Toponimika va geografik terminshunoslik


O'zbek tili normalariga mos bo'lishi kerak



Download 371,5 Kb.
bet20/37
Sana27.05.2023
Hajmi371,5 Kb.
#944818
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37
Bog'liq
Toponimika va geografik terminshunoslik

3. O'zbek tili normalariga mos bo'lishi kerak.
4. Terminlar lug'at boyligi, qotib qolgan emas. Eskirgan terminlar muomaladan chiqib ketib, yangilanishi, yangi terminlar kirib kelishi mumkin. Masalan: xattiystvo, mador, qarat, bahr, ummon o'rniga ekvator, tropik, materik, dengiz, okean deb ataladigan bo'lgan.
Ho'sh, terminlar qayerdan olinadi? Terminlarning bir qancha manbalari mavjud.
1. O'zbek abadiy tilining so'z zahirasi, ya'ni lug'atlar, badiiy va ilmiy adabiyotlar. Bunday adabiyotlarda mavjud bo'lgan terminlarni ikki guruhga bo'lish mumkin:
a) Sof o'zbek (turkiy) terminlari. Masalan: jar, bulut, yoz, yomg'ir, kechik, kent, qo'rg'on, soz, gilmoya va boshqalar.
b) O'zbek tili zahirasiga kirib, o'zlashib ketgan boshqa xalqlar terminlari: manba, mansab, chashma, sohil, daryo va boshqalar.
2. Shevalar tili so'z zahirasi. Shevalar tili so'z zahirasidan ilmiy adabiyotga ko'pgina terminlar kirib, o'zlashib ketgan. Masalan, qayir, adoq (odoq), gaza, cho'qalak va b. Xorazmda sug'orma dehqonchilik juda qadimdan rivojlangan. Shuning uchun u yerda sug'orma dehqonchilikka oid terminlar ko'p: yop, arna, ariq, zayk, xariq, solma, yorma. Bularni o'zbek tili muomalasiga asta - sekin kiritish mumkin.
3. Tarjima qilish yo'li bilan ham yangi terminlar paydo bo'ladi. Chunonchi, qalashma muz, qirg'oq bo'yi, daryo boshi, quyar joyi, suv sarfi, oqim, qora sovuq kabi terminlar tarjima yo'li bilan muomalaga kiritilgan.
4. Har bir xalqning lug'at boyligi boshqa xalqlardan kirib kelgan terminlar hisobiga boyib boradi. Shu jumladan, geografik terminar ham kirib keladi. Masalan: sunami, garmsel, chashma, sohil, erg, hamada, siklon, antisiklon va b. Chet ellar bilan, turli xalqlar bilan aloqalarning ko'payishi turli atama, termin va tushunchalarning kirib kelishiga sharoit yaratadi. Lekin bunda biz o'zimizda yo'q, tarjima qilib bo'lmaydigan terminlarni olishimiz kerak. O'zimizda bo'la turib yoki tarjima qilsa bo'ladigan terminlarni chetdan olmaslik zarur.
Ilm - fan, texnika, ishlab chiqarish o'sgan sari yangi atama va terminlar ham paydo bo'lib va eskirganlari til muomalasidan chiqib keta beradi.
Geografik terminlarni shartli ravishda ilmiy, xalq (mahalliy), baynalmilal, toponimik va tarjima terminlarga bo'lish mumkin. Milliy terminlar biror millatning adabiy tilida va ilmiy adabiyotlarida barqaror o'rin olgan hamda mazkur millat vakillarining ko'pchiligi tushunadigan terminlardir. Bularga tog', tekislik, dara, ko'l, soy, dara, vodiy, jar, cho'qqi, g'or, sel, bulut, yomg'ir, qor, ko'chki, dovon va boshqalar misol bo'la oladi. Mahalliy terminlar ma'lum hududda, biror shevada qo'llaniladigan terminlar bo'lib, ularni boshqa shevasidagilar, boshqa hududdagilar tushunmasligi mumkin. Masalan, Xorazm shevasidagi yop, arna, zayk, xariq, solma, yorma terminlari, Qashqadaryo va Surhondaryo viloyatlari tog'li yerlarda gaza, adoq, xovar kabi terminlar uchraydi. Baynalmilal terminlar boshqa xalqlar tilidan kirgan bo'lib, ko'pchilik xalqlarda bir xil qo'llaniladi. Bunga fan nomi geografiyani, lyoss, geyzer, karst, delta, artezian suv, siklon, antisiklon, fyon, kondensatsiya yadrosi, kristall va boshqalar misol bo'ladi. Tarjima terminlarga suv sarfi, daryo boshi, quyar joyi, qirg'oq bo'yi, suvayirg'ich, havza kabi terminlarni misol keltirish mumkin.



Download 371,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   37




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish