Mavzu : Elektromagnit tebranish konturi.
Topshiriq rejasi:
1. Elektromagnit tebranish konturining ta’rifi.
2. Elektromagnit konturining potensial va kinetik energiyalari konturning qaysi
qismida joylashadilar.
3. Tebranish konturining tebranish davri va chastotasi.
4. Tebranish konturida zaryadning, tok kuchining va kuchlanishning erkin
garmonik tebranishlari ifodalari.
5. Ochiq tebranish konturi.
6. Radio to‘lqinlarini uzatish va qabul qilishda tebranish konturining ishlash
prinsipi.
7. Xulosa;
8. Foydalanilgan adabiyotlar.
1. Tebranish konturi deb bir-biri bilan o‘tkazgichlar yordamida ulangan C kondensator va induktivlik L dan iborat elektr zanjirga aytiladi
Q o’shimcha: Tebranish konturi har qanday radiotexnik qurilmaning ajralmas qismi hisoblanadi. Radio o‘tkazgichlarda tebranish konturi fazoda elektromagnit to‘lqinlarni nurlantirish uchun, radio qabul qilgichlarda (radiopriyomniklarda) elektromagnit to‘lqin-lar spektridan kerakli qismini ajratib olish uchun xizmat qiladi.
2. C kondensatorni L induktivlikka tutashtiramiz (2b-rasm). Kondensator zaryadsizlana boshlaydi va uning elektr maydoni kamaya boradi. Shu bilan birga konturda elektr toki paydo bo‘ladi va uning natijasida induktiv g‘altagida magnit maydoni hosil bo‘ladi.
Ideal konturda chorak davrdan keyin elektr maydon energiyasi to‘la magnit maydon energiyasiga aylanadi:
(2)
bunda L – g‘altak induktivligi; J – g‘altakdan oqayotgan tok kuchining maksimal qiymati. Bu holda kondensator qoplamalari orasidagi kuchlanish nolga teng, U=0. Tebranish konturining bunday holati matematik mayatnikning muvozanat holatidan o‘tish paytidagi holatga to‘g‘ri keladi. Bunda sistemaning potensial energiyasi to‘la kinetik energiyaga aylanadi.
3. Mexanik va elektr tebranishlar orasidagi o‘xshashlikdan foydalanib, konturdagi xususiy tebranishlar chastotasini topish mumkin. Prujinali mayatnikning tebranishini qaraganda, uning tebranish davri yukning massasi va prujinaning bikrligiga bog‘liqligini aniqlagan edik. Tebranish konturda massa rolini L induktivlik, bikrlik rolini sig‘imga teskari kattalik 1/S o‘ynaydi.
Shunday qilib, tebranish konturidagi erkin so‘nmas elektromagnit tebranishlarning davri Tomson formulasidan aniqlanadi:
(3)
Tebranish davrini bilgan holda elektromagnit tebranishlarning xususiy chastotasi va xususiy davriy chastota ω0 ni aniqlash mumkin:
(4)
(5)
4. (8)
Kondensatorning birinchi qoplamasidagi zaryadni q desak zanjirdagi tok kuchi quyidagicha bo‘ladi.
(9)
(9) formuladagi minus ishora qo‘yilishi sababi shundaki, (b) tenglamani tuzishda tokning 3-rasmda ko‘rsatilgan musbat deb qabul qilingan yo‘nalishiga kondensatorning birinchi qoplamasidagi musbat zaryadning kamayishi mos keladi ( ).
Kondensator qoplamalari orasidagi potensiallar ayirmasi quyidagiga teng:
(10)
(9) va (10) ifodalarni (8) tenglamaga qo‘yib hosil qilamiz:
(11)
Bu differensial tenglama shakli bilan prujinaga osilgan yukning so‘nuvchi tebranishlari differensial tenglamasiga o‘xshaydi:
(12)
Yukning massasi m o‘rniga zanjirning L induktivligi, qarshilik koeffitsiyenti r o‘rniga zanjirning qarshiligi R, prujinaning elastik koeffitsiyenti k o‘rniga sig‘imiga teskari bo‘lgan – 1/S kattalik kelmoqda.
Mexanika bo‘limida bizga ma’lumki, (12) tenglamaning yechimi quyidagi ko‘rinishga ega:
(13)
(14)
ω – prujinadagi yukning so‘nuvchi tebranishlari siklik chastotasi;
A0 va φ0 – amplituda va fazaning boshlang‘ich qiymati.
(13) va (14) formulalarda m, r va k larni L, R va 1/S lar almashtirib (11) differensial tenglama yechimini topamiz.
(15)
(16)
Shunday qilib, zaryadlangan kondensatorni ketma-ket ulangan induktivlik va elektr qarshilikdan iborat zanjirga ulanganda kondensatordagi zaryad so‘nuvchi tebranishlar hosil qiladi. Shuning uchun qurilayotgan zanjir tebranish konturi degan nom olgan.
(17)
β kattalik so‘nish koeffitsiyenti deb ataladi. (15) dan ko‘rinadiki, kondensator zaryadi q ning tebranishlar amplitudasi A, quyidagiga teng:
(18)
Kondensatorning qoplamalari orasidagi potensiallar ayirmasi zaryad q ga proporsional. Shuning uchun
(19)
(15) va formulalardan tebranish konturidagi tok kuchi uchun quyidagi ifodani hosil qilamiz:
++ (20)
++ (24)
++++ (25)
6. Hozirgi zamon radiouzatgich va radio qabul qilgichning funksional sxemasi 6-rasmda ko‘rsatilgan.
4 5
6
So‘nmas (1) tebranishlar generatori yuqori chastotali tebranishlar hosil qiladi. Tovush tebranishlari mikrofon yordamida elektr tebranishlariga aylantiriladi. (1) generatordan tebranishlar va tovush tebranishlar modulyator deb ataluvchi (2) qurilmaga tushadi. Bu qurilmada tovush tebranishlari ta’sirida generator ishlab chiqqan tebranishlarning amplitudasi (amplitudali moldulyatsiya) yoki chastotasi (chastotali modulyatsiya) o‘zgaradi. Amplitudavay modulyatsiyaning misoli 7-rasmda ko‘rsatilgan.
v
t a)
v
t b)
v
t v)
7-rasm.
7a-rasmda generatorning signali, 7b-rasmda modulyatorda mikrofondan tushuvchi signal, 7v-rasmda modulyatsiyalangan signal ko‘rsatilgan. So‘z va musiqani uzatish uchun modulyatsiya tovush chastotasida (1013)103 Gs amalga oshiriladi.
(3) kuchaytirgichda kuchaytirilgandan keyin modullangan tebranishlar (4) uzatuvchi antennaga o‘tadilar. Bu antenna ochiq tebranish konturi bo‘lib, efirda elektromagnit to‘lqinlar tarqatadi.
Radiouzatgichdan ma’lum masofada radio qabul qilgich joylashgan. Elektromagnit to‘lqinlar radio qabul qilgichning (5) antennasiga kelib, (5b) konturda elektromagnit tebranishlar hosil qiladilar. (5b) konturda sig‘imi o‘zgaradigan kondensator ulangan. Kondensator sig‘imini o‘zgartirib, konturning xususiy tebranishlar chastotasini o‘zgartirish mumkin. Shunday yo‘l bilan qabul qiluvchi konturni qabul qilinadigan elektromagnit to‘lqinlar chastotasi bilan rezonansga keltiriladi. Qabul qilinayotgan yuqori chastotali tebranishlar (7) – kuchaytirgichga o‘tadi va undan esa detektorga tushadi. Detektorda yuqori chastotali modullangan tebranishlarni past chastotali tebranishlarga aylanish jarayoni sodir bo‘ladi. Keyinchalik past chastotali tebranishlar (9) kuchaytirgich yordamida kuchaytiriladi va dinamikka uzatiladi. Mikrofonga kelib tushayotgan informatsiya dinamik yordamida qayta tiklanadi.
Radioeshittirish uchun radioto‘lqinlarning hamma diapazonlari ishlatiladi.
6.Xulosa
Elektromagnit tebranishlar konturining texnikada ko’plab sohalarda qo’llaniladi . Bu bizning radio aloqa televedeniya aloqasi uchun juda muhin hisoblanadi. Konturning ikki turi borligi ochiq va yopiq ko’rinishlarini bilan tanishib chiqdik nazariy bilimlarni amallda qo’llasak albatta yaxshi natijalarga erishiladi.
7.Foydalanilgan adabiyotlar
1. Q.P.Abduraxmanov, V.S.Xamidov, N.A.Axmedova. FIZIKA. Darslik.
Toshkent. 2018 y.
2. Douglas C. Giancoli. Physics. Principles with Applicathions. January 17,
2004 USA ISBN-13^ 978-0-321-62592-2.
3. Абдурахманов К.П., Тигай О.Э., Хамидов В.С. Физикадан
мультимедиа лекциялар тўплами. Ўқув қўлланма. 2013 й. Pdf + диск +
СНМ.
4. Internet sahifalari.Arxiv.uz
Do'stlaringiz bilan baham: |