Moliyaviy qo‘yilmalar (investitsiyalar)ni auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishda qo‘llaniladigan ma’lumot manbalari
Moliyaviy qo‘yilmalarni auditorlik tekshiruvda foydalaniladigan axborot manbalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
moliyaviy qo‘yilmalarni buxgalterlik hisobida aks ettirish va soliq-qa tortishni, hamda auditorlik tekshiruvidan o‘tkazishni tartibga soladigan me’yoriy hujjatlar;
buxgalteriya hisobotlari;
korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i;
moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga oladigan sintetik va analitik hisob registrlari;
moliyaviy qo‘yilmalarni aks ettiradigan dastlabki hujjatlar.
Korxonaning hisob siyosati to‘g‘risidagi buyrug‘i bo‘yicha auditor qu-yidagilar bilan tanishishi mumkin:
boshqa korxonalarning ustav kapitalida ishtirok etishdan olingan daromadlarni oddiy yoki operatsion faoliyatdan olingan daromadlar qatori-da tan olish;
moliyaviy qo‘yilmalarni aks ettirish uchun foydalaniladigan ishchi schyotlar rejasi;
qo‘llaniladigan buxgalteriya hisobi shakli va korxona buxgalteriya-sida tuziladigan hisob registrlari ro‘yxati;
moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish bilan bog‘liq dastlabki huj-jatlarning hujjatlar aylanishi (hujjatlar aylanish grafigi) bilan;
korxonaning moliyaviy qo‘yilmalari, qarz shartnomalarini ras-miylashtirishga ruxsat etilgan shaxslar ro‘yxati; moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olish uchun korxona tomonidan ishlab chiqilgan va tasdiqlangan dastlabki hujjatlar shakllari;
Buxgalteriya hisobining yagona jurnal-order shaklidan foydalanadigan korxonalarda jurnal-orderlar qo‘llanilib, ularda hisobga qabul qilingan dastlabki hujjatlardagi axborotlar to‘planadi va muomalalar aks ettiriladi.
Moliyaviy qo‘yilmalarni hisobga olishda kompyuter dasturlaridan foydalanilganda schyotlar bo‘yicha debet va kredit oborotlarining bosma-dan chiqarilgan yozma nusxasining ma’lumoti tuziladi.
Moliyaviy qo‘yilmalarning analitik hisob registri sifatida «Qimmatli qog‘ozlarni hisobga olish daftari» tavsiya etiladi.
Qimmatli qog‘ozlar bo‘yicha muomalalar quyidagi hujjatlarga asosan amalga oshiriladi: ta’sis shartnomasi (boshqa korxonalar ustav kapitaliga investitsiyalar qilishda), qimmatli qog‘ozlar oldi-sotdi shartnomasi, qarz shartnomasi, depozit jamg‘arma uchun shartnoma, qimmatli qog‘ozlarni garovga qo‘yish shartnomasi, oddiy shirkat shartnomasi (hamkorlikdagi faoliyat shartnomasi) va boshqalar. Auditor ushbu ko‘rsatilgan shartnoma-lar qoidalarining qimmatli qog‘ozlar bilan bog‘liq muomalalarni tartibga soladigan boshqa me’yoriy-huquqiy hujjatlar talablariga mos kelishini tek-shirishi lozim.
Moliyaviy qo‘yilmalar auditida ma’lumot manbasi sifatida foydala-niladigan dastlabki hujjatlarga quyidagilar kiradi: qimmatli qog‘ozlarni qa-bul qilish-topshirish dalolatnomasi, hamkorlikdagi faoliyatga qo‘shiladi-gan ulushni qabul qilish-topshirish dalolatnomasi, umumiy ishni yurituvchi hamkor tomonidan mulklarni qabul qilish to‘g‘risidagi avizo, pul shakli-dagi ulushlarni o‘tkazish to‘g‘risidagi to‘lov-topshiriqnomasi va bank ko‘-chirmasi (naqd pulsiz hisob-kitoblarda) yoki kassa chiqim orderi va kassa kirim orderining kvitantsiyasi (naqd pullik hisob-kitoblarda), qimmatli qog‘ozlar qiymatini to‘lash uchun beriladigan mulklar (aktivlar)ni rasmiy-lashtirish schyot-fakturasi va nakladnoyi, qimmatli qog‘ozlar va qat’i hi-sobda turadigan blankalarning inventarizatsiya ro‘yxati va boshqa huj-jatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |