Topografik chizmalarni o'rganish metodikasi Mundarija: Kirish



Download 3,37 Mb.
bet6/11
Sana05.05.2023
Hajmi3,37 Mb.
#935630
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Topografik chizmalarni o\'rganish metodikasi1

3-misol. 4.3-shaklda asosi proyeksiya tekisligida joylashgan, balandligi sakkiz metrga teng bo`lgan uchburchakli og’ma piramidaning son belgili proyeksiyasi va P tekislik qiyalik masshtabi (Pi) bilan berilgan. P tekislikning piramida bilan kesishish chizig’ining son belgili proyeksiyasi topilsin.
Yechish. Kesishish chizig’ini topish uchun, qo`shimcha proyeksiyalash usulidan foydalanamiz. Qo`shimcha proyeksiyalash yo`nalishini P tekislikka parallel olamiz. Bu holda P tekislikning H tekislikdagi proyeksiyasi o`zining PH izida bo`ladi. P tekislikka parallel cheksiz ko`p yo`nalish mavjud bo`lib, ular orasidan o`zimizga qulayini tanlab olamiz. Ya`ni proyeksiyalash yo`nalishi shunday tanlanadiki, piramidaning bu yo`nalishdagi proyeksiyasi chizma qog’ozidan tashqariga chiqib ketmasin hamda katta joyni egallamasin. Buning uchun tekislikning ikki metr balandda joylashgan F nuqtasining son belgili proyeksiyasi f2 dan yuqoridagi shartga amal qilgan holda PH bilan kesishguncha ixtiyoriy chiziq chizamiz. Hosil bo`lgan f0 nuqta P tekislikning F nuqtasini shu tekislikka parallel qo`shimcha yo`nalishdagi proyeksiyasi bo`ladi. f2f0 chiziq qo`shimcha yo`nalishning proyeksiyasi bo`ladi. Ff0 ning intervali (ℓ) qo`shimcha proyeksiyalash yo`nalishi chiziqli masshtabining uzunlik birligiga mos kesmasining proyeksiyasi.
Piramidaning asosi proyeksiya tekisligida yotganligi sababli uning qo`shimcha yo`nalishdagi proyeksiyasi o`zida bo`ladi. Piramida uchining qo`shimcha yo`nalishadagi proyeksiyasi S8 ni topish uchun, uning son belgili proyeksiyasi S8 dan qo`shimcha proyeksiyalash yo`nalishining proyeksiyasi (f2 f0) ga parallel chizib, uning ustiga S8 nuqtadan boshlab, qo`shimcha proyeksiyalashga mos keladigan birlik kesma (ℓ) dan sakkizta o`lchab qo`yamiz. S0 nuqta bilan piramida asosi proyeksiyasining uchlari (a0, b0, c0) to`g’ri chiziqlar bilan tutashtiriladi. Hosil bo`lgan a0b0c0S8uchburchakli og’ma piramidaning qo`shimcha yo`nalishdagi proyeksiyasi bo`ladi. Piramidaning qo`shimcha proyeksiyasi PH bilan kesishib P tekislikning piramida bilan kesishish chizig’ini qo`shimcha yo`nalishdagi proyeksiyasi ya`ni, k0 d0 to`g’ri chiziq kesmasini hosil qiladi. k0, ℓ0, d0 nuqtalar tekisligining piramida qirralari bilan kesishish nuqtalarining qo`shimcha yo`nalishdagi proyeksiyasi bo`ladi va bu nuqtalardan qo`shimcha yo`nalishning proyeksiyasi (f2 f0) ga o`tkazilgan parallel chiziqlar bilan piramida qirralarining to`g’ri burchakli proyeksiyasi mos ravishda kesishib P tekislikning piramida qirralari bilan kesishish nuqtalarining proyeksiyasi (k, d, ℓ) ni hosil qiladi. Bularning son belgilarini aniqlash uchun, k0 k, ℓ0 ℓ, d0 d larni ustiga ℓ kesma qo`yib chiqiladi. Bularning ustiga ℓ kesma necha marta joylashsa, son belgisi o`shanga teng bo`ladi. k5,2 d2,81,8 nuqtalar o`zaro tutashtirilib, piramida bilan P tekislikning kesishish chizig’ining son belgili proyeksiyasi (k5,2 d2,81,8) hosil qilinadi.
Bu grafik ishga tegishli variantlar 4.1- jadvalda berilgan.

Download 3,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish