topshiriq. Ekologik omillar ga bo’linadi. 1- abiotik, 2-Biotik va 3-Antropogen. Abiotik omillar



Download 27,95 Kb.
bet12/12
Sana17.07.2021
Hajmi27,95 Kb.
#122022
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
2-seminar

9-topshiriq

1.Қандай ҳаёт муҳитларини биласиз?

4 ta asosiy hayot muhitlari bor. 1. Suv muhiti, 2.Tuproq muhiti, 3. Havo muhiti. 4. Tirik mavjudotlar muhiti.

Suv muhiti. Yer yuzida eng keng tarqalgan yashash muhiti bo‘lib,

okeanlar, kontinentlarning suv havzalari va yerosti suvlarini o‘z ichiga oladi. Suv muhitida yashovchi organizmlar gidrobiontlar (yunoncha «hydor» – suv, «bios» – hayot) deyiladi.

TUPROQ muhiti. Yer po‘stining g‘ovak, unumdor yuza qatlami tuproq deyiladi. Tuproq iqlim va biologik omillar ta’sirida hosil bo‘lgan. Qattiq

tuproq zarralari orasida havo va suv bo‘ladi. Tuproq muhitida yashovchi organizmlar edafobiontlar (yunoncha «edaphos» – tuproq, «biontos» – yashovchi) deb ataladi.

Havo muhiti. Quruqlik-havo muhitining o‘ziga xos jihatlaridan biri, bu muhitda yashovchi tirik organizmlar quruqlikda harakatlangani bilan, ularning hayoti bevosita havo muhiti bilan ham bog‘liq. Havo gazlar

aralashmasidan iborat.

Tirik mavjudotlar muhiti. Tirik organizmlar parazit va simbioz hayot kechiradigan organizmlar uchun yashash muhiti hisoblanadi.

Tirik organizmlar – o‘simliklar, hayvonlar, shu jumladan, odam tanasi

boshqa organizmlar uchun yashash muhiti bo‘lib xizmat qiladi

2.Қандай экологик омилларни биласиз?

Ekologik omillar uchta guruhga: abiotik, biotik va antropogen omillarga bo‘linadi. Аbiotik omillar – tirik organizmlarning hayot faoliyati va tarqalishiga ta’sir qiladigan anorganik tabiat tarkibiy qismlari sanaladi. Abiotik omillar to‘rt guruhga bo‘linadi: iqlim omillari – yashash muhitining iqlimini shakllantiruvchi omillar (yorug‘lik, namlik, harorat, havo tarkibi, atmosfera bosimi, shamol tezligi va b.); edafik omillar (yunoncha «edafos» –tuproq) – tuproqning xususiyatlari (namligi, zichligi, mineral tarkibi, organik moddalarning miqdori); topografik omillar (relyef omillari) – joy relyefining o‘ziga xos jihatlari. Ularga balandlik (dengiz sathiga nisbatan) qiyalikning tikligi, qiyalikning ekspozitsiyasi (dunyo tomonlariga nisbatan joylashuvi) kabi omillar kiradi; fizik omillar – tabiatdagi fizik hodisalar (Yerning tortish kuchi, Yerning magnit maydoni, ionlashtiruvchi va elektromagnit

nurlanishlar va b.). Biotik omillar – tirik tabiat omillari. Biotik omillar fitogen (o‘simliklarning ta’siri), zoogen (hayvonlarning ta’siri), mikogen (zamburug‘larning ta’siri) mikrobiogen (mikroorganizmlarning ta’siri) omillarga ajratiladi. Аntropogen omillar – inson faoliyati bilan bog‘liq omillar bo‘lib, ularga boshqa tirik organizmlarning yashash muhitlariga va bevosita ularning hayotiy faoliyatiga ta’sir ko‘rsatuvchi inson faoliyati turlari (atrof-muhitning ifloslanishi, hayvon hamda baliqlarni ovlash, o‘rmonlarni kesish, yerga ishlov berish, foydali qazilmalarni qazib olish va b.) kiradi.

3. Чекловчи омиллар нима?

cheklovchi omilning oʻzi jami omillar qulay boʻlsa ham malum bir turning tarqalishiga tasir koʻrsatadi yoki cheklab qoʻyadi. Chegaralovchi omillar maʼlum geografik arealda turlarning tarqalishini aniqlaydi va bir tur organizmning rivojlanishini ular juda koʻp boʻlganda yoki kam boʻlganda cheklab qoʻyadi. Ekologik omillarning tasir qilishi malum muhitda oʻzgarishi ham mumkin, ular chegaralovchi boʻlishi ham, boʻlmasligi ham mumkin. Masalan biron bir koʻl suvida kalsiy moddasi koʻp boʻlsa (21.2-22.4 mg/l) oʻsimlik va turli hayvonlar yashashi uchun qulay muhit yuzaga keladi va ular son va sifat jihatidan koʻp boʻladi. Agarda koʻl suvida kalsiy moddasi (0.7-2.3 mg/l) kam boʻlsa, u holda organizmlar juda kam uchraydi.

4.Сув экологик омилига нисбатан ўсимликлар ва ҳайвонлар қандай экологик гуруҳларга бўлинади?

Suv muhitida o‘sadigan yuksak o‘simliklar gidrofitlar (yunoncha «hydor» – suv, «phyton» – o‘simlik) deyiladi. Suvda o‘sadigan yuksak o‘simliklarda mexanik to‘qima, o‘tkazuvchi to‘qima va ildiz tizimi kuchsiz rivojlangan, ildizlarida tukchalar bo‘lmaydi. Ba’zi o‘simliklarda ildiz bo‘lmaydi (elodeya), yoki ildiz faqat substratga birikish vazifasinigina bajaradi (qo‘g‘a, o‘qbarg). Suvda kislorod miqdorining tanqisligiga moslashish mexanizmi sifatida o‘simlik organlarida havo bilan to‘lgan to‘qima – aerenxima rivojlangan. Barg yaproqlari yupqa, ba’zi o‘simliklar (suv nilufari, suv yong‘og‘i) barglarining shakli havo va suv muhitida joylashganiga qarab farq qiladi. Suv o‘simliklarining chang donachalari, mevasi va urug‘lari suv o‘tkazmaydigan qobiq bilan qoplangan va suv yordamida tarqaladi.

Suv muhitining hayvonot dunyosi o‘simliklar dunyosiga nisbatan boy. Suv muhitida yashovchi organizmlar quyidagi ekologik guruhlarga ajratiladi: plankton, nekton, bentos. Bu guruhlar morfologik, fiziologik va etologik moslanishlari bilan farq qiladi.Plankton (yunoncha «planktos» – sayyor, ko‘chib yuruvchi) – suv qa’rida yashovchi, mustaqil harakatlana olmaydigan va suv oqimi bilan ko‘chib yuruvchi organizmlar hisoblanadi. Ularga sodda hayvonlar, bo‘shliqichlilar, mayda qisqichbaqasimonlar, baliq tuxumlari va chavoqlari misol bo‘ladi. Bu organizmlarda suv qa’rida sayyor harakatlanishni maxsus moslamalar: uzun o‘simtalar, gazli va yog‘li kiritmalar ta’minlaydi. Nekton (yunoncha «nektos» – suzuvchi) – suvda faol harakatlanadigan, suv oqimiga qarshilik ko‘rsata oladigan, katta masofalarni suzib o‘ta oladigan organizmlardir. Ularga boshoyoqli molluskalar, baliqlar, kitsimonlar, kurakoyoqlilar misol bo‘ladi. Bu hayvonlarda evolutsiya jarayonida suvda faol harakatlanish va suv qarshiligini yengish uchun bir qancha moslanishlar vujudga kelgan. Muskullarning kuchli rivojlanganligi, tanasining suyri shaklda bo‘lishi, terining tangachalar bilan qoplanganligi va shilimshiq modda ajratishi, suzgich va kurakoyoqlarning mavjudligi shunday moslanishlardan hisoblanadi. Bentos (yunoncha «benthos» – chuqurlik) – suv tubida yoki suv tubidagi qum orasida yashovchi organizmlar. Bentos organizmlarda suzuvchanlikni kamaytiruvchi moslanishlar, masalan, chig‘anoq (molluskalar), xitin qobiq (qisqichbaqa, krab, omar, langustlar), suv tubiga yopishuvchi moslamalar (zuluklar so‘rg‘ichlari) mavjud. Skat, kambala baliqlarining tanasi yassilashgan bo‘lsa, lansetnik va o‘troq dengiz halqali chuvalchanglari qumga ko‘milib oladi



5.Эдафик омил нима?

Tuproq, tog’ jinslari va tuproq ostki qatlamlari edafik omillar deyiladi. Tuproq o’simlikni tutib turuvchi asosiy oziqa manbai hisoblanadi. Edafik yoki tuproq omili tuproq va togʻ jinslarining kimyoviy, fizikaviy va mexanik xossalarining muvofiqligi unda yashaydigan organizmlar va oʻsimliklar ildiz tizimiga tasir koʻrsatadi.
Download 27,95 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish