Sud amaliyoti. Oldi-sotdi shartnomasi yuzasidan kelib chiqqan muammoli
vaziyat.
Yakka tartibdagi tadbirkor "PRIZMA BEKOBOD" MCHJ bilan fuqaro
Umarov Yodgor Inomjonovich o'rtasida 08.11.2021 yilda muddatli toʻlov sharti
bilan oldi-sotdi shartnomasi imzolangan. Shartnomaning 1.1 bandiga koʻra
"PRIZMA BEKOBOD" MCHJ fuqaro Inomjonovichga mol-mulkni yetkazib berish
majburiyati, fuqaro Inomjonovich esa mahsulot haqqini shartnomada kelishilgan
muddatlarda grafik asosida toʻlash majburiyatini olgan. Ammo "PRIZMA
BEKOBOD" MCHJ tomonidan shartnomaga asosan oʻz majburiyatlarini
bajarganligini, biroq fuqaro Inomjonovich shartnoma asosida sotib olingan mahsulot
uchun to'lovlarni belgilangan muddatlarda toʻlamasligi oqibatida jami 10 901 315
(o'n million toʻqqiz yuzi bir ming uch yuzi oʻn besh) soʻm qarzdorlik yuzaga kelgan.
Shartnomaning 5.1-bandida sotib oluvchi tomonidan toʻlov oʻz vaqtida kiritilmagan
taqdirda, sotuvchi xaridordan toʻlanishi lozim boʻlgan toʻlovlarni muddatidan oldin
qaytarishini talab qilish huquqiga ega ekanligi belgilab qoʻyilgan.
Shularga asoslangan holda MChJ sudga fuqaro Inomjonovich tomonidan
qarzdorlik toʻlanmaganligini koʻrsatib, Inomjonovich tomonidan oʻzing foydasiga
10 901 315 soʻm qarzdorlik, davlat boji uchun 436 053 soʻm va pochta xarajatlari
uchun
21 000 soʻm jami 11 358 368 soʻm undirishni soʻragan.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 234-moddasiga ko‘ra, majburiyat fuqarolik
huquqiy munosabati bo‘lib, unga asosan bir shaxs (qarzdor)boshqa shaxs (kreditor)
foydasiga muayyan harakatni amalga oshirishga,chunonchi mol-mulkni topshirish,
ishni bajarish, xizmatlar ko‘rsatish,pul to‘lash va hokazo yoki muayyan harakatdan
o‘zini saqlashga majbur bo‘ladi, kreditor esa qarzdordan o‘zining majburiyatlarin
4
bajarishni talab qilish huquqiga ega bo‘ladi. Majburiyatlar shartnomadan, ziyon
yetkazish natijasida hamda ushbu Kodeksda ko‘rsatilgan boshqa asoslardan kelib
chiqadi.
O‘zbekiston Respublikasi FKning 236-moddasiga ko‘ra, majburiyatlar
majburiyat shartlariga va qonun hujjatlari talablariga muvofiq, bunday shartlar va
talablar bo‘lmaganida esa, ish muomalasi odatlariga yoki odatda qo‘yiladigan
boshqa talablarga muvofiq lozim darajada bajarilishi kerak.
O‘zbekiston Respublikasi Fuqarolik kodeksining 260-moddasi 1-qismiga
ko‘ra, qonun hujjatlari yoki shartnoma bilan belgilangan, qarzdor majburiyatni
bajarmagan yoki lozim darajada bajarmagan taqdirda kreditorga to‘lashi shart
bo‘lgan pul summasi neustoyka hisoblanadi.
Mazkur Kodeksning 261-moddasi 1 va 2-qismlariga asosan neustoyka jarima
yoki penya shaklida bo‘ladi. Qarzdor majburiyatlarni bajarmagan yoki lozim
darajada bajarmagan hollarda to‘laydigan va qoida tariqasida, qat’iy pul summasida
hisoblanadigan neustoyka jarima hisoblanadi. Mazkur kodeksining 326-moddasiga
ko‘ra, agar to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoyka kreditorning majburiyatini buzish
oqibatlariga nomutanosibligi ko‘rinib tursa, sud neustoykani kamaytirishga haqli.
Bunda qarzdor majburiyatni qay darajada bajarganligi, majburiyatda ishtirok
etayotgan taraflarning mulkiy ahvoli, shuningdek kreditorning manfaatlari e’tiborga
olinishi kerak. Sud alohida hollarda qarzdor va kreditorning manfaatlarini hisobga
olib, kreditorga to‘lanishi lozim bo‘lgan neustoykani kamaytirish huquqiga ega.
Shunga koʻra sud FPKning 249-253-280-moddalariga asosan quyidagicha
qaror qiladi: "PRIZMA BEKOBOD" MCHJ foydasiga fuqaro Umarov Yodgor
Inomjonovichdan 10 901 315 soʻm qarzdorlik, 536 053 soʻm davlat boji va 21 000
ming soʻm pochta xarajatlari undirilsin.
5
Do'stlaringiz bilan baham: |