Mavzu: Ona tilidan dars tiplari va ularga qoyiladigan talablar
Topshirdi:
Qabul qildi:
Reja:
Kirish
I bob Ona tili fanidan dars tiplarining talim jarayonidagi orni
1.1. Dars jarayonini tashkil qilishda dars tiplarining ahamiyati
1.2 Dars tiplarining ifodalanishi
1.3 Ona tili oqitish metodlari
II bob Ona tili darslariga qoyiladigan talablar tahlili
2.1. Darslarga qoyilgan asosiy talablar
2.2. Dars tiplarining vazifalar boyicha tahlili
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar royxati
Kirish
Ozbekistonning mustaqillika yuz tutishi mamlakatimizning siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, manaviy hayotida tub ozgarishlarni amalga oshirish kerakligini taqazo etadi. Birinchi prezidentimiz I.A.Karimovning Ona tilining buyuk ahamiyati shundaki, u manaviy belgisi sifatida kishilarni yaqin qilib jipslashtiradi ... deb aytgan gaplari manaviy turmush tarzini ozgartirishda xalqmiz uchun dasturulamal bolib xizmat qilib kelmoqda.
Taraqqiyotning omili manaviyatli xalq, manaviyatli millat, manaviyatli shaxs, manaviy yetuk inson qolida bolishi lozi mligi bugungi hayot tarsi va uning rivoji korsatib turibdi. Ozod va obod Vatan, erkin va farovon hayot qurish bosh goyamiz hisoblanib, bu goyani manaviy yetuk, barkamol insonlargina amalga oshiradi. Mustaqil Ozbekiston Respublikasini mavaviy jihatdan rivojlantirish amal ga oshirilayotgan hozirgi sharoitda sodir bolayotgan tub islohatlarni bozor iqtisodiyotiga otish qonuniyatlarini bilishni taqozo etadi .
Mustaqillik sharofati bilan talim tizimida katta oz ganishlar sodir boldi . Talim tizimining barcha boginlarida jumladan boshlangich sinflarda oquv tarbiya ja rayonini samarali tashkil etish dars turlaridan unumli foydalanish yangicha pedagogik va axborat texnologiyalari oqitishning interfaol usullarini ozlashtirish va amaliyotga tatbiq etish bugungi kunning dolzarb muammolaridan bolib turibdi.
Muhtaram yurtboshimiz Ozbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 30 yillik bayram tantanalarida ozbek tili haqida quyidagi fikrlarni bildiradi: Ozbek tili xalqimiz uchun milliy ozligimiz va mustaqil davlatchilik timsoli, bebaho manaviy boylik, buyuk qadriyatdir .
Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablaridan kelib chiqqan holda talimni tashkil etishning zamonaviy shakl va usullari dars turlari ulardan samarali foydalanish oila va maktab hamkorligi muomm olari ustida bir qancha kurs ishchilar ish olib bormoqdalar. Sharq xalqlari taraqqiyotida yoshlarga bilim berish, ularni halol mehnat qilishga davat qilish, turli davralarda yashagan donishmandlarni asarlarda va boshqa turli manbalarda keng bayon etilgan. Al Xorazmiy , Al Fargoniy, Al Margiloniy, Abu Nosir Farobiy, Abu Rayxon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, Xoja Ahmad Yassaviy, Bahouddin Naqshbandiy, Mirzo Ulugbek, Alisher Navoiy, Zahiriddin Muhammad Bobur kabi koplab donishmand mutafakkirlar asarlarida ham yoshlarning odobi, ahloqi hamda bilim va konikmalarini shakllantirish togrisida qimmatli fikr- muloxazalar bildirilgan.
Jamiyatimiz yuqori malumotli, fan asoslarini chuqur egallagan, milliy istiqlol ruhida tarbiyalangan, oz bilimlarini ishlab chiqarishga mohirlik bilan tatbiq qila oladigan kishilarni talab etadi. Bunday kishilarni tarbiyalashda dars muhim rol oynaydi. Shu tufayli darsga bolgan talab ham osib boradi. Darsga qoyiladigan asosiy talablardan biri ilmiylikdir. Darslarda organiladigan bilimlar mazmuni ozbek tilshunosligining ilmiy yutuqlarini ozida aks ettirishi, talim jarayonining maqsadiga hamda bolalarning bilim saviyasiga mos bolishi zarur. Talimda bularning birontasiga rioya qilinmasa, ona tili mashgulotlarining samaradorligiga putur etkaziladi. Oquvchilarning yoshiga mos kelmaydigan elementar yoki nihoyatda murakkab bilimlar bolalarning til faniga oid qiziqishlariga salbiy tasir qiladi. Ona tili darslarida oqitish metodlari bilan birga, fan sohasida ishlatiladigan usullardan foydalanish mashgulotlarning samaradorligini oshiradi. Bolalarga tahlil va qayta qosha olish, induktiv va deduktiv xulosalar chiqara bilish, til hodisalarini kuzatish, kuzatilgan hodisalarga oid dalillar toplash, toplangan dalillarni taqqoslash yollarini orgatish oqituvchining asosiy vazifasidir.
I bob Ona tili fanidan dars tiplarining talim jarayonidagi orni
1.1. Dars jarayonini tashkil qilishda dars tiplarining ahamiyati
Dars inson tafakkuri durdonalarini, fan va texnika, sanat va adabiyot yutuqlarini, Vatanimiz tarixi hamda xalqimizning milliy madaniyatini yoshlarga singdirishning asosiy shaklidir. Dars talimning boshqa shakllaridan ozining tashqi va ichki xususiyatlariga kora farq qiladi. Oquvchilarning doimiy guruhi, qatiy rejim va dars jadvali, mashgulotlarni malum xonada otkazish kabilar tashqi xususiyatlarga, darsning maqsadi, oquvchilarning bilim olishga qiziqishlari, talim materialini his qilish, anglash, tushunish kabilar ichki xususiyatlarga kiradi. Dars ana shu ikki xil xususiyatning ozaro uygunlashuvi zaminida tashkil etiladi. Keyingi paytlarda dars va uning tashkiliy qurilishida katta ozgarishlar yuz berdi. Juda kop olimlar, metodistlar, ilgor oqituvchilar mahalliy va markaziy matbuot sahifalarida dars qurilishini takomillashtirish, talimda oquvchilarning ijodiy faolligini oshirish togrisida goyat qimmatli fikrlar bildirmoqdalar. Lekin ona tilidan otkaziladigan darslarning tashkiliy qurilishi bazi bir nuqsonlardan ham xoli emas. Darslarda yangi oquv materialini orgatish va mustahkamlash jarayoni ortasidagi uzilish, vaqtdan ratsional foydalana olmaslik, dars tiplarini aksariyat oqituvchilarning ajrata bilmasligi kabilar ana shunday nuqsonlar sirasiga kiradi.
Soz signal bolganidek, dars tipining nomini bildiruvchi soz yoki soz birikmasi oqituvchi uchun signal vazifasini otaydi. Oqituvchi uchun tushuncha hamda signal vazifasini otayotgan dars tipining nomi, masalan, yangi bilim berish darsi iborasi xatoliklarga olib kelmoqda (Oliy oquv yurtlari uchun pedagogikadan yaratilgan qollanmada darslarning birinchi tipi yangi bilim berish darsi deb atalgan). Chunki yangi bilim berish degan ibora bilan dars tipini ajratadigan oqituvchi mashgulotning asosiy maqsadi qilib yangi bilim berishni belgilaydi-yu, uni mustahkamlashni etibordan chetda qoldiradi.
Tajribali oqituvchilar yangi mavzuni orgatishni ikki xil yol bilan olib borishadi: organiladigan material oldingi mavzularning birontasiga bogliq bolsa, ishni takrorlashdan boshlaydilar. Otilgan mavzu takrorlangach, yangi oquv materiali tushuntiriladi. Agar yangi mavzu oldin otilgan fasllarga boglanmagan bolmasa, togridan-togri yangi mavzu tushuntirilaveradi. Ikkala holatda ham yangi oquv materiali otilgach, uni mustahkamlash ustida ish olib boriladi. Yangi materialni orgatish darsining asosiy ikkita belgisi bor: yangi bilimlarni orgatish; orgatilgan bilimlarni dastlabki mustahkamlash. Shu xususiyatlariga kora darsning bu tipini uning boshqa turlaridan farqlaymiz. Demak, yuqoridagi dars tipini yangi materialni orgatish va mustahkamlash darsi deb atamoq maqsadga muvofiq boladi.
«Bumerang» texnikasi oquvchi-tinglovchilarni dars jarayonida, darsdan tashharida turli adabiyotlar, matnlar bilan ishlash, organilgan materialni yodida saqlab qolish, sozlab bera olish, fikrini erkin holda bayon eta olish hamda bir dars davomida barcha oquvchi-tinglovchilarni baholay olishga qaratilgan.
«Oqituvchi shaxsi» treningi oqituvchining innovatsion faoliyatini ochib beruvchi «Oqituvchi shaxsiga qoyiladigan tinglovchilar» mavzusidagi mustaqil fikrlashga, ijodiy insho yozish orqali fikrlarni bayon qilishga qaratilgan.
«Muloqot» texnikasi oqituvchilarni auditoriya diqqatini oziga jalb etish, dars jarayonidahamkorlikda faoliyat korsatishga, uni tashkil etishni orgatishga qaratilgan.
«Boshharuv» texnikasi oqituvchilarni auditoriyani boshharishdagi usullari hamda oquvchi-tinglovchilarni ish jarayonida boshharish usullari bilan tanishtiruvchi va shunga orgatishga qaratilgan.
Talim bilan bir qatorda mazkur metod tarbiyaviy xarakterdagi qator vazifalarni amalga oshirish imkonini beradi:
- jamoa bilan ishlash mahorati;
- muomalalik;
- xushfellik;
- konikuvchanlik;
- ozlarga fikriga hurmat;
- faollik;
- rahbarlik sifatlarini shakllantirish;
- ishga ijodiy yondashish;
- oz faoliyatining samarali bolishiga qiziqish;
- ozini xolis baholash.
Asosiy tushunchalar quyidagilar:
Ochiq savollar bu savollar muomala, sozlashuvni davom ettirishga imkon beradi. Ularga qisqa, bir xil javob berish mumkin emas.
YOpiq savollar bu savollar oldindan «ha»yoki «yoq» tipidagi togri, ochiq, javoblarni berishni kozda tutadi.
Kondalang soroq bir-biriga guruhlab beriluvchi qisqa savollar qatori bolib, bu oziga xos axborotlar izlash hamda dalillarni, opponentlar pozitsiyasini aniqlash va muayyan harorlar qabul qilish uchun ajoyib imkoniyatdir.
Kondalang soroq paytida munozaraga kirishish mumkin emas. Bu vaqtda faqat savollar beriladi, munozaraga kirishilmaydi.
Pedagogika darsliklarida darslarning ikkinchi tipi Mustahkamlash darsi nomi bilan atalgan. Bunday darslarda oquvchi oldin organilgan materialga ikkinchi marta qaytadi, olgan nazariy bilimlari asosida amaliy mashqlar bajaradi. Ruhshunoslar bilimlarni mustahkamlash iborasi ruhiy jarayonni ozida toliq aks ettirmaydi deb, mustahkamlash terminiga shubha bilan qaramoqdalar. Bunday mustahkamlash mashgulotlarida mashq qilish yoli bilan oquvchilarda malaka hosil qilinadi. Shuning uchun darsning bu tipini mustahkamlash darsi deb emas, balki uni otilganlarni takrorlash va malaka hosil qilish darsi deb yuritgan maquldir.
Darsning tashkiliy qurilishidagi asosiy kamchiliklardan biri - dars tiplariga berilgan nomlarda bolsa, ikkinchisi - darslarning tipologiyasidadir. Didaktika va xususiy metodikaga oid adabiyotlarda dars tiplari turlicha ajratiladi. Pedagogika darsligida Mashgulotning asosiy qismini (dars soatining kop qismini) ishgol qilgan dars shakli... dars tiplarini ajratishning asosiy kriteriysi sifatida qabul qilinadi. Bazi pedagoglar dars tiplarini tasnif etishda oqitish metodlarini kozda tutadi. Vaqt taqsimoti, oqitish metodi dars tiplarini ajratishning asosiy tamoyili bola olmaydi. 45 minutlik vaqtni taqsimlashda oquv materialining hajmi, murakkabligi, sinf oquvchilarining tayyorgarlik darajasiga asoslaniladi. Bir metod yordamida orgatilgan mavzuni boshqa metod vositasida ham orgatish mumkin. Buning uchun oquv materialining mazmuniga muvofiq, uni orgatishni osonlashtiradigan metodni tanlay bilish lozim.
1.2.Dars tiplarining ifodalanishi
Ayrim mualliflar, masalan, S.V.Ivanov dars tiplarini oquv-tarbiya jarayonining ichki qurilishidan, uning tarkibidan izlashgan. Fikrimizcha, dars tiplarini talim jarayoni akt, halqalariga kora ajratish original fikrdir. Ammo talim jarayoni juda kop halqa, aktlardan iborat. Bunday yondashuv dars tiplarining nihoyatda kopayib ketishiga sabab boladi. Shundan bolsa kerak, S.V.Ivanov tasnifida sakkiz xil dars tipi ajratilgan:
Maktablar tajribasida yuqorida sanalgan darslarning hammasi ham qollanmaydi. Organilgan bilimlarni amaliyotda qollash otganlarni takrorlash darsining murakkab korinishidir. Binobarin, uni alohida dars tipi sifatida talqin etishga ehtiyoj qolmaydi.
Mustahkamlash, takrorlash, umumlashtirish darslarini bir tip ostida birlashtirish prinsip (umda) jihatidan togri emas. Hozirgi zamon ruhshunosligida ozlashtirish jarayoni oquv materialini his etish, anglash, organish, malaka hosil qilish kabi uzvlardan iborat ekanligi isbotlangan. Shunday ekan, yangi bilimlarni ozlashtirishni alohida dars tipi sifatida ajratish nomaqbul boladi. Chunki ozlashtirish jarayoni hajm va mazmun jihatidan dars tipiga nisbatan kengroq sohani oz ichiga oladi. Shularga kora yuqoridagi tasnif til orgatishning mohiyati, maqsadi, vazifalariga mos kelmaydi.
M.A.Danilov va S.G.Shapovalenko dars tiplarini talim jarayoni maqsadiga kora beshga boladi: talimdan kozlangan barcha vazifalarni amalga oshirish darslari (organish, mustahkamlash, takrorlash, tekshirish, umumlashtirish), yangi materialni idrok etish va dastlabki ozlashtirish darslari, bilimlarni mustahkamlash, takrorlash, malaka va konikmalar hosil qilish darslari; mustaqil ishlash darslari; bilim va malakalarni umumlashtirish, tizimlashtirish, tekshirish darslari. Lekin bu tasnifda ziddiyat kozga tashlanadi. Birinchidan, bu tasnifda ikkinchi dars tipini yangi materialni idrok etish va dastlabki ozlashtirish deb atalgan. Dars tipini shu shaklda qabul qilsak, unda uchinchi, tortinchi, beshinchi dars tiplari ozlashtirish tushunchasi doirasidan chetda qoladi. Ikkinchidan, mustaqil ish malaka va konikma hosil qilishning, bilimlarni turmushga tatbiq etishning bir vositasidir. Korinadiki, mustaqil ishlarni darsning alohida bitta tipi sifatida ajratishga ehtiyoj qolmaydi. Uchinchidan, bu tasnifda dars tiplari bir tomonlama, yani talimning didaktik maqsadiga kora tasnif qilingan. Bunday tasnif oquv narsalariga oid ozaro boglangan darslar tizimini ishlab chiqish uchun ojizlik qiladi. Chunki unda oquv predmetining xususiyatlari hisobga olinmagan.
A.V.Tekuchev esa dars tiplarini ikki tomondan: ham darsning maqsadiga kora, ham darsning mazmuniga kora tasnif etadi. A.V.Tekuchev tasnifi boyicha darslar maqsadiga kora uch xil boladi: yangi bilimni bayon qilish darsi; bilimlarni mustahkamlash darsi; nazorat darslari; mazmuniga kora darslar tort xil boladi: grammatika darslari, orfografiya darslari, punktuatsiya darslari, nutq ostirish darslari. Dars tiplarini ajratishda Y.Abdullaev ham shu tamoyilga rioya qilgan
Bizningcha, ona tili darslarini tiplarga ajratishning eng maqbul yoli yuqoridagi tasnifdir. Ammo bu tasnifning zaif tomoni ham mavjud. Birinchidan, bu tasnifda darslarni tiplarga ajratishning birinchi tamoyili sifatida dars maqsadi olingan. Talim jarayonida qilinadigan har bir ish malum bir maqsad uchun xizmat qiladi. Masalan, oqituvchi atoqli otlarni tushuntirgandan keyin, ularning imlosini mustahkamlash uchun saylanma diktant otkazishi mumkin. Darsning boshlanishida qilingan ishlar atoqli otlarning grammatik xususiyatlarini orgatishga oid bolsa, darsning keyingi qismida qilingan ishlar orfografiya orgatishga doir boladi. Mohiyat jihatidan atoqli otlarning grammatik xususiyatlari va ularning imlosi boyicha qilinadigan ishlar birbiridan farq qiladi. Shunday ekan, yuqoridagi tasnifning birinchi kriteriysi dars tiplarini ajratishda asosiy tamoyil bola olmaydi. Ikkinchidan, bu tasnifda maqsadga kora uch xil dars tipi korsatilgan. Ammo asosiy dars tiplaridan biri umumlashtiruvchi darslar etibordan chetda qolgan. Uchinchidan, dars tiplarini ajratish uchun ishlatilgan istilohlar juda ham qulay emas. Masalan, yangi bilimlarni bayon qilish iborasi maqsadga muvofiq emas.
Bayon qilish oqitish metodining nomi. Binobarin, Bayon qilish iborasi orniga orgatish istilohini ishlatish maqul.
Biz dars tiplarini ajratishda oquv jarayoni mantiqiga tayanamiz. Orta maktab talimi gumanitar, tabiiy va aniq fanlarni oz ichiga oladi. Bu fanlarning ozaro bogliqligi, aloqadorligi talim mantiqini tashkil etadi. Aynan olingan bir oquv predmeti (masalan, ona tili) talim mantiqining bir elementi sanaladi. Talim predmeti mantiqini shu fan bolimlari orasidagi boglanish, har bir bolimda beriladigan ilmiy tushunchalarning ozaro munosabati tashkil etadi. Ona tilidan atroflicha bilim olish uchun oquvchilar til fonetikasini organishlari, morfologiyani ozlashtirish uchun sozning umumiy xususiyatlarini, yani leksikani, sintaksisga oid bilimlarni egallash uchun morfologiyani bilishlari lozim. Morfologiya bolimi soz tarkibi va soz turkumlari qismlaridan iborat. Soz tarkibining ozi ham darslikda bir nechta mavzuparagraflar (ozak, negiz, qoshimchalar) ostida berilgan. Bular oquv materialini tashkil qiladi.
Talim mantiqi va talim predmeti mantiqi barqaror bolib, ular fan va texnika sohasida sezilarli kashfiyotlar bolgunga qadar, oz hajmi hamda mazmunini saqlaydi.
Fan va texnika, sanat va adabiyot sohasidagi keyingi yutuqlar talim mazmunini qayta korib chiqish zaruriyatini keltirib chiqardi. Natijada barcha oquv predmetlari boyicha yangi dasturlar va darsliklar yaratildi.
Talim mantiqi, talim predmeti mantiqi iboralari vositasida talim mazmunining oquvtarbiya ishlari boshlangan davrgacha bolgan holatini ifodalaymiz. Demak, bu iboralar orqali talimning statik holati belgilanadi. Talim jarayoni oqituvchi rahbarligida boshqariladi. Oquv materialini organish, organilgan bilimlar asosida malaka hosil qilish va ularni umumlashtirish hamda tekshirishga ketgan vaqt oquv jarayoni hisoblanadi. Oquv jarayoni mantiqini oquv materiali va uni ozlashtirish psixologiyasi tashkil etadi. Boshqacha aytganda, oquv jarayoni mantiqi oquv materiali mazmuni bilan uni ozlashtirish psixologiyasining ozaro boglanishidan iborat. Bu haqda M.A. Danilov shunday deb yozadi: Oquv jarayoni logikasiobektiv qonuniyat. U bolalarning oquv predmeti, uning bolim va mavzularini organish boshlangan davrdagi bilim saviyalari, taraqqiyot darajalaridan tortib, to oquvchilarning bilim va taraqqiyotlariga mos ravishda talim predmeti, uning bolim va mavzularini toliq ozlashtirgunga qadar bolgan izchil harakatini oz ichiga oladi. Demak, oquv jarayoni mantiqi deganda, talim mazmunining statikasi emas, aksincha, uning dinamikasi nazarda tutiladi.
Oquv jarayoni mantiqi oquv jarayoni taraqqiyotining harakatlantiruvchi kuchi bolib, u oquvchilar oldiga qoyilgan vazifalarda, bu vazifalarni echish uchun bolalar korsatadigan aqliy, jismoniy, hissiy intilishlarda oz aksini topadi. Oquv jarayonida bolalar oldiga qoyilgan har bir topshiriq faoliyatni talab etadi. Faoliyat korsatish orqali har bir topshiriqda ifodalangan mazmun ozlashtiriladi. Oquv predmeti boyicha otkaziladigan darslarning, dars doirasida tashkil etiladigan topshiriqlarning ozaro aloqadorligiga rioya qilish yoli bilan oquv jarayonining dialektik mohiyatiga amal qilinadi.
Talimning unumdorligi dars tiplarini aniq belgilashga, ularga qatiy amal qilishga bogliq. Dars tipi u yoki bu oquv soati uchun asossiz qabul qilingan yorliq emas, aksincha, organilayotgan mavzu doirasida ozida dialektik taraqqiyotni aks ettiradigan oqitish va oqish, orgatish va ozlashtirish amalda qollash va nazorat qilish bosqichlarining jonli orientidir, deb yozgan edi S.V.Ivanov.
Oquv jarayoni mantiqi dars tiplarini, har bir mashgulotda otkaziladigan topshiriqlarni izchil tahlil qilishni talab etadi. Bunda oquv predmeti va uni ozlashtirish psixologiyasi ozaro aloqada tekshiriladi. Dars tiplarini ajratishda oquv jarayoni logikasiga tayanish oquv predmeti yuzasidan otkaziladigan topshiriqlarni, juziy dalillarni umumiy tushunchalar bilan yaxlit, ozaro boglangan holda olish imkoniyatini beradi.
Til mashgulotlarini talim jarayoni maqsadiga kora tahlil qilish ozlashtirish jarayonini falsafiy, didaktik va psixologik nuqtai nazardan yoritish masalasi bilan uzviy boglangan. Oquvchi-ijtimoiy individ. U talim jarayonida kishilik jamiyati tomonidan toplangan bilimlarni ozlashtiradi. Oquv predmetining mantiqiy strukturasi, shu fan sohasida ishlatilgan ilmiy istilohlar, tushunchalar tizimi oquvchilar bilish faoliyatining mazmunini tashkil etadi. Talim mazmuni talim maqsadiga kora belgilanadi.
Fan sohasida qilingan har bir kashfiyot abstraksiyalash va umumlashtirish natijasi bolganidek, talim jarayonida fan asoslarini egallash ham abstraksiyalash va umumlashtirish mahsuli sanaladi. Ozlashtiriladigan bilimlarning hajmi, mundarijasi, orgatish usullari, vositalari oquv jarayonining tashqi omillaridir. Talimning tashqi omillari ichki omillar zaminida (tahlil, sintez, induksiya, deduksiya, taqqoslash va hokazo) amal qiladi. Ichki va tashqi omillarning ozaro aloqadorligi samarali natijalar beradi.
Didaktika va xususiy metodikalarga oid tadqiqotlarda oquv jarayonining yaxlitligiga etibor berilmaydi. Didaktikaga oid adabiyotlarda, talim jarayonining turli tomonlari, turli oqitish usullari atroflicha tahlil qilinsa-da, oquvchilar ongining ichki ozgarishi, ularning oquv predmetiga bolgan munosabati, talimninng ichki harakatlantiruvchi kuchlari yaxlitligicha organilmayotganligini etirof etishga togri keladi. Har qanday yaxlit tizim bolaklardan, qismlardan iboratdir. Ammo tartibsiz holda olingan, ozaro boglanmagan bolaklar yaxlit tizimni tashkil eta olmaydi. Yaxlit tizim
bir-biri bilan uygunlashgan, muvofiqlashgan bolaklardan tashkil topadi. Obektning yaxlitligi uchun xizmat qila oladigan bolak yaxlit tizimning tarkibiy uzvi hisoblanadi. Muhokama obekti taraqqiyotda, rivojlanishda qaralib, tarkibiy uzvlar ozaro aloqada tekshirilganda, bu jarayonning dialektik mohiyati togri tushuniladi. Organilayotgan obekt, uning tarkibiy elementlari ortasidagi ozaro tasir turlariga, tashkiliy tamoyillarga va omillarga kora oz mazmunini ozgartiradi. Obektning mazmuni unda amal qiladigan qonuniyatlar bilan olchanadi. Qonuniyatlar organilgan sari, shu jarayonni ilmiy tashkil etish imkoniyatlari orta boradi. Fanning yaxlitlik tamoyili talim mazmuni hamda uning tashkiliy shakli bolgan darsning ham asosiy tamoyilidir. Oquv predmeti boyicha organiladigan bilimlar, ozlashtiriladigan tushunchalar ozaro aloqada oqitilgandagina talimning yaxlitligi saqlanadi. Ammo buning ozigina etishmaydi. Oquv predmeti boyicha otkaziladigan mashgulotlarning ozaro aloqadorligiga, darslarda organish, mustahkamlash, umumlashtirish jarayonlari uzviy bogliqligiga rioya qilish ona tili talimining samaradorligini oshirish omillari hisoblanadi.
Dars tiplarini aniqlash, ularning ozaro bogliqligini korsatish uchun tahlilni oquv jarayonining maqsadidan boshlaymiz.Maqsad oldindan anglangan natija bolib, unga erishish faoliyatni talab etadi.
Oldindan anglangan natijaga erishish uchun korsatiladigan faoliyat maqsadga muvofiq faoliyat sanaladi. Maqsadga muvofiq faoliyat moddiy, manaviy va ijtimoiy hayotda jamiyatning bundan keyingi taraqqiyotiga mos keladigan yangi mohiyatning paydo bolishi, yangilik bilan eskilik ortasidagi kurash hamda hayotga yaroqsiz narsalarning yemirilishi, inson hayotida malum natijaga erishish uchun korsatiladigan faoliyat kabi korinishlarda roy beradi. Maqsad va maqsadga muvofiq faoliyat ozaro uzviy bogliq boladi.
Kozlangan natijaga erishish uchun kishi faoliyat korsatadi. Faoliyat korsatish uchun kishida malum qobiliyatlar shakllangan bolmogi lozim. Maqsad oldindan anglangan natijaga qarab intilish, faoliyat korsatish, natijaga olib keladigan qobiliyatlarni ishga solish zaminida qolga kiritiladi. U kishining barcha xatti-harakatini, uning butun imkoniyatlarini, qobiliyatini yagona bir maqsadga yetaklaydi.
Inson oz amaliy faoliyatida obektiv olamga duch keladi, unga bogliq boladi, oz faoliyatini u bilan belgilaydi. Talim jarayonida oqituvchi va oquvchilar faoliyati tabiat va jamiyat togrisidagi bilimlarga duch keladi. Talim mazmuni oquvchi va oqituvchi faoliyatining mazmunini ham belgilaydi. Oquvchilarning bilish faoliyati oqituvchi tomonidan boshqariladi. Talim jarayonida oqituvchi faoliyatining predmeti oquvchilar bolib, u insoniyat tomonidan ochilgan qonuniyatlarini bolalar ongiga singdirish uchun faoliyat korsatsa, oquvchi faoliyatining predmeti maktab dasturida korsatilgan bilimlar bolib, u fan asoslarini egallash, shu bilimlarga oid malaka hosil qilish uchun faoliyat korsatadi. Oqituvchi faoliyati sinalgan yoldan boradi, u oz maqsadini aniq his qiladi.
Bu maqsadlar dastur va darsliklarda aniq korsatiladi. Maktab talimi bolalarni fan asoslari bilan qurollantirishga qaratilgan. Barcha oquv predmetlari yagona maqsadga barkamol insonni etkazib chiqarishga davat etilgan. Bu talimning umumiy maqsadi hisoblanadi. Talim jarayonining umumiy maqsadi nazariy bilimlar, malakalar oquvchining aqliy taraqqiyoti, tafakkuri, dunyoqarashi kabi uzvlardan tashkil topadi.
Talim jarayonining umumiy maqsadini tashkil etgan uzvlar ozaro uzviy boglangan.Nazariy bilimlarni organmasdan, malakalar hosil qilmasdan oquvchilarni aqliy jihatdan taraqqiy ettirish mumkin emas. Oquvchilarni aqliy jihatdan taraqqiy ettirmasdan, ularning tafakkurini ostirmasdan, bolalarda dunyoqarashni shakllantirib bolmaydi.
Tafakkur - jarayon, xotira uning mahsulidir. Shunday bolgach, oquv jarayonida organiladigan bilim oquvchining oz tafakkuridan qancha kop otsa, organilayotgan mavzu ustida bolalarning faol aqliy faoliyati qancha koproq tashkil etilsa, organilgan bilim xotirada shuncha kop va uzoq muddat saqlanadi.
Talim jarayoni maqsadini tahlil qilishni yana davom ettirsak, xususiy maqsadni, xususiy maqsadni amalga oshirishda rioya qilinadigan juziy maqsadni, juziy maqsadning uzvlari yoki yaqin didaktik maqsadni ajratib olish mumkin. Talim jarayonining xususiy maqsadi alohida olingan bir oquv predmetini orgatishdan kozlangan maqsaddir. Talim jarayonining juziy maqsadi deganda, malum bir oquv materialini organishdan kozlangan maqsadni tushunamiz. Juziy maqsad oquv materialiga kora belgilanadi. Masalan, Ravishlarning mano jihatdan turlari mavzusini otishning maqsadi oquvchilarga holat, payt, orin, daraja-miqdor ravishlarini ajrata olishni, ularning ozaro farqlari, oziga xos xususiyatlarini, manolarini singdirishdir. Talim jarayonidagi juziy maqsadlarni amalga oshirish yoli bilan oquvchilar bolakdan butunga qarab boradilar. Oquv predmeti toliq organilgach, ularda shu oquv predmetiga oid malum tushuncha hosil boladi. Demak, talim jarayonining juziy maqsadi oquv predmetining mazmuni, oquv materialining xususiyatlari kora belgilanadi.
Talim jarayonining yaqin didaktik maqsadi oquv materialini ozlashtirish psixologiyasidan kelib chiqadi. Talimning mazmuni doimo harakatda boladi. Bu harakat oquvchining bir oquv materialiga turli paytda turlicha munosabatda bolishi, turli oqitish metodlarini qollash orqali roy beradi. Bazi mashgulotlarda oquv materiali orgatilsa, bazilarida esa organilgan qoidalar asosida malaka hosil qilinadi, bazilarida organilgan bilim va malakalar tekshiriladi, oquv predmetining malum qismi yoki bolimi yuzasidan olingan bilimlar umumlashtiriladi. Oquv materialini organish, malaka hosil qilish, umumlashtirish, bilim va malakalarni tekshirishni oquv jarayonining yaqin didaktik maqsadlari hisoblanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |