BIOS(Basic Input/Output System) — asosiy kiritish-chiqarish tizimi bo‘lib, motherboard(materinskaya plata)’da alohida chip sifatida ishlaydi. Bu chipning vazifasi kompyuter va operatsion tizimni bir-biriga bog‘lashdan iborat. Har safar kompyuter yoqilganda dastlab BIOS ishlaydi, kompyuter uskunalari parametrlarini tekshiradi va operatsion tizim yuklanuvchi fayliga(dasturiga) o‘z ishini beradi(NTLDR, bootmgr).
BIOS quyidagi vazifalarni bajaradi:
— kompyuterni faollashtirish, barcha elementlarini boshlang‘ich holatga keltirish;
— kompyuter qurilmalarini dastlabki tekshiruvini amalga oshiradi(POST-test);
— kompyuter qurilma qismini dastlabki sozlash ishlarini amalga oshiradi;
— tizim resurslarini taqsimlaydi;
— PCI qurilmalarini ro‘yxatdan o‘tkazish va sozlash;
— operatsion tizimni dastlabki yuklanishini amalga oshiradi(bootmgr);
— qurilmalarni bir-biri bilan moslashuvini tekshiradi;
— elektr ta’minotini boshqarish, kompyuterni o‘chirish, uxlash holatiga o‘tkazish.
Do'stlaringiz bilan baham: |