PNEVMATIK YURITMALI TORMOZ TIZIMINING ISHLASH PRINSIPI
Pnevmatik tormoz tizimi g‘ildiraklarga o‘rnatilgan tormoz mexanizmlaridan va pnevmatik yuritmadan iborat. Pnevmatik tormoz tizimining eng sodda sxemasi 98-rasmda keltirilgan.
Tormoz pedali erkin holatda turganida, ya’ni unga ta'sir etmaganda, kran (3) silindrning (4) ichki qismini tashqi muhit bilan tutashtiradi. (98-rasm, a-holati). Agar tormozlash kerak bo'lsa, haydovchi pedalni (2) bosadi va kranni (3) burib tormoz silindrni (4) chap tomondagi boeshlig‘ini havo balloni (1) bilan tutashtiradi.
Siqilgan havo porshenga (5) ta'sir etib, shtokni (6) harakatga keltiradi va kiruvchi moslama (9) orqali kolodkalar (7) barabanga (9) yaqinlashib, uni tormozlaydi.
Keltirilgan pnevmatik yuritmali tormoz tizimida bir kam- chilik bor. Bu ham bo‘lsa, tormoz berilganda g‘ildirak silind- rida, havo ballonlarida havo bosimi hosil bo‘ladi, ammo har gal har xil tormoz effekti kerak bo'ladi, kolodkalar esa barabanga bir xil kuch bilan siqiladi. Demak, bunday tormoz yuritmasi doimiy tormozlanish rejimi asosida ishlaydi. Bu kamchilikni bartaraf qilish uchun pnevmatik tormoz yuritma- siga avtomatik ishlaydigan, ya’ni silindrdagi (4) havo bosimi pedalga (2) ta’sir qilayotgan kuchga bog‘liq bo'lishini ta’min- laydigan moslagich mexanizm o‘rnatiladi. Tormozning ishini boshqaradigan moslagich mexanizm to‘g‘ri va teskari harakatlantiruvchi mexanizmlarga bo‘linadi. To‘g‘ri harakat- lantiruvchi moslagich mexanizmning asosiy afzalligi shun- daki, u havo bosimini pedalga ta'sir qilayotgan kuchga nis- batan to‘g‘ri proporsional o‘zgartiradi, ya'ni tormoz asta bosilganda kamroq havo bosimi silindrga (14) (99-rasm) kiritiladi, pedalga katta kuch bilan ta’sir qilinsa, silindrga ko'proq bosimli havo uzatiladi.
Tormoz pedaliga ta’sir qilinganida unga ulangan tortki suriladi, natijada hosil bo‘lgan kuch richag (12), prujina (11) orqali diafragmaga (2) va unga ulangan egarga (10) ta'sir etib, hammalarini o‘ng tarafga harakatlantiradi (99-rasm, b). Harakat natijasida chiqarish klapani (8) bilan egar (10) oralig‘idagi tirqish yo'qoladi va egar unga mahkam siqiladi. So‘ngra kiritish klapani (5) ochilib, siqilgan havo ballondan mexanizmning «В» boshlig‘iga kiradi va tormoz silindrining (14) porsheniga (diafragmasiga) ta'sir qilib, shtokni harakatlantiradi, shunda kolodkalar (15) barabanga (16) siqiladi. Moslagich mexanizmining «В» bo‘shlig‘idagi havo bosimi tobora osha borib, diafragmaning (2) yuzasiga ta’sir etib, natijada egar (10), klapanlarni (8 va 5) chap tomonga harakatlantirib, ularni o‘z uyalariga (10 va 6) siqib qo‘yadi. Ayni shu paytda yuritmadan diafragmaga (2) ta’sir etuvchi bosim yuritma va pedal orqali haydovchi oyog‘ida seziladi.
Bu holatda «В» bo‘shliqdagi bosim boshqa ortmaydi va diafragma shu holicha muvozanatda bo‘lib harakatlanmay- di. Agar pedalga ta’sirni ko‘paytirsak, «В» bo‘shliqdagi havo bosimi yanada oshib, tormozlanish yanada kuchayadi. Ta'sir etuvchi kuch kamaysa, tormozlanish ham kamayadi, chunki «В» bo‘shlig‘idagi havo bosimi kamayadi. Pedalga ta’sir etuvchi kuch to‘xtatilsa, diafragma havo bosimi ta’sirida chap tomonga egiladi, chiqarish klapani (8) ochiladi va tormoz silindridagi (14) havo egarning (10) teshigi orqali moslagich mexanizmning «А» bo‘shlig‘idan tashqi muhitga chiqib ketadi.
Moslagich mexanizmning diafragmasiga ikkala tomondan ta’sir etuvchi kuchlarning teng bo‘lishi ikkala klapanning yopiq holatda turishini ta’minlaydi.
Odatda tirkama tormozlarni boshqarishda teskari hara- katlanuvchi moslagich mexanizm qo'llaniladi. Ya'ni havo bosimini pedalga ta’sir etuvchi kuchga nisbatan teskari pro- ' porsional qilib moslab beradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |