarqalmoqda. Bunday jarayonlarda adsorbentni o’zatish uchun pnevmotransport, gaz oqimlaridan qattiq zarrachalarni ajratish uchun esa siklonlar qo’llanilmoqda.
4.3-rasmda o’zluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli qurilmaning sxemasi berilgan. Bu qurilmaning tarkibi qatoriga adsorber I va desorber 6 kiradi. Dastlabki gaz aralashmasi regenerasiya qilingan adsorbent bilan birgalikda shtutser 10 orqali adsorberga kiradi. Adsorbetning yuqorigi qismidan yutilmagan gaz chiqadi, uning tarkibidagi adsorbentning zarrachalari separasion bochshliq 2 va siklon 3 da ajratiladi. O’zida gaz fazasidan bir yoki bir necha komponentlarni yutib olgan adsorbent isitgich 9 ga tushadi. Isitgichda adsorbent desorberdan chiqayotgan bug`-gaz aralashmasi bilan isitiladi va sochngra desorbsiya qiluvchi agent (odatda suv bug`i) yordamida quvur 8 orqali desorberga o’zatiladi. Desorber isituvchi qobiq, separasion bochshliq 5 va siklon 4 bilan tachminlangan. Regenerasiya qilingan adsorbent issiqli almashgich 7 da soviydi va adsorberga qaytariladi.
Mavhum qaynash qatlamli qurilmalar bir qator afzalliklarga ega: adsorbsiya va desorbsiya jarayonlari o’zluksiz ravishda boradi, fazalar o’rtasidagi kontakt yuza katta; adsorbent zarrachalari qurilmaning ichida jadal aralashadi; ish unumdorligi yuqori va hokazo.
4.3-rasm. O’zluksiz ishlaydigan mavhum qaynash qatlamli adsorbsiya qurilmasining sxemasi: 1 — adsorber; 2, 5 — separasiya bochshliqlari; 3, 4 — siklonlar; 6 — desorber; 7 — issiqlik almashgich; 8 — quvur; 9 — isitgich; 10 — shtutser.
Mavhum qaynash qatlamli qurilmalarning ishini samarali olib borish uchun bir qator murakkab texnikaviy vazifalari hal qilishga tochg`ri keladi. Bular qatoriga quyidagilar kiradi: adsorbentning o’zluksiz harakatini uyushtirish; adsorbent zarrachalarining yoyilib ketishini minimumga keltirish; adsorbentning chang holatidagi mayda zarrachalarini qurilmadan chiqib ketishiga yo’l qochymaslik. Shunday kamchiliklarni yo’qotish uchun, birinchidan yuqori darajadagi mustahkam adsorbentlardan foydalanish, ikkinchidan esa adsorber va desorberni konstruktiv jihatdan mukammal qilib tayyorlash maqsadga muvofiq bo’ladi.