Toqi telpakfurushon
Toqi telpakfurushon (fors telpakfurushlar
toqi) — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik
(16a). Bosh kiyimlar tayyorlash va
sotishga moʻljallangan gumbazli bino.
Vaqf hujjatlariga koʻra, turli tomonlardan
kelib tutashgan 5 koʻchaning kesishgan
joyida qurilgan (1570—71). Bino
choxarsoʻki Axanin, Toqi kitobfurushon,
Toqi Xoʻja Muhammad Parron kabi
nomlar bilan atalgan. Bosh gumbazi 6
qirrali devor ustiga oʻrnatilgan, atrofi —
koʻcha, koʻchalardan kirish qismlari esa
kichik gumbazchalar bilan yopilgan.
Gumbaz diametri 38 m, zal shifti 10 m,
savdo koʻchasining saklanib qolgan
maydoni 28 m, koʻcha kengligi 14 m.
Oʻtmishda gumbaz ostida bosh kiyim va
kitob sotuvchi muqovasoz ustalarning
doʻkonlari boʻlgan.