Abduraimov Davlatyor
Topshiriqlar
1.Savollarga javoblar
Mulkning boshlang’ich tushunchalari mulk, mulkiy huquq to’g’risidagi ilk bilimlar insoniyat paydo bo’lishi, bunda uning hayotiy nafs va naf zarurati instinktlarini qondirish, ibtidoiy jamoasida nufuzli “alfa-shaxs” yoki hech bo’lmasada boy-badavlat shaxs mavqeyiga sazovorlik orzu-istagiga erishish maqsadlarida mulkka ega bo’lish bilan bog’liq primitive huquqiy xatti-harakatlarni amalga oshirish tajribalari negizida shakllana boshlangan. Xullas ilk bor mulk tushunchasi kimgadir tegishli qandaydir foydali buyum degan primitiv tasavvur sifatida tor ma’noda yuzaga kelgan.
Mulk shaxsiy, xususiy, davlat, munitsipal, tijoratiy-jamoa (birgalikdagi yoki sherikchilikka asoslangan), ijtimoiy-jamoa (partiya va siyosiy harakatlarga, diniy tashkilotlarga, nodavlat va notijorat tashkilotlarga, jumladan, hayriya fondlariga, tegishli) shakllarda bo’lishi mumkin. Umumiy mulk bo’linmas va bo’linuvchi bo’lishi mumkin. Xususiy mulk huquqi mol-mulkiga xususiy tarzda egalik qilish, undan foydalanish va uni tasaruf etish huquqlaridan iborat.Tijoratiy-jamoa shaklidagi mulkchilik turlicha yo’llar bilan shakllanishi mumkin: faqat xususiy mulklar birikmasi yoki faqat davlat mulki yohud davlat va xususiymulklar birikmasi yaratilishi yo’llari bilan.
Mulkni obyekt deb olib, unga ta’sir etuvchi omillarni bozor ko’rsatkichlari orqali ifodalash mumkinligi ayon bo’ladi. Mulkning tabiati va hayot sikliga, mulkiy munosabatlarga, mulk qiymati va narxiga, xossalariga, ular shakllanadigan bozorlarga turli ichki fundamental, maxsus va tashqi omillar ta’sir qiladi.
Mulkchilik tizimi – jamiyatda o’rnatilgan mulkchilik shakllariga mos instrumental institutsional va funksional tuzilmalarni va ular bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy-informatsion munosabatlar mexanizmini birlashtiruvchi yahlit tizimli majmua. Mullkchilik tizimining samadorligi mulkdorlarning huquq va majburiyatlari, mas’uliyat va manfaatlarini samarali amalga oshirishi uchun mulkiy munosabatlar uchun davlat tomonidan yaratilgan qulay shart-sharoitlar va mulkdorlik institutlari faolligi bilan belgilanadi. Bunda yaratilgan shart-sharoitlar sifatini risklar hamda siyosiy , iqtisodiy, ijtimoiy, huquqiy va boshqa omillarning kompleks ta’siri belgilaydi.
Bunda mulkchilik tizimining tarkibiy qismlari bo’lgan mulkdorlik institutlari, ularning mulkiy munosabatlari uchun mulk turlari bilan bog’liq professional xizmatlar bozori va mulk narxi shakllanuvchi mulk bozori faoliyatlari samaradorligiga hamda davlatning samarali regulyativ siyosatiga erishish dunyoning barcha mamlakatlari ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida muhim ahamiyat kasb etadi.
“Ne’mat-fantom-mulkdor” uchligi g’oyasi o’zaro uzviy bog’langan N-zamonaviy ne’mat, uning ekvivalentlari bo’lmish huquqiy fantomlari(H) va iqtisodiy fantomlari (I), instimktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli faoliyat yurituvchi mulkdor (NM) – yaxlit birligidan iborat. Umuman olganda, “ne’mat-fantom-mulkdor” triadasi g’oyasining mazmuni ne’mat to’g’risidagi multifan nazariyasining basis ilmiy qarashi hisoblanadi. Zero, ushbu nazariya ijtimoiy-iqtisodiy siste’mologiyaning muhim yo’nalishlaridan bo’lmish mulk to’g’risidagi multifanga asoslanadi. Ya’ni, bu triadada mulkdor o’zining nafsiga va manfaatiga mos qiymatli va narxli ne’matga ega bo’ladi degan prinsip o’rinli.
Mulk huquqlari deganda odamlar orasida mavjud ne’matlarni ishlatilishiga tegishli bo’lgan o’zaro ruxsat etilgan hulq-atvoriy munosabatlr tushunilishi mumkin. Shunday qilib umumlashtirib aytish mumkinki, mulk huquqlari deb odamlarning yuqorida keltirilgan mulk huquqi nazariyasi doirasida resurslarga oid huquqlarga ega bo’lish bilan bog’liq munosabatlarni jamiyat tomonidan sanksiyalangan tartibga soluvchi normalar tushuniladi.
Mulkiy huquq nazariyasining markaziy tushunchasi bu, mulk va mulkiy huquq ne’mat to’g’risidagi multifan nuqtayi nazaridan Tovar, capital va mulkiy munosabatlar vositasi shakllarida namoyon bo’lib, ularning har biri o’z xossalariga ega bo’lgan holda sifatiy va miqdoriy ko’rsatkichlarga, ijtimoiy, iqtisodiy va information ta’minotga hamda yuridik konstruksiyaga ega bo’ladi.
Mulkiy huquqlar triadasi – egalik qilish, foydalanish, tasarruf etish.
2. “Mulk, qiymat va narxning nazariy asoslari fanining boshqa fanlar bilan aloqasini tahlil qiling va xulosalarni shakllantiring
3.“Ne'mat-fantom-mulkdor” triadasining tuzilmaviy-funktsional sxemasini tushuntiring va izohlang
“Ne’mat-fantom-mulkdor” uchligi g’oyasi o’zaro uzviy bog’langan.
N - zamonaviy ne’mat (turfalangan moddiy va nomoddiy shakllardagi ijtimoiy-iqtisodiy-huquqiy axborotlar bilan ta’minlangan boylik);
H - uning ekvivalentlari bo’lmish huquqiy fantomlari;
I - iqtisodiy fantomlari;
NM - instinktiv nafs omili yetakchiligida sotsiumda ongli ravishda nafli (o’zi uchun manfaatli, foydali) faoliyat yurituvchi mulkdor.
4. Mulkchilik tizimining namunaviy tuzilmaviy funktsional modelini tushuntiring va izohlang.
Mulkchilik tizimining namunaviy funksional tuzilmasini quyidagi modelda ko’rsatilganidek tasvirlash mumkin.
M-mulk bozorlari;
B-mulk turlari bilan bog’liq professional xizmatlar bozorlari;
S-mulkiy huquq subyektlari,ularning barchasi faoliyatini tartibga solib turuvchi;
R-refulyator kabi ushbu tuzilma tarkibiy qismlari fuqarolik huquqlari obtektlari (FHO) bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatsion-huquqiy munosabatlarni amalga oshiradi.
Modelda M,B,C,R elementlar orasidagi o’zaro bog’lanish chiziqlariularni mulkiy munosabatlarda bo’lishini ko’rsatadi. Bunda mulkchilik tizimi undagi barcha M,B,S,R elementlarning FHO bilan bog’liq ijtimoiy-iqtisodiy-informatison-huquqiy munosabatlarni amalga oshirish faoliyati bilan harakatga keltiriladi.
Test
Do'stlaringiz bilan baham: |