Формацион ёндашув
|
Цивилизацион ёндашув
|
Yangi davrning boshlariga kelib Osiyo va Afrika mamlakatlarida feodal jamiyatning yakunlanishi kuzatildi
|
Yangi davrning keyingi taraqqiyotida jamiyat hayotida bazi joylarda erta, ba’zi joylarda kech bo’lsa ham kapitalizm yuzaga keldi
|
1640-1870 yillar Yangi davrning birinchi bosqichi bo’lib, u davr kapitalizm g’alaba qozonishi va qaror topishi davri bo’ldi
|
1671-yildan boshlab Birinchi jahon urushi yakuniga qadar bo’lgan davr esa Yangi davrning ikkinchi bosqichi bo’lib, u davrda kapitalizm inqirozga uchrab, sotsialistik inqiloblar davri boshlandi
|
Yangi davr birinchi bosqichi bir qator o’ziga hos hususiyatlarga ega bo’lgan. Ya’ni bu davrda yirik kapitalistik sanoatning tez rivojlanishi,burjua-millatchilik harakati va urushlar, yangi milliy davlatlarning tashkil topishi,ishchilar sinfi va ishchilar harakatining o’sishi, kapitalizm ziddiyatlarining kuchayishi yuzaga kelgan
|
Yangi davrning ikkinchi davrida kapitalistik davlatlar ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy hayotida bir qator o’zgarishlar yuz berdi. Iqtisodiyotda erkin raqobat o’rnini monopoliyalarning hukumronligi egalladi.Ishchilar harakati kengaydi, sotsialistik va sotsial-demokratik yo’nalishdagi siyosiy partiyalar tashkil topdi. Mustamlakalar uchun yetakchi davlatlar o’rtasida kurash kuchaydi.
|
Bu davga kelib ko’plab ijobiy yutuqlarga erishildi. Jumladan dastlab ishlab chiqarishda manfakturalar yuzaga kelib, keyinchalik ularning o’rnini mashinalashgan zavod-fabrikalar egalladi.Bug’ divigatellari kashf qilinib, keyinchalik elektr energiyadan foydalanish yo’lga qo’yildi. Transportning yangi turlari kashf qilindi.Fan-texnika sohasida katta yutuqlarga erishilib, bu yutuqlar ishlab chiqarishga joriy qilindi.
|
Bu davrda yaratilgan kashfiyot va ixtirolar jamiyat hayotida ijobiy natija ko’rsatish bn bir qatorda, salbiy oqibatlarga ham olib keldi. Harbiy sohada yangi qurol-yarog’lar, katta vayronagarchilik keltiruvchi qurollar yaratildi. Harbiy-siyosiy bloklar tashkil topib, davlatlar va harbiy-siyosiy bloklar o’rtasida ziddiyatlar kuchaydi va bu oxir-oqibat birinchi jahon urushiga olib keldi. Mustamlakachilik tizimi shakillanib, dunyo yetakchi davlatlar tomonidan taqsimlandi
|
Yangi davrning boshlarida Sharq mamlakatlarida kishilar hayotining davlat va din tomonidan tartibga solinishi ommaviy ko’rinishga ega edi.Davlat soliqlar, to’lovlar,an’anaviy yig’inlar orqali yetishtirilgan mahsulotning asosiy qismini olib qo’yar edi.
|
Sharq jamiyatining taraqqiy etishi bilan xususiy mulk ham rivojlanib bordi. Natijada, amalda Osiyoning barcha mamlakatlarida o’z oliy hukumronligini mustahkamlashga intilayotgan davlat bilan eskirgan tartiblar rivojlanishga to’siq bo’layotgan xususiy mulk o’rtasida qarama-qarshilik mavjud edi.
|