O`ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O`RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI
ABDULLA QODIRIY NOMIDAGI
JIZZAX DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI
O`ZBEK TILI VA ADABIYOTI FAKULTETI
O`ZBEK ADABIYOTI O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI
MAVZU: MAHMUDXO`JA BEHBUDIYNING “PADARKUSH” DRAMASIDA MA’RIFATPARVARLIK MOTIVLARI
KURS ISHI
TOPSHIRDI: ASTANAQULOV Z
QABUL QILDI: DONIYOROVA SH
JIZZAX-2021-YIL
REJA:
KIRISH
ASOSIY QISM
Behbudiy-jadid adabiyoti asoschisi.
Behbudiy va o`zbek dramaturgiyasi.
Behbudiyning “Padarkush” dramasida marifatparvarlik motivlari.
XULOSA
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO`YXATI
XX asr boshlarida ma’rifat, adabiyot, madaniyat mnaydoniga dastlabki qadamini tashlab, tez orada kata obro`-e’tiborga ega bo`lgan ziyolilarimiz qatlamiga mansub buyuk ajdodlarimidan biri Mahmudxo`ja Behbudxo`ja o`g`li Behbudiydir. Biz Behbudiy shaxsiyatini, uning ijodiy mme’rosini o`zbek va butun Tukiston xalqlarimadaniyatining buyuk vakili sifatida endigina faqat Istiqlol sharofati bilan o`rganishga kirishdik. Chunki Behbudiy Turkiy xalqlar orasida yetishgan dastlabki istiqlolchi shaxs bo`lib o`zinig butun hayoti-faoliyatini mustamlakachilikka qarshi, milliy mustaqillik uchun kurashga bag`ishlagan buyuk bur siymo bo`lganligi sababli qizil imperiya uning nomini qariyib yarim asr davimida tilga olishga qo`ymadi. Behbudiyni mahalliy burjuaziya sinfi manfaatlarini himoya qilgan sho`ro tuzimiga yot kimsa deb sha`niga turli uydurma tamg`alar bosib kelindi. Vaholanki, Behbudiy butun Turon xalqlari madaniyati taraqqiyotiga kata ta`sir ko`rsatgan buyuk shaxs sifatida tariximizga kirgan va sira o`chmas iz qoldirgan. Jumladan, Fayzulla Xo`jayev Turkiston jadidchilik harakati tarixini yozganda Behbudiyga shunday baho beradi:
“Turkistonning ayrim jadidlari … Buxoro va Turkiston jaded tashkilotlari o`rtasidagi tafovutlarga qaramay bir qancha qulayliklarga erishish uchun butun kuchalarini sariflaydilar bu borada Mahmudxo`ja Behbudiyni eslamasdan o`tib bo`lmaydi. Siyosiy, ijtimoiy faoliyati va bilimining kengligi jihatidan Turkistonning o`sha vaqtidagi jadidlaridan unga teng keladigan kishi bo`lmasa kerak…”*
1929-yilda Qozonda bosilib chiqqan “O`zbek adabiyoti” kitobida “O`zbek miliy adabiyoting negiz toshini Behbudiy bilan Fitrat qo`yib berdi” degan e’tirofga duch kelamiz. Bu gaplar haqiqat edi.
Mahmudxo`ja Behbudiy Turkiston jadidchilik harakatining quyoshidir. Uning dramaturgiya sohasidagi yutuqlari o`zbek adabiyotida yangi davrni boshlab berdi. Ma’rifat uchun birgina maktab kifoya qilmas edi. Zamon va dunyo voqealari bilan tanishib bormoq, millat, vatanning ahvolidan, kundalik hayotidan ogoh bo`lmoq kerak edi.
*Fayzulla Xo`jayev “Tanlangan asarlar” I tom 84-bet.
3
Binobarin, millat uchun shunday oyna kerak ediki, unda u o`z qabohatini ham, malohatini ham ko`ra olsin. Ana shu ehtiyoj va zarurat Behbudiyni teatr va matbuot sari boshladi. “Padarkush” anashu tariqa yuzaga keldi.
“Padarkush” o`zbek dramachiligining hamma yakdil e’tirof etgan birinchi namunasidir.
Behbudiy o`zinig butun ongli hayotini xalqga va ona vatanga bag`ishlagan. Milliy qadriyatlarimizni tiklashga, istiqbol mafkurasini yaratishga sidqi dildan xizmat qilgan. Biroq shunga qaramang boshqa ko`pgina vatanparvar, xalqparvar ziyolilar qatori Behbudiy ham kamsitilgan. Uning nomi va asarlari qora ro`yxatga qo`shilgan. Behbudiy sha’niga noloyiq gaplar aytilgan. Bu dono insonga asossiz holda millatchi degan tamg`a bosilgan.
Hayriyat, 1991-yilda O`zbekiston mustaqillikga erishgach, bu adolatsizlik va haqsizlikga to`liq barham berildi. Kechikib bo`lsa-da, Behbudiyning pok nomi qaytadan tiklandi. Unig ulug` xizmatlari va asarlari yana munosib baholanadigan bo`ldi. Jumladan, Behbudiyning “Padarkush” dramasi qayta-qayta nashr etildi.
4
Do'stlaringiz bilan baham: |