Amir Temur davlatining vujudga kelishi. Amir Temur mo‘g ‘ullarga qarshi kurashda Balx hokimi Amir Husayn (asli chingiziylardan) bilan do‘stlashadi va u bilan birga yurt birligi va ozodligini tiklashga kirishadi. 1365-yilning bahorida Chinoz bilan Toshkent o ‘rtasida, Chirchiq daryosi bo‘yida Amir Temur va Amir Husayn qo‘shinlari mo‘g ‘ul xoni Ilyosxo‘jaga qarshi jang qiladi. Jangda Ilyosxo‘ja g ‘olib chiqadi. Bu jang tarixga “Loy jangi” nomi bilan kirgan.Amir Temur “Loy jangi” mag‘lubiyatidan keyin Samarqandga keladi, un- dan so‘ng Keshga boradi, so‘ngra Amudaryo orqali Balxga o‘tadi. Samarqand kirishadi. Shahar aholisiga bir guruh madrasalar tolibi ilmlari boshchilik qiladi. Xalq ommasining mo‘g ‘ul talonchilariga, mahalliy yer egalarining haddan ortiq jabr-zulmlariga qarshi kuchli noroziligi bu yerda Sarbadorlar harakati deb atalgan qudratli ozodlik harakatining boshlanishiga olib keladi. Asli bu harakat 1337-yilda Xurosonda boshlanib, ular mo‘g‘ullarga bo‘ysunib yashagandan ko‘ra dorga osilib o’lishni afzal ko‘rgan edilar. Harakat nomi (sar-ba-dor) ham forsiy tilda “Boshini dorga tikkanlar” ma’nosini berar edi. Samarqanddagi harakat rahbarlari tolibi ilm vakili Mavlonozoda, jun tituvchilar oqsoqoli Abu Bakr Kalaviy va mohir mergan Xo‘rdaki Buxoriylar edi. Ularning da’vati bilan madrasa talabalari, yoshlar, hunarmandlar, dehqonlar va o‘rta yer egalari ham Samarqand himoyasida ishtirok etadi. Samarqand himoyachilari mo‘g ‘ullardan ustun kelib, dushman shahardan tashqariga chekinadi. Ular endi Samarqandni qamal qiladi. Ammo ularning lashkarlari safida “Ot o‘lati” yuqumli kasalligi tarqaladi. Shundan so‘ng Ilyosxo‘ja dastlab Samarqandni, so‘ngra butun Movarounnahrni tashlab, yurtiga qaytib ketishga majbur bo‘ladi.Samarqandda sarbadorlar g ‘alaba qilgan paytda Amir Temur Keshda, Husayn esa Amudaryo bo‘ylarida edi. Amir Temur sarbadorlar g ‘alabasi haqida Husaynga xabar bergach, ular yana birlashib, 1366-yil bahorida Samarqand yaqinidagi Konigilda sarbadorlar rahbarlari bilan 1uchrashadi. O ‘rtada kelishmovchilik bo‘lib, sarbadorlar rahbarlari qatl qilinadi. Amir Temur iltimosi bilan sarbadorlar rahbarlaridan biri Mavlonozoda omon qoladi. Mova- rounnahrda hukmronlik amir Husayn qo‘liga o‘tadi.XIV asr 60-yillarining oxirida Temur va Husayn o ‘rtasidagi munosabatlar keskinlashgach, Husayn o‘ziga qarashli Balx shahrini mustahkamlaydi,istehkomlar qurishga kirishib, shahar devorini tiklab, qurol-yarog‘ni ko‘paytira boshlaydi. Temur bu harakatlarning o ‘ziga qarshi qaratilganini yaxshi anglab, Husaynni bu yo‘ldan qaytarishga qancha harakat qilmasin, foydasi bo‘lmaydi. Amir Temur 1370-yilning bahorida Husayn o ‘rnashib olgan Balxga qo‘shin tortib boradi va uni mahv etadi. U Chingizxon avlodidan bo‘lgan Qozonxonning qizi, Amir Husaynning bevasi Saroymulkxonim (Bibixonim)ni o ‘z nikohiga olib, “Ko‘ragon” (xon kuyovi) nomini oladi.1370-yilda Amir Тецшг hokimiyatni qo‘lga kiritgach, o ‘sha davr qoidalariga ko‘ra Chingizxon avlodiga mansub Suyurg‘atmishni Movarounnahming xoni qilib qo‘ydi va o‘zi Movarounnahrning yakka hukmdori sifatidagi faoliyatini boshladi. Shuningdek, qo‘shin sarkardalarining qumltoyi ham Amir Temurni Movarounnahrning yagona hukmdori, deb e’lon qiladi. Amir Temur dastlabki kunlardanoq mamlakatdagi qabila va gumhlaming manfaatlarini to‘laligicha inobatga oldi. Bu xususda Ibn Arabshoh shunday yozadi: “Arablarda qancha bo‘lsa, turklarda ham qariyb shuncha qabila va gumhlar bordir.
O‘sha vaqtlardan har qaysisi bir qabilaga mansub bo‘lib, o ‘z fikr chirog‘i bilan u qabila uylarini yorituvchi pilik misoli edi. Ulardan birining qabilasi orlot, ikkinchisi jaloyir, uchinchisiniki qovunchi, to‘rtinchisiniki barlos deb atalardi. Temur to‘rtinchi qabila o‘g ‘loni edi”.
1370-yilda Amir Temur Husaynni mag‘lub etib, uning haramidagi Saroymulkxonimni (sobiq mo‘g ‘ul xonlaridan biri Qozonxonning qizi) o‘z nikohiga oladi va shu davrdan boshlab uning nomiga “ko‘ragon” (Xonning kuyovi) so‘zi qo‘shib aytila boshlaydi. Amir Temur nikohida bir necha xotinlar bo‘lsada, uning hayoti va faoliyatida Saroymulkxonim muhim rol o ‘ynagan. Uning xizmatlari va saroydagi hurmatlari evaziga uni Bibi (katta) xonim deb ataganlar.
va saroydagi hurmatlari evaziga uni Bibi (katta) xonim deb ataganlar.
Buyuk davlat arbobi va sarkarda Amir Temurni Makedonskiy, Muhammad payg‘ambar qatori Sohibqiron deb nomlaydilar.Ikki sayyora - Zuhal va Mushtariylarning bir-biriga yaqinlashuvi (qiron) jarayonida dunyoga kelgan farzand- largina bunday nomga sazovor bo‘ladi.Sohib (egasi), qiron (ikki sayyoraning yaqinlashgan jarayoni). Bunday qiron jarayoni har 800 yilda ro‘y bergan deb ta’riflanadi. Bundan shu narsa yaqqol ko‘rinib turibdiki, Amir Temur o ‘z hukmronligining dastlabki kunlaridanoq, har bir qabila manfaatini chetda qoldirmadi va bu udumlarni mansablarni tayinlashda ham qo‘lladi.U hokimiyat tepasiga chiqqach, Samarqand shahrini poytaxt qilib tanladi, uni mustahkam devorlar bilan o‘rab, shahriston va saroylar qurdira boshladi.Uning oldida Movarounnahr hududlarini birlashtirish va yagona markazlashgan qudratli davlat tuzish vazifasi turar edi. Amir Temur uchun Amudaryo va Sirdaryo oralig‘i yerlarini, Farg‘ona va Shosh (Toshkent) viloyatlarini o‘ziga qaratish va birlashtirish uncha qiyinchilik talab qilmadi. Buyuk Amir Xorazmni Movarounnahrning tarkibiy qismi deb hisoblardi. Ammo bu hududni Oq 0 ‘rda, Oltin 0 ‘rda qo‘llab-quwatlayotganligi ishni ancha murakkablashtirayotgan edi. Temur markazlashgan davlat tuzish maqsadida Xorazmni ham birlashtirish harakatini boshladi.Shimoliy Xorazm hokimiyati tepasida Qo‘ng‘irot so‘filari turar, janubiy qismi esa Chig‘atoy ulusiga bo‘ysundirilgan edi, ammo Qo‘ng‘irot so‘filari janubiy qismni ham egallaydi. Amir Temur o‘z tasarrufiga olish uchun bir necha marta Xorazmga yurish qildi. 1388-yilda bo‘lgan so‘nggi yurish natijasida Xorazmda Sulaymon So‘fiy hukmronligi ag‘darilib, o ‘lka Amir Temur davlati tarkibiga uzil-kesil qo‘shib olindi. Shu tariqa, Amir Temurning O‘rta Osiyoda markazlashgan davlat tuzish maqsadi amalga oshdi.
Amir Temur hokimiyat tepasiga kelgach, deyarli bir asrlik bosh boshdoqlik hukm surgan mamlakatga qonunlar joriy etib, tartib o‘rnatish oson emas edi. Uni faqatgina kuchli siyosat yurgizib, mamlakat qudratini mustahkamlab amalga oshirish mumkin edi. Temur o‘ziga mustahkam tayanch barpo etish maqsadida dastlab barlos qabilasidan maxsus gvardiya tashkil qiladi. CHunki bunday ishonchli gvardiya ayniqsa uning siyosiy va harbiy kurashlari uchun zarur edi. SHuningdek, Amir Temur davlat boshqaruvini o‘z qo‘liga olgan bo‘lsada, ammo mavjud shart-sharoitda amaliy qadamlar qo‘yib borish nihoyatda og‘ir edi. Zero, mamlakat yo biron-bir viloyat, yoki ijtimoiy tabaqa doirasida kattagina mavqega ega bo‘lgan amirlar avval boshda uning hukmronligini tan olgan bo‘lsalar-da, ular bilan Amir Temur o‘rtasidagi munosabat bundan buyon ularga va ularning namoyondasi bo‘lmish ijtimoiy muhitga nisbatan yurgiziladigan siyosat bilan ko‘p jihatdan bog‘liq edi. Aynan shuning uchun ham 1370 yilning o‘rtalarida Samarqandda o‘tkazilgan qurultoyda Amir Temur barcha viloyatlardan nufuzli amirlar, lashkarboshilarni yig‘ib, ularga har birining mavqei va martabasiga qarab biron-bir mansab va mulk (viloyat, tuman, shahar) taqsimlab beradi, katta-katta sovg‘alar ulashadi. Bu haqda Sohibqironning “Tuzuklarida” shunday deyiladi: “Bulardan mol-dunyoga hirs qo‘ygan ochqo‘z va ta’magirlariga mol-ashyo va’da qildim, mansab-martabaga va mamlakatlarni boshqarishga ko‘z tikkan amalparastlarga qo‘lim ostidagi mamlakat va viloyatlardan birining hokimligini berdim”.Amir Temur Movarounnahrning qonuniy hukmdori sifatida mamlakat hududlarini birlashtirishga kirishar ekan, hududlar ustiga dabdurustdan harbiy yurishlar qilmasdan, kelishuvchilik siyosatini tutdi. SHu bois ham u Amudaryo va Sirdaryo oralig‘idagi erlarni, Farg‘ona, SHosh viloyatlarini o‘z tasarrufiga kiritishda unchalik qiynalmadi. Ammo, Xorazmda ahvol boshqacha edi. Xorazmning o‘sha davrdagi hukmdorlari (Husayn So‘fi, Yusuf So‘fi) Oltin O‘rda ta’sirida bo‘lib, elchilar jo‘natilganligiga qaramay bir necha yil Amir Temur hokimiyatnini tan olmadilar. Shuning uchun ham Amir Temur Xorazm ustiga besh marotaba (1371, 1373, 1375, 1379, 1388 yillar) qo‘shin tortishga majbur bo‘ladi. 1388 yildan so‘ng Xorazm Amir Temur davlati tarkibiga kirgan.Amir Temurning harbiy yurishlari 1386 yildan boshlab “uch yillik”, 1392 yildan “besh yillik”, 1399 yildan “etti yillik” urushlar nomini olagn. XIV asrni ng 80-yillari o‘rtalariga kelib butun Xuroson Sohibqiron ixtiyoriga o‘tadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |