Topshirdi: Umarov S


AMIR TEMUR DAVLATINING SIYOSIY,IJTIMOIY-IQTISODIY MADANIY HAYOTI



Download 75,97 Kb.
bet8/11
Sana15.04.2023
Hajmi75,97 Kb.
#928631
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
I. Kirish. II. Asosiy qism

AMIR TEMUR DAVLATINING SIYOSIY,IJTIMOIY-IQTISODIY MADANIY HAYOTI.Amir Temur kambag‘al dehqonlarga va kasodga uchragan savdogarlarga ularni o‘zlarini tiklab olgunlariga qadar xazinadan moddiy yordam berilishini talab qilgan. Eng muhimi, bu davrda hech bir shahar va qishloqlarda odamlardan jon boshidan olinadigan “sarshumor” va har bir xonadondan olinadigan “xona shumor” soliqlari olinmagan.Sohibqiron 1365-1366-yilningqishidaQarshi shahrining atrofini, 1370-yili Samarqandni devor bilan o ‘rab, qo‘rg‘on bunyod ettirgan. 1380-yili Shahrisabzda Oqsaroy qurishga kirishib, shahar atrofini devor bilan o ‘radi. Bu misollar shundan dalolat beradiki, devor va qo‘rg‘onlar bekorga barpo bo‘lmagan. Ular chegara vazifasini o‘tab, do‘st-dushmandan, bordi-keldidan, ichkari va tashqari, degan so‘zlar ma’nolariga monedir. Ma’lumki, Amir Temur saltana- tining chegarasi harbiy yurishlar vaqtida beqaror edi, lekin shunday boiishiga qaramay uning yurtidan biror bir narsa tashqariga so‘roqsiz olib chiqib ketilmagan.Bu davrda ulufa (oziq-ovqat, maosh va soliq turi) berish quyidagicha edi.Amirlar, mingboshilar, yuzboshilar, o ‘nboshilar va sipohiylarga quyidagi tartibda maosh berilgan: oddiy sipohiyga o ‘z vazifasini o ‘rinlatib bajarishi sharti bilan maoshi mingan otining bahosiga teng bo‘lgan. Bahodirlarning maoshi ikki ot bahosidan to‘rt otgacha tayin qilingan.O‘nboshilar maoshi qo‘l os- tidagi oddiy sipohiylardan o ‘n barobar ortiq bo‘lgan. Yuzboshilar maoshi o‘nboshilarga qaraganda ikki barobar, mingboshilamiki esa yuzboshilamikidan uch barobar ziyoda bo‘lgan.Shuning bilan birga manbalarda chorpilchor (urush) vaqtida xatoga yo‘l qo‘ygan sipohiylarning maoshidan o‘ndan biri kamaytirilgan, deb yoziladi. MaMumki, IX—XII asrlarda Markaziy Osiyoda kechgan buyuk uyg‘onish davri kashfiyotlari, ilm-fan, madaniyat sohasidagi ko‘tarinkilik keyingi asrlar, jumladan, Amir Temur zamoni madaniyati, davlatchiligi rivojlanishiga, Movarounnahrda yagona va qudratli davlat barpo etilishi hamda bu yerda tinchlik-osoyishtalikning ta’minlanishi ilm-fan va madaniyat ravnaqi uchun muhim
omillar edi. Lekin, bulardan tashqari, Temur davlati madaniyatining shiddati va keng doirada yuksalishi mazmunini ishonchli Naqshbandiya tariqati tashkil etgan, ijtimoiy-ma’naviy g ‘oya eng muhim omillardan biri bo‘lib xizmat qilgan. Bu g ‘oya Sohibqiron davlati siyosatining asosi va davlat faoliyati ana shu g ‘oya asosida olib borilgan.Amir Temur va temuriylar davrida o ‘lkada fan va madaniyat barq urib o‘sdi, rivojlandi va kamol topdi. Bu sohada Movarounnahr XIV-XV asrlarda jahon sivilizatsiyasining eng oldingi qatorlaridan joy oldi. Temur va temuriylar davri jahon fani va madaniyatining Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur, Abdurahmon Jomiy, Xoja Ahror, Behzod, Xondamir kabi ulug‘ vakillarini yetishtirib berdi. Mirzo Ulug‘bek, Jaloliddin Ahmad Xorazmiy, Mavlono Termiziy, Mansur ibn Muhammad Buxoriy, Shayx Zayniddin Xofiy, Said Sharif Jurjoniy, G‘iyosiddin Jamshid Koshiy, Ali Qushchi, Muhammad Havofiy, Qozizoda Rumiy kabi allomalar jahon ilm-faniga o‘zlarining munosib his- salarini qo‘shdilar. Bu davrda shoir va mutafakkir Alisher Navoiy ijod etdi va turkiy dunyoni yakqalam qildi. Uning homiyligida tarixchi Xondamir, xattot Sulton Ali, rassom Behzod va boshqalar kamolga yetdilar.Amir Temur va temuriylar davrida hukmdorlarning o ‘zlarini ilm, fan va madaniyatga intilishi, bu sohaga shaxsan homiylik qilishlari XIV-XV asrlarda yurtda jahon tan olgan ikkinchi uyg‘onish (renessans)ning yuz berishiga olib keldi.Amir Temur Samarqandda takrorlanmas memoriy-madaniy obidalar qurdirdi. U qurdirgan Jome masjidi Samarqanddagi eng hashamatli va go‘zal obidalardan va u boshqa binolardan o ‘ymakor marmardan yasalgan 480 pillapoya-ustunlari, darvozaband ulkan ravoqi, masjid binosining bahaybat gum- bazi, peshtoqining salobati va quyosh nurida turli rang ko‘rinishda toblanib turuvchi maftunkor, jimjimador go‘zal bezaklari bilan o ‘zgacha bir tarzda ajralib turadi. Dunyoning turli burchaklaridan tinimsiz Samarqandga oqib kelayotgan sayohatchilarni Jome masjidining memoriy mahorati va san’ati asrlar o‘tsa-da hamon o ‘ziga maftun etib kelmoqda.Amir Temur mashhur Shohizinda qabristonini ham o‘zining o‘tkir zehni va ziyrak e’tiboridan chetda qoldirmadi (“Shohizinda” - “tirik shoh” ma’nosini beradi). Bu ansambl Afrosiyobning janubida, qabristondagi maqbaralardan iborat.Sohibqironning hayotligi chog‘ida qurilgan maqbaralardan biri Turkon Og‘a maqbarasidir. Turkon Og‘a Amir Temurning opasi edi. Maqbara esa 1370-1371-yillarda vafot etgan Turkon Og‘aning qizi uchun qurilgan. 1383-yilda Turkon Og‘aning o‘zi ham vafot etadi va shu yerga dafn etiladi. Bu obidaning ustalari samarqandlik Shamsiddin va Badriddin, buxorolik Zaynid- din va Shamsiddinlar boigan. 1376-yilda Amir Temurning sarkardalaridan biri amir Husaynning onasi Tugii Tekin, 1385-yilda Amir Temurning singlisi Shirinbeka Og‘a maqbaralari qurilgan. “Shohizinda” ansamblida Amir Temurning xotinlari tomonidan qurilgan maqbara va boshqa binolar ham kattagina o‘rinni egallaydi.Manbalarda ta’kidlanishicha, Shohizindadagi eng qadimiy maqbaralardanbirida Muhammad payg‘ambarga qarindosh (jiyan) Qusam ibn Abbosning ham xoki qo‘yilgan ekan.Amir Temur davrida qurilgan va dovrug‘i olamni tutgan tarixiy obidalardan yana biri - “Go‘ri Amir” maqbarasi. Bu muhtasham binoning qurilish tarixi bor. Amir Temur nabirasi Muhammad Sultonni (Jahongirning o ‘g ‘li) juda sevardi. Muhammad Sulton 1403-yilda 19 yoshida jangda fojiali halok bo’ladi. Uni Samarqandga olib kelib dafn marosimi o‘tkazadilar. Amir Temur1404-yil kuzida safardan qaytgach, nabirasi Muhammad Sulton xotirasi uchun maqbara qurishga farmon beradi. Ushbu farmonda maqbarani 10 kun davomida qurib tugallashga buyruq berilgan. Haqiqatan maqbara 10 kunda batamom qurib bitkaziladi.Maqbara devorlaridagi rang-barang koshinlar orasida uni qurgan usta Mu- hammad ibn Mahmud Isfahoniyning nomi ham yozilgan. 1405-yilda Amir Temur kasallanib vafot etgach, uning o ‘zi ham shu yerga nevarasining yoniga dafn etiladi va maqbara Go‘ri Amir maqbarasi deb nom oladi. Shundan so‘ng ushbu obida temuriylar sulolasining xilxonasiga aylanadi. Unda Muham- mad Sulton Mirzo, Amir Temurdan tashqari Sohibqironning o‘g‘illari Umarshayx, Shohrux va Mironshoh, nabirasi Mirzo Ulug‘bekning ham sag‘analari qo‘yilgan.E’tiborlisi shundaki, bu sag‘analar orasida Amir Temurning pir-u ustozi Sayid Barakaning xoki ham qo‘yilgan bo‘lib, Sohibqiron o ‘z jasadini pir-u ustozi oyog‘i uchiga qo‘yishni vasiyat qilgan ekan. Vasiyat bajo keltirilgan.Amir Temur va ayrim temuriy shahzodalar davrida Samarqand, Shahrisabz, Buxoro, Hirot kabi shaharlar obod boTdi. Temurning Samarqandni yer yuzining sayqaliga aylantirish orzusi ushaldi. Ko‘pgina masjid-u madrasalar, maktablar
qurilib, shahar ko‘rkiga-ko‘rk qo‘shdi. Ayniqsa, Temur va Ulug‘bek davrida bu shaharda barpo etilgan bog‘lar shaharning ko‘rkamligini yanada oshirdi.Amir Temur barpo ettirgan o‘ndan ortiq go‘zal bogTar orasida “Bog‘i Dilkusho” boshqa bog‘larga nisbatan go‘zalligi bilan ajralib turgan. Bu bog‘ 1397-yilda Samarqand yaqinidagi Konigil vohasida barpo etilgan.1404-yilning sentabrida Temurning qabulida bo‘lgan ispaniyalik elchi Klavixo bu bog‘da favvoradan suv otilib turganligini, bog‘ga kiriladigan keng darvoza yuksak va oltin, boshqa qimmatbaho toshlar bilan bezatilganini, ustiga taxtiravon o ‘rnatilgan oltita fil borligini yozib qoldirgan.O‘ndan ortiq bog‘lar ichida bu bog‘ Amir Temurning mayliga javob berganligi, uning bu bog‘da doimo yayraganligi sababli bog‘ning nomi ham shunga moslashtirilgan.Temuriylar davri ilm-fani va madaniyatini yuksalishiga ulkan hissa qo‘shgan olim va davlat arbobi Mirzo Ulug‘bekdir. Uning avlodlarga qoldirgan ilmiy merosining eng asosiysi “Zij”i boTib, bu asar “Ziji Ulug‘bek”, “Ziji jadidi Ko‘ragoniy” nomlari bilan ham mashhur. Ulug‘bek “Zij”i o‘zining tarkibiga ko‘ra, VII - XI asrlarda boshlangan astronomik an’anani davom ettirgan boTsa-da, uning ilmiy saviyasi ilgarigi “Zij”lardan ancha yuqori turadi.“Zij”ning birinchi maqolasi eralar va kalendarlar masalalariga bag‘ishlangan, ikkinchi maqolada matematika va sferik astronomiya muammolari ustidaso‘z boradi. Uchinchi maqola asosan astronomiya masalalariga bag‘ishlangan. Bunda quyosh, oy va besh sayyoraning harakati tavsifi haqida so‘z boradi. Asarning oxirgi to‘rtinchi maqolasi asosan ilm-u nujumga bag‘ishlangan. Ulug‘bek ishlab chiqqan astronomik jadvalda falak al-burj tekisligining xatti istivoga og‘maligi 23 daraja, 30 daqiqa, 17 soniyaga teng bo‘lib , hozirgi hisob bo‘yicha u 23 daraja, 30 daqiqa, 49 soniyani tashkil etadi. Tafovut 32 soniyaga teng. 0 ‘sha davrdagi boshqa astronomik jadvallarning birontasida bunday aniqlik -o‘lmagan. Ulug‘bek turklarning avlod-ajdodlari, mo‘g ‘ul qabilalari va Chingizxon vafotidan keyin tashkil topgan uluslar haqida “Tarixi arba’ ulus” (To‘rt ulus tarixi) nomli asar ham yozib qoldirgan.Mirzo Ulug‘bek tomonidan qurdirilgan rasadxona (1424 -1429-yillarda) dunyo miqyosida osmon ilmi rivojiga muhim hissa qo‘shdi. Rasadxona silindr shaklida, uch oshyonali qilib qurilgan edi. Olimlar va xizmatchilar uchun rasadxona tevarak-atrofida katta-kichik hujralar ham qurildi. Rasadxonaning boy kutubxonasi bo’lib , unda qariyb 150 ming kitob saqlangan. Rasadxonaga Ulug‘bekning shaxsan o‘zi, u yo‘q paytda Qozizoda Rumiy, Giyosiddin Jamshid va Ali Qushchilar boshchilik qildilar.Ulug‘bek rasadxonasi nafaqat sharqda, hatto G‘arbda ham akademiya sifatida tan olingan. Hukmdorning Samarqandda qurdirgan madrasasi ham o ‘sha davr ilm-fani, ma’rifati rivojiga beqiyos hissa bo‘lib qo‘shildi. Madrasada ilo- hiyot ilmlari (Qur’on, hadis, tafsir)dan tashqari, riyoziyot (matematika), handasa (geometriya), ilmi hay’at (astronomiya), tibbiyot, tarix, ju g‘rofiya, ilm-u aruz (poeziya) singari dunyoviy ilmlar ham o‘qitilgan.Madrasada o‘quv mashg‘ulotlarining boshlanishi 1420-yillarga to‘g‘ri keladi. Vosifiyning bergan maiumotlariga qaraganda, madrasa bitishi yaqin qolganda bu yerga Ulug‘bek tashrif buyurgan. Qurilishda mehnat qilayotganlar undan kim madrasaga mudarris etib tayinlanishini so‘raganlarida, savolga javoban Ulug‘bek mudarrislikka barcha ilmlardan xabardor kishini topajakligini aytgan. Shunda oddiy xizmatkorlar qatorida g‘ishtlar orasida eski kiyimlarda o‘tirgan Mavlono Muhammad Xavofiy bu lavozimga men munosibman, deb o‘zini tanishtiradi. Ulug‘bek uni imtihon qiladi. Uning javoblaridan to‘la qoniqish hosil qilgan Ulug‘bek uni hammomga olib borib yuvintirish va kiyintirishga farmon beradi. Madrasa ochilishidagi birinchi ma’ruzani o‘qishni ham unga topshiradi. U o‘qigan ma’ruza mohiyati shu qadar ilmiy va murakkab boiganki, uni 90 olimdan faqat Mirzo Ulug‘bek bilan Qozizoda Rumiy tushungan, xolos.Temuriylar davrida o‘zbek xalqining buyuk shoiri va mutafakkiri Mir Alisher Navoiy yashab ijod etdi. U butun hayoti va faoliyatini insonning baxt-saodati uchun kurashga, xalqning osoyishtaligiga, feodal urushlarning oldini olishga, obodonchilik ishlariga, ilm-fan, san’at, adabiyotning taraqqiyotiga bag‘ishladi. O ‘zbek adabiy tili va mumtoz adabiyotini yangi taraq- qiyot pog‘onasiga olib chiqdi. Alisher Navoiy o ‘zbek va fors-tojik tillarida go‘zal she’rlar bitib, ikki til egasi sifatida shuhrat qozonadi. O‘zbek tilidagi she’rlariga “navo” - kuy so‘zidan olib, “Navoiy”, fors tilidagi she’rlariga “fano” - vaqtincha, o ‘tkinchi so‘zlaridan olib “Foniy” taxalluslarini qo‘lladi.Alisher Navoiyning Samarqandga kelishi uning bilimi va ijodiy kamo- lotida muhim bosqich bo‘ldi. Bu yerda u mashhur olim Fazlulloh Abulaysiy madrasasida tahsil oladi.Xuroson taxtiga Husayn Boyqaro (yoshlikdagi do‘sti) taxtga chiqishi bilan
(1469) Navoiy Samarqanddan Hirotga qaytadi va u yerda ijod bilan birgalikda davlat arbobi sifatida faoliyat yuritadi.U yaratgan “Xamsa” nafaqat o ‘zbek mumtoz adabiyotida, hatto jahon adabiyotining eng buyuk durdona-obidalaridan biri bo‘ldi. “Xamsa” “Hayrat ul-abror” (Yaxshi kishilarning hayratlanishi), “Farhod va Shirin”, “Layli va Maj- nun”, “Sab’ai sayyor” (Yetti sayyora) va “Saddi Iskandariy” (Iskandar devori) dostonlarini o ‘z ichiga olgan.Alisher Navoiy adabiyot va san’at taraqqiyotiga homiylik qilish bilan birga, ilm-fan rivojiga, ayniqsa, tarixga muhim e’tibor qaratdi. Ko‘pgina tarixchilar buyuk Navoiyning mulohazali maslahatlaridan foydalanishgan. Ma’lumki, o‘sha davr taniqli tarixchisi Mirxond (1433-1498) o ‘zining “Ravzat us-safo” asarini Navoiy maslahati bilan yozgan. Maslahat bo‘yicha bu tarixchi bir-biri bilan o‘zaro izchil bog‘langan 7 mustaqil kitob yozishi, kitobda cho‘ziq jumlalar, taxmin va farazlarga yo‘l qo‘ymasligi uqtirilgan.Kitob yozishda Mirxondga har tomonlama yordam berilib, uning ixtiyoriga Xolosiya xonaqosidagi eng yaxshi binolardan birini ajratib berishgan. Navoiy unga o ‘z shaxsiy qiroatxonasidagi kitoblardan foydalanishga ruxsat berib, moddiy tomondan ko‘maklashib turgan. 1474-yilda boshlangan bu ish afsuski Mirxondning bevaqt o ‘limi tufayli yakunlanmay qolgan. Mo‘ljaldagi yetti kitobdan 6 tasi yozib tugatilgan, xolos.Mirxond ta’sirida uning nevarasi Xondamir ham o ‘sha davrning yetuk tarixchisi bo‘lib yetishgan va u ham Navoiy homiyligida kamolotga yetgan. Uning asl ism-sharifi: G‘iyosiddin Muhammad ibn xoja Xumomuddin Muhammad ibn xoja Jaloluddin Muhammad ibn xoja Burhonuddindir. U Navoiy xizmatida (kutubxonasida) ishlagan. Keyin Badi’uzzamon kotibi, keyin Bobur xizmatida, keyin Badi’uzzamon o‘g‘li Muhammadzamonning kotibi va so‘ngra Humoyun xizmatida bo‘lgan.Xondamir 1535-yilda vafot etgan. Uning vasiyatiga ko‘ra, jasadi Dehlidagi buyuk shoir Xusrav Dehlaviy qabri yoniga dafn etilgan. Bu buyuk tarixchining “Habib us-siyar” nomli tarixiy asari mavjud.
O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov buyuk Navoiyga baho berib: “Alisher Navoiy xalqimizning ongi va tafakkuri, badiiy madaniyati tarixida butun bir davmi tashkil etadigan buyuk shaxs, milliy adabiyotimizning tengsiz namoyandasi, millatimizning g ‘ururi, sha’n-u sharafini dunyoga tarannum qilgan o’lm as so‘z san’atkoridir... agar bu ulug‘ zotni avliyo desak, u avliyolarning avliyosi, mutafakkir desak, mutafakkirlarning mutafakkiri, shoir desak, shoirlarning sultonidir” 1, deb yozgan.Prezident har bir kishining ona tiliga muhabbati, uning boy va buyukligini anglash tuyg‘usi har bir insonning ongi shuuriga va yuragiga buyuk Navoiy asarlari bilan kirib kelishini ko‘rsatib: “Biz bu bebaho merosdan xalqimizni, ayniqsa, yoshlarimizni qanchalik ko‘p bahramand etsak, milliy ma’naviyatimizni yuksaltirishda, jamiyatimizda ezgu insoniy fazilatlarni kamol toptirishda shunchalik qudratli ma’rifiy qurolga ega bo’lamiz”, - deb ta’kidlagan edi.Temuriylar davri madaniyati yuksalishida shoir va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobuming hissasi ham beqiyos. U 1511-yilning kuzida Eron shohi Ismoil Safaviyning harbiy yordami bilan Samarqandni yana qayta egallaydi, ammo hukmronligi uzoq davom etmaydi. 1512-yilning bahorida yana shayboniylardan m aglub bo’ladi va qariyb ikki yil mobaynida Hisor viloyatida kun kechirib, 1515-yili yana Kobulga qaytadi. 1514-1526-yillar davomida besh marta Hindistonga yurish qilib (1526), oxiri uni egallaydi. U Hindistonda tuzgan Buyuk boburiylar imperiyasi XIX asrning o ‘rtalarigacha faoliyat yuritadi. Bobur Mirzo va uning avlodlari yaratgan me’moriy obidalar bugungacha o‘z ko‘rkini saqlab turibdi.Bizgacha Boburning 100 dan ortiq g‘azali va 200 ga yaqin ruboiylari yetib kelgan, ularda ishq-muhabbat, go‘zallik va shodlik kuylanadi.U Hindistonni mahv etgan boisa-da, Hindistonni o ‘zidan oldin mahv et- gan Iskandar Zulqarnayn, Mahmud G‘aznaviy kabi xalqning boyligini talab, olib ketmadi, aksincha, Hindistonda qolib butun hayotini shu davlatni gullab- yashnashiga, Agra va Dehli kabi shaharlarni jahonning eng ajoyib shaharlari darajasiga ko‘tarish ishiga bel bog’lagan shoh edi. Hindistonda ko‘plab bog’lar yaratdi. Aytishlariga ko‘ra, xushbo‘y atirgulni Hindistonga birinchi bo’lib Bobur keltirgan ekan. U bobosi Temur singari Hindistonga dunyoning ko‘plab olimlari, shoirlar, rassomlar, quruvchi va naqqoshlami to‘play oldi.

Download 75,97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish